Kursning mazmuni Algoritmlarni loyihalash fani talabalarda dasturlash bo’yicha ixtiyoriy masalani yechish uchun zaruz bo’lgan algoritmik fikrlash, effektiv algoritmlarni loyihalash va tahlil qilish kabi ko’nikma va malakalarni shakllantirishga asos bo’ladi. Fanning nazariy konsepsiyalari asosan o’rganiladigan barcha konsepsiyalarga erishish uchun sekin-asta murakkablashib boradigan mashq va masalalarni bajarish orqali o’rganiladi. Ushbu fan o’quv rejasining 4 semestri fanlari qatoridan joy olgan bo’lib , 2-kursda o’rganiladi. Algoritmlarni loyihalash fani mazmuni 5 ta tematik bo’limlardan iborat bo’lib , bu bo’limlar bo’lajak muhandis yaxshi bilishi kerak bo’lgan asosiy tushunchalardan iborat. Fanni o’rganish uchun hisob, chiziqli algebra, differensial tenglamalar, ehtimollik statistika, diskret tuzilmalar, dasturlash kabi fanlardan boshlang’ich ko’nikmalarga ega bo’lish va birorta dasturlash tilini bilish talab etiladi. Olingan bilim , ko’nikma va malakalar ixtisoslik fanlarining deyarli barchasini o’rganish uchun zamin yaratadi. Maqsad – talabalarda turli matematik masalalarni yechishda turli algoritmlarni sifatini va ishlatish imkoniyatlarini tahlil qila bilish xamda algoritmlarni yarata bilish ko’nikmalarni xosil qilishdan iborat. Ushbu kursning asosiy maqsadi algoritm tuzish printsiplarini o’rganish, algortimlarni loyihalash usullarini yetarlicha o’zlashtirishlarini ta’minlash va amaliyotga tadbiq etish ko’nikmalarini hosil qilish , algoritmlash usullarini amaliy masalalarni hal qilishga tadbiq etish , algoritmlarning sifatini oshirish ixchamlash yo’llari va uslublarini o’rgatishdan iborat.
Ta’lim natijalari Fanni о‘rganish natijasida talabalar: