Hakimov; Ю.Иброҳимова – Yu.Ibrohimova. Imlo qoidalarida (1995) e, ѐ, ю, я –
“yo”lashgan unlilar imlosiga oid izohlar berilgan, ammo bu harflarning bosh shakli
haqida aniq fikr aytilmagan. Lotin alifbosida “yo”lashgan unlilar tushunchasi o„z
qiymatini yo„qotadi. Shu bois Yorqin, Yulduz so„zlaridagi ikkinchi tovushni
ifodalashga hojat yo„q: Y. Hakimov, Y.Ibrohimova.
Kirill yozuvidagi matn 1956-yil 4-aprelda, lotin yozuvidagi matn 1995-yil
24-avgustda qabul qilingan imlo qoidalariga asosan ifoda etilishi lozim.
Asosiy vazifalardan biri imlo qoidalariga aniqlik kiritish va uni ilova tarzida
e‟lon qilishdan iborat. Imlo lug„atlarida ikki xil qayd etilayotgan arabcha so„zlar
imlosi bilan bog„liq bo„lgan fojia-fojea, darvesh-darvish, oliyjanob-olijanob
kabi so„zlarning yozilish shaklini qat‟iylashtirish, unli bilan tugagan so„zlarga III
shaxs egalik qo„shimchasini qo„shish imlosini me‟yorlashtirish zarur (arab tilida ع
ayn va undosh bilan tugagan so„zlarga i (manbai, murabbiyi) و (u) bilan tugagan
so„zlarga -si – mavzusi kabi).
Umumta‟lim, oliy ta‟lim bosqichi uchun mo„ljallangan “Hozirgi o„zbek
adabiy tili” darsliklarining orfografiyaga oid qismlarida yozilishi muammo bo„lgan
so„zlarning to„g„ri ifodasini keltirish imlo qoidalarini o„zlashtirishga, savodxonlik
darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Talaba, o„quvchilarda imlo lug„atlaridan foydalanish ko„nikmasini hosil
qilish, tilshunoslikka, adabiyotshunoslikka oid darslarda imlo lug„atlariga
muntazam ravishda murojaat qilish imlo qoidalari bilan bog„liq muammolarni
bartaraf etishga xizmat qiladi. O„zbek tili ta‟limida zamonaviy metodlardan
foydalanish, yangi pedtexnologiyalarni qo„llash asosida imlo qoidalariga qat‟iy
amal qilish ham muhim masalalardan hisoblanadi.
Diktant, bayon, insho, esse. Yozma ishning bu turlari fikrlash darajasini
oshirish bilan birga tilimiz sofligini ta‟minlashda ham ahamiyati beqiyos. Ta‟lim
jarayonida ularning qo„llanishiga alohida e‟tibor berish lozim.
Yetuk mutaxassis-kadrlar tayyorlash, ta‟lim sifatini oshirishda zamonning
eng
yangi vositalari, usullari, taraqqiy
etgan
mamlakatlar
tajribasini
ommalashtirish bilan bir qatorda milliy pedagogikaning davrga mos, ta‟lim
maqsadlariga muvofiq keluvchi tajribalaridan ham foydalanish lozim. Negaki,
milliy o„zlikni anglash, vatanparvarlik, o„z vatani bilan faxrlanish tuyg„usini
shakllantirish, boy milliy madaniy-tarixiy an‟analarga va xalqimizning intellektual
merosiga hurmat uyg„otish ta‟lim jarayonining bosh maqsadidir.
64
Milliy pedagogikadagi asosiy tamoyillardan biri yozma nutqni shakllantirish
masalasi edi. Jumladan, jadid pedagoglari yozma nutqning inson tafakkurini
o„stirishga xizmat qilishini yaxshi anglashgan. Shuning uchun maqolalari hamda
darsliklarida yozma nutq ko„nikmalarini shakllantirishga ahamiyat berishgan.
O„quvchilarga beriladigan matnlar, insholarning mazmuni, sodda-murakkabligiga
alohida e‟tibor qaratishganini ma‟rifatparvar Mahmudxo„ja Behbudiyning quyidagi
so„zlari ham isbotlab turibdi: “… mushkul iboratlik uzun insholar, albatta, bola
zehnini ochmay, balki fikrini(ng) yo„q bo„lishig„a sabab bo„lur. Biljumla mamoliki
islomiyaning maktablarindagi bolalar uchun yengil suratda insho tayyorlanubdurki,
ibtidoiyya, rushdiyya, e‟tidodiyya maktab talabalarini(ng) har birig„a muvofiq
suratda insho ta‟lim beriladur”.
Darhaqiqat, insho yozma nutqni, fikrni o„stirish, tafakkurni rivojlantirish
vositasi hisoblanadi. Inson qaysi kasb egasi bo„lmasin, yuksak tafakkur sohibi
bo„lsagina, yangilik yaratadi. Yozma nutq malakalarini shakllantirish, og„zaki
nutqni takomillashtirish faqat soha doirasidagi muammo emas, balki umumta‟lim
jarayonidagi zaruratdir. Negaki, yozma va og„zaki nutqning me‟yoriy darajada
shakllanishi
fikrlash
tezligini
oshirishga,
o„quvchi tafakkur doirasini
kengaytirishga yordam beradi. Yozuv bevosita qo„l bilan amalga oshiriladigan
jarayon bo„lib, qo„l harakatining miya yarim sharlariga aloqadorligi psixologik
tahlillarda qayd etilgan.
Yozma nutq ko„nikmalarini shakllantirish maktab davridan boshlanadi.
Shuning uchun har tomonlama malakali, ma‟naviy barkamol, axloqan yetuk
mutaxassis-kadrlarni tayyorlashga, yozma nutq me‟yorlarini o„rgatishga maktab
davridanoq e‟tibor qaratish lozim. Bugungi ta‟lim jarayonida yoshlarga kitob
o„qish, badiiy asarlarni mutolaa qilish, yozma nutq ko„nikmalarini egallash fikr
o„stirishning asosiy vositalaridan ekanligini, tafakkurni rivojlantirishga xizmat
qilishini, bu omillarsiz har tomonlama yetuk mutaxassis bo„lish mumkin
emasligini ham uqtirish kerak. Bu borada faqat nasihat bilan ish bitmaydi. Yozma
nutqni shakllantirishga qaratilgan topshiriqlar, ilmiy va badiiy adabiyotni mutolaa
qilishga yo„naltirilgan tadbirlarni bevosita ta‟lim jarayonida qo„llash zarur.
Ajdodlarimiz ta‟lim-tarbiya berish davomida boshqalar hayotini, faoliyatini ibrat
qilib ko„rsatish usulini qo„llashgan. Yoshlar turli mazmundagi kitob, badiiy asar,
gazeta, jurnallarni mutolaa qilish jarayonida ko„p xulosalarni o„zlari chiqarib
oladilar. Bu esa ta‟lim jarayonida malakali kadrlar tayyorlashdek maqsadga
erishishni yanada osonlashtiradi. Kitob mutolaasi borliq, voqea-hodisa, insoniyat,
shaxs ma‟naviyati, ruhiyati haqida bilim berish bilan bir qatorda yosh avlod
qalbida ezgu fazilatlarni namoyon etadi, yaqinlariga, Vataniga, ona zaminga
muhabbat tuyg„ularini uyg„otadi, yozma ish ko„nikmalarini hosil qiladi.
65
Yozma ish va topshiriqlarning har qanday ko„rinishi mumtoz asarlar
mohiyatini o„zlashtirishda, milliy qadriyatlarni anglashda muhimdir. Ayniqsa,
adabiy mavzudagi insholarning asosiy maqsadi o„tmish va bugunning
manfaatlarini umumlashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Yozma ishlarga e‟tibor faqatgina milliy pedagogik tajribada emas, xorij
ta‟limi va baholash tizimida ham kuzatiladi. Masalan, keng yoyilgan til o„qitish
dasturlari hisoblangan IELTS, TOEFL tizimlarida 60 daqiqalik umumiy mavzuda
esse yoki insho yozish, 50 daqiqa mobaynida o„qiganlari hamda eshitganlari
bo„yicha savollarga javob tarzida yoki o„zi bilgan mavzuni dalillar, ma‟lumotlarga
tayangan holda yozma tarzda asoslab berish talablari keltirilgan.
Axborot asrida maktublar yozilmay qoldi. Ularning o„rnini uzuq-yuluq
SMSlar egalladi. SMSlar faqat xabar yetkazadi, ko„ngil tuyg„ularini ifoda eta
olmaydi. Ko„ngil tuyg„ulari qalblarda qolib muztar bo„lmasligi uchun, ezgulikka
o„rgatish, insoniy fazilatlarni tarbiyalash uchun, albatta, maktub yozish kerak. Ona
tili, adabiyot darslarida insho, bayon, diktantlar bilan bir qatorda maktub
ko„rinishidagi yozma ishlarni ham shakllantirish lozim. “Ota-onamga maktub”,
“Onamga maktub”, “Do„stimga maktub”, “O„zga sayyoraliklarga maktub”,
“Alisher Navoiyga maktub”, “Farhodga maktub”, “Shiringa maktub”, “Ustozimga
maktub”... kabi yozma ishlar o„quvchining ko„ngil daryolarini to„lqinlantirish bilan
bir qatorda tafakkurini rivojlantiradi, tasavvur olamini kengaytiradi. Shuning
barobarida til boyligini oshirishga turtki beradi.
Savodxonlik shaxsning fazilati, axloqi, mas‟uliyatidan dalolatdir.
Savodxonlikka amal qilmaslik shunchaki imlo qoidalarini buzish emas, balki
mantiqiy nomuvofiqliklarga, fikrning noto„g„ri ifoda etilishiga olib keladi.
Masalan, mantiqiy xatolar ko„p hollarda paronimlarni qo„llash bilan
bog„liqdir. Shahrimiz muassasalarida “Hush kelibsiz!” degan xitobga ko„zingiz
tushadi. Xush va hush paronim (talaffuzi o„xshash) so„zlar bo„lib, xush “yoqimli”,
hush “aql” ma‟nolarini ifoda etadi. Yuqoridagi holatda “yoqimli, xush (qadam
bilan) kelibsiz” mazmunidagi iltifot o„rniga “aqlli kelibsiz” tarzidagi nomuvofiq
bog„lanish yuzaga kelib qolgan.
Xalqimizda “Onangni boshingda tutsang singlingni kaftingda tut” degan
maqol bor. Bu maqolda ayrim o„rinlarda kift so„zining o„rniga uning paronimi –
kaft birligini yozish holati kuzatiladi. Kift “yelka qismi”ni ifoda etadi, kaft “qo„l
oyasi, hovuchi” (“qo„l oyasi” kaft so„zining bugun iste‟moldan chiqib ketgan,
shevada qo„llangan shaklidir). Kift so„zi qo„llanganda “singilni e‟zozlash, onadan
keyingi o„rinda tutish” anglashiladi, kaft so„zi qo„llanganda ham singilni e‟zozlash
tushuniladi. Qizig„i shuki, qo„l ko„tarilganda kaft boshdan yuqori bo„lishi
mumkin...
66
Ba‟zan “Gijjalarni davolaymiz!” degan e‟lon mazmuniga e‟tiborimiz
tushadi. Maqsad “gijjalarni davolash”mi? Qani bu yerda mantiq? Axir gijjalarni
davolamaydilar, gijjalardan xalos etiladi. Bunday misollarni ko„plab keltirish
mumkin. Demak, savodxonlik fikrni to„g„ri ifodalash, mazmunni to„g„ri anglatish
hamdir.
Til millatning mavjudligini belgilaydigan asosiy omil hisoblanadi. Ona tilini
e‟zozlash, qadrlash, serqirra imkoniyatlarini, so„z boyligini borligicha saqlash,
takomillashtirish, davlat tili sifatidagi mavqei va nufuzini oshirish har birimizning
muqaddas burchimizdir. Davlat tili tengsiz boyligimizdir, nomus-orimizdir. Milliy
til xalqimizni hamjihatlikda taraqqiyot sari boshlaydi. Xalqni yanada jipslashishga,
milliy qadriyatlarni asrab-avaylashga undaydi. Til bor ekan – millat barqaror!
Dostları ilə paylaş: |