Urganch davlat universiteti «yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari»


q  kuchi bilan qarshilik ko‘rsatadi va  qoziqdan  R



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/38
tarix13.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#175004
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
Xom ashyoni yigirishga tayyorlash 22


kuchi bilan qarshilik ko‘rsatadi va 
qoziqdan 

kuch orqali sirpanib ketishga harakat qiladi. Shuning uchun to‘plamdan ajratilgan 
tolalar ishchi organ garniturasi sirtlarida ushlanib qolmaydi. 
Titilganlik parametri. 
Mahsulotni titilganligini baholashda bo‘lakchaning o‘rtacha 
og‘irligi va zichligi (hajmi ) hisobga olinadi. 
Bo‘lakchalarni o‘rtacha og‘irligini aniqlash uchun titilgan tolalar massasidan namuna olib 
tortiladi va sanaladi. Namuna massasi bo‘lakchalar soniga bo‘lingach bitta bo‘lakchaning 
o‘rtacha og‘irligi ma’lum bo‘ladi. 
Hajm bo‘yicha titilganlikni baholashda diametri 0,6 m, balandligi 0,71 m silindrsimon idishga 
tekshirilayotgan mahsulot solinib, qopqog‘i ustiga 29 kg yuk qo‘yiladi. 1 minut vaqt o‘tgach 
hajmi o‘lchanadi. Namuna og‘irligi hajmga bo‘linib titilganlik aniqlanadi. 
Ta’minlovchi-aralashtiruvchi agregatdan ajraladigan chiqindilar miqdorini 
aniqlash. 
Yigirish sanoati uskunalaridan ajraladigan chiqindilar miqdori paxta saralanmasiga 
(sortirovka) bog‘liq bo‘lib, xar bir korxona uchun aloxida-aloxida belgilanadi va bosh 
muxandis tomonidan tasdiqlanadi. Chiqindilar miqdori sex xodimlari va laboratoriya 
ishchilari yordamida tekshiriladi. 
Titish-savash sexi boshlig‘i master bilan birgalikda har xaftada uskunalardan 
ajralayotgan chiqindilarni tekshiradi. Bunda ishchi mashinaning chiqindilar bo‘limidan 
olayotgan xas-cho‘plarni oddiy ko‘rish usuli bilan tekshirib ko‘radi. 
Sex masteri esa, xar oyda bir marta ajralib chiqayotgan chiqindilarni tarkibidagi 
momiq, paxta bo‘laklari, yigirishga yaraydigan tola bor-yo‘qligi aniqlanadi. Chiqindilarni 
rangiga xam e’tibor beriladi. Bu usuldagi tekshirishda ayniqsa turdosh(odnorodnыy) 
uskunalardan chiqayotgan chiqindilarga axamiyat beriladi, agarda ularda bir xil saralanma 
(sortirovka) ishlatilayotgan bo‘lsa. 


Ishlatilayotgan paxta tolasiga nisbatan % xisobidagi ajralayotgan chiqindilar miqdori 
kapital remontdan so‘ng va yangi saralanma ishga kiritilgan taqdirda tekshiriladi. 
Agarda chiqindini miqdorini aniqlash kerak bo‘lsa, (sifat ko‘rsatkichlariga axamiyat 
berilmagan xolda) mashinani 4 soat ishlatib aniqlanadi. Bunda mashinaga kiritilayotgan 
komponentlar miqdori to‘g‘riligiga e’tibor berish kerak. Buning uchun mashinadagi 
chiqindilar tozalanib, ajralmas chiqindini olish oson bo‘lishi uchun chiqindilar bo‘lmasiga 
qalin qog‘oz solinadi, so‘ngra mashinani ishga tushiramiz. 4 soat o‘tgach (tushlik tanaffus 
vaqtida) chiqindilar olinib, 0,5% aniqlikda tortiladi. Chiqindilar miqdorini aniqlayotganda 
ishlab chiqarilgan xamma xolstlarni (braklari xam) miqdori xisobga olinadi. 
Tekshirilayotgan agregatdagi xamma mashinalardan ajralayotgan chiqindilar va 
xolstlar oQirligini qo‘shib, 100% deb olamiz, yoki ishlab chiqarishga kiritilgan paxta tolasini 
umumiy miqdori deb olamiz. 
Chiqindi ajratish miqdori (vыxod ugarov) xar bir mashinadagi chiqindilar miqdorini 
ishlab chiqarishga kiritilgan paxta tolasi miqdoriga bo‘lib, 100 ga ko‘paytirsak, shu mashinani 
chiqindi ajratish miqdori aniqlangan bo‘ladi. 
В 

У 
(100) 
Х 
X
-ishlab chiqarishga kiritilgan paxta tolasini miqdori. 
У
-ma’lum bir mashinani ajratgan chiqindisi miqdori. 
Misol. 20 ta xolst 320 kg. chiqindi 6,4 kg. 
V=2%

Chiqindilarni sifatini aniqlash 
TTAdan ajralayotgan chiqindilar tarkibi bir xil emas. Ularni tarkibida xas-cho‘plar, 
yong‘oqchalar(oreshki) , kalta tolalar, chigit qobiqlari yopishgan tolalar, tosh va x.k.lar 
bo‘ladi. Ularni sifatini aniqlash ancha qiyin masala. 
Shu sababli agregatdan ajralayotgan chiqindilarni xammasi tekshiriladi. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin