Urganch davlat universiteti



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə50/82
tarix13.09.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#63601
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi u

Eksperimentni o‘tkazish. Eksperimentni o‘tkazish - ilmiy tadqiqotning eng muhim va ancha mehnat talab etadigan bosqichidir.
Eksperimentlar tasdiqlangan reja-dastur va eksperiment metodikasiga muvofiq o‘tkaziladi. Tadqiqotchi eksperimentga kirishar ekan, sinovlarni o‘tkazish metodikasi va ketma-ketligini tugal aniqlashi lozim.
Eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish jarayonida quyidagi bir qator asosiy qoidalarga rioya qilish lozim:

  • eksperimentchi o‘lchash natijalariga sub’ektiv ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymay, tadqiq etilayotgan jarayon yoki ob’ekt parametrining barcha tavsifini vijdonan qayd etishi lozim;

  • eksperimentchi ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yishi mumkin emas, chunki bu hol ko‘pincha katta xatoliklarga va natijalarni soxtalashtirishga, oqibatda esa, eksperimentlarni takrorlashga olib keladi;

  • eksperimentchi albatta kuzatish va o‘lchash daftarini yuritishi kerak, uni tartibli va hech qanday tuzatishlarsiz to‘ldirib borish lozim;

  • eksperiment jarayonida uni bajaruvchi o‘lchash vositalari ishini, ular to‘g‘ri ko‘rsatayotganligini va qurilma, jihoz, stend va h.k.lar ishining barqarorligini hamda atrof muhit holatini muntazam kuzatishi, ish zonasiga begonalarni kiritmasligi shart;

  • eksperimentchi o‘lchov vositalarini, ular to‘g‘riligini nazorat qilgan holda ishchi nazoratni muntazam o‘tkazishi kerak;

  • o‘lchashlarni o‘tkazish bilan bir vaqtda tajribani bajaruvchi olingan natijalarni muntazam ravishda dastlabki ishlab chiqish va tahlil qilishdan o‘tkazishi lozim. Bu tadqiq etilayotgan jarayonni nazorat qilish, eksperimentni to‘g‘rilash, metodikani yaxshilash va eksperiment samaradorligini oshirishga imkon beradi;

  • eksperimentchi texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi va yong‘inni oldini olish bo‘yicha yo‘riqnomalarning talablariga amal qilishi lozim.

Yuqorida qayd etilgan barcha qoidalarga ayniqsa ishlab chiqarish eksperimentini o‘tkazayotgan hollarda amal qilish kerak.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin