Ushbu usullarning mohiyati quyidagilardan iborat: ishchi kuchlariga talabni kamaytirish usullari
Usullarning mazkur guruhiga hududiy hokimiyatlarning u yoki bu mintaqalarda va tarmoqlarda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va yangi ish joylarini vujudga keltirishni sekinlashtirishga oid quyidagi chora-tadbirlar: ortiqcha ishchi kuchlaridan foydalanganlik uchun qo`shimcha soliqlar belgilash; qat’iy kredit siyosatini o`tkazish; korxonaga xodimni ishga olganlik uchun bir martalik to`lov joriy etish; ortiqcha ishchi va xizmatchilarni qisqartirishni rag`batlantirish va hokazolar kiradi. Bundan tashqari, ishchi kuchlariga talabni kamaytirishda mehnat unumlorligini oshirish va tejamkorlikka erishishi muhim ahamiyatga egadir.
Rivojlangan bozor munosabatlari sharoitlarida mehnat resurslaridan unumli foydalanish – raqobat, foydani taqsimlash mexanizmi, soliq siyosati kabi umumxo`jalik mexanizmlari va dastaklari yordamida ta’minlanishi lozim. Hozirgi paytda sanoat ishlab chiqarishshi samaradorligini oshirishni rag`batlantirishning umumxo`jalik mexanizmlari yaxshi takomilashtirilmaganligini hisobga olib, mehnat resurslari uchunilgari joriy qilingan to`lovlarni qayta tiklash maqsadga muvofiqdir. Ular mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va shtatdan tashqari xodimlar sonini kamaytirishga ko`maklashadi. Bu xil to`lovlar korxona va tashkilot tomonidan shtatdan tashqari saqlash uchun qat’iy stavka shaklida o`rnatiladi. SHu bilan birga, ishchi kuchlarini takror ishlab chiqarishga sarf-xarajatlar o`rnini qoplash uchun ijtimoiy sug`urta solinadigan maxsus soliq (ikkalasi ham – mehnatga haq to`lash fondidan foizlarda)dan foydalanish mumkin. Ishchi kuchlarini takror ishlab chiqarishga sarf-xarajatning ko`pchilik rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan bunday tizimi fonli mehnatdan foydalanishning intensiv shakllarini ifodalaydi hamda mehnat bozoridagi xodimning ijtimoiy jihatdan muhofazalanishi uchun zarur kafolatlarni yaratadi;
ishchi kuchlari taklifini ko`paytirish usuli.
Hozirgi shart-sharoitlarda mehnat byurosiga ishchi kuchlari taklifini mutloq ko`paytirishga qayta ishlash sanoati va xizmat ko`rsatish tarmoqlari va shoxobchalari hamda shaxsiy mehnat faoliyati sohalarining rivoji jiddiy to`siq bo`lishi mumkin.
Bundan tashqari, hozirgi paytda ishchi kuchi taklifi na kasb, na malaka strukturasi bo`yicha hudud iqtisodiyotining noqishloq ishlab chiqarish tarmoqlaridagi jonli mehnatga talabning o`sish sur’atiga javob bermaydi. SHu bois ishchi kuchi taklifining sifat ko`rsatkichlarini o`zgartirish hamda uning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish lozim. Buning uchun esa, bandlik davlat xizmati tizimidagi va boshqa o`quv yurtlaridagi xodimlarning malakasini oshirishni tashki etish, korxonalarning o`zidagi maxsus kurslarda kasb-korga o`rgatishni yaxshilash va ularga soliy to`lovida imtiyozlar berish mahalliy kadrlar raqobatbardoshligini oshirishninshg maqsadli maxsus dasturini ishlab chiqish kerak.
Ishchi kuchlari taklifini rag`batlantirish xodimlarni ishga yollash va joylashtirishga yordamlashish usullarini qo`llash orqali ham amalga oshiriladi. Bu usullar tashkiliy tusda bo`lib, bo`sh ish joylari va ishga joylashish hamda qayta o`qitishga muhtoj fuqarolarning soni haqidagi ma’lumotlar bankini tashkil etishni, aholini ishga joylashish imkoniyatlari haqidagi axborotlar bilan ta’minlashni,ishsizlarni ro`yxatga va hisobga olishni, kasbga yo`naltirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqish va o`tkazish kabi yo`nalishlarni qamrab oladi. Mehnat resurslarni qayta taqsimlashning ancha samarali usullari orasida turmush darajasini tartibga solishni alohida ajratib ko`rsatib o`tish mumkin. Mazkur uslublar hududlarning moliyaviy resurslari hisobidan xodimlarning mehnat va uy-joy shart-sharoitlarini hamda, madaniy-maishiy xizmat ko`rsatish darajalarini yaxshilash kabi tadbirlarini o`tkazib, ularni tartibga solish asosida tadbiq etiladi.