Va 60711400 Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (qishloq xo‘jaligida) bakalavr ta’lim yo‘nalishida “Avtomatikaning texnik vositalari” fanidan, t f. n., dotsent Sh
5311000 va 60711400 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (qishloq xo‘jaligida) bakalavr ta’lim yo‘nalishida “Avtomatikaning texnik vositalari” fanidan, t.f.n., dotsent Sh. Janikulov, assistentlar M.O.Abdukarimova va A.M.Tursunovlar tomonidan kurs ishini bajarish uchun tayyorlangan uslubiy qo‘llanmasiga T A Q R I Z Qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda hozirgi zamon talabiga javob beruvchi qishloq boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish va ularni mazkur sohaga tadbiq etishni tashkil qilish muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda ushbu sohaga qo‘llanilayotgan texnologik qurilmalar va uskunalar zamonaviy vositalari bilan ta’minlandi. Bugungi kun mutaxassislari texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarishning yangi texnologiya va texnikadan foydalanishga, texnologik jarayonlarni keng joriy etishga, ishlab chiqarish jarayonlarini aniqlash va uni jadallashtirishga qodir bo‘lishlari zarur. Shu maqsadda 5311000 va 60711400- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (qishloq xo‘jaligida) bakalavr ta’lim yo‘nalishilarning o‘quv rejasiga “Avtomatikaning texnik vositalarii” fanidan kurs ishi kiritilgan.
Kurs ishi uslubiy qo‘llanmasi talabalar uchun tushunarli, sodda tilda ravon bayon etilgan - bu esa metodik qo‘llanmani mustaqil o‘rganish imkoniyatini beradi. Ushbu “Avtomatikaning texnik vositalari” fandan kurs ishi topshiriqlarni bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma o‘z mazmuni va amaliy ahamiyati jihatidan yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishni ta’minlaydi.
Mualliflar kurs ishi uslubiy qo‘llanmasini yaratishda hozirgi kunda o‘tkazilgan mavjud ilmiy tadqiqot ishlarining natijalaridan va ilmiy-uslubiy adabiyotlardan yetarli darajada foydalangan.
Ushbu uslubiy qo‘llanma Respublikada qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunni hayotga tadbiq etishga qaratilgan bo‘lib bugungi kun talablariga to‘liq javob beradi.
Uslubiy qo‘llanma qo‘lyozmasidagi ayrim atamalarni oldingi yaratilgan uslubiy qo‘llanmalarga monand berilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Umuman olganda uslubiy qo‘llanma o‘z mazmuni va ahamiyatiga ko‘ra ta’lim sohasiga hozirgi kunda qo’yilayotgan barcha talablarga javob beradi.
Uslubiy qo‘llanmadan qishloq xo‘jalik oliy o‘quv yurtlarining ko‘rsatib o‘tilgan mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash jarayonida keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu uslubiy qo‘llanmadan shu sohada ta’lim olayotgan talabalar foydalanishlari mumkin.
Kurs ishi uslubiy qo‘llanmasini chop etishga tavsiya etish mumkin.