Til vujud bo„lsa, so„z uning libosidir. Aytayotgan, yozayotgan so„zlarimiz
tilimiz sofligini ta‟minlashda o„rni va ahamiyati beqiyosdir. Bugun o„zbek tilini
61
rivojlantirish, uning nufuzini oshirish borasida keng ko„lamli ishlar olib
borilmoqda.
Darhaqiqat, o„zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bugunning
dolzarb vazifasiga aylandi. Shu nuqtai nazardan davlat tilining amaliyotga tatbiqi
borasida harakatlantiruvchi maqomga ega bo„lgan mexanizmga e‟tibor qaratildi.
Xususan, Adliya vazirligi tomonidan davlat tilida ish yuritishni ta‟minlamaganlik
uchun mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilashni nazarda tutgan “O„zbekiston
Respublikasi Ma‟muriy javobgarlik to„g„risidagi kodeksining 42-moddasiga
qo„shimcha kiritish to„g„risida”gi qonun loyihasi e‟lon qilindi.
Ma‟muriy javobgarlik to„g„risidagi kodeksning 42-moddasi “Davlat tili
to„g„risidagi qonun hujjatlarini buzish” deb nomlangan bo„lsa-da, ushbu modda
davlat organlari va tashkilotlarida ish yuritishda davlat tili haqidagi qonun
hujjatlariga rioya etmaslik bilan bog„liq munosabatlarni qamrab olmaganligi to„g„ri
ta‟kidlanmoqda. Turli bahs-munozaralardan mazkur moddaning mavjudligini ham
ko„pchilik bilmasligi bugungi kunda oydinlashib qoldi.
Ushbu modda amaliyotga tatbiq etilmaganligi tufayli davlat tili me‟yorlari
talab darajasida bajarilmadi. Natijada, davlat tilida ish yuritish tizimiga amal
qilinmayotgani haqida ommaviy axborot vositalarida, radio, televideniyeda, ilmiy-
amaliy konferensiyalarda mutaxassislar, jamoat arboblari, ma‟naviy-ma‟rifiy
tashkilot xodimlari tomonidan kuyunchaklik bilan aytilgan fikrlar muallaq
qolaverdi. Aksincha, ko„pgina hamyurtlarimiz “necha yillardan beri bir xil
Dostları ilə paylaş: