Urganch innovatsion universiteti HEMIS elektron ta’lim platformasiga o‘tishining ahvoli to‘g‘risida
AXBOROT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmonidagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"ning 3-bob 2-bo‘limi “Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish” deb nomlangan va unda keltirilgan deyarli barcha vazifalar ta’limni elektronlashtirishga qaratilgan. Jumladan, ushbu bo‘limning “oliy ta’lim muassasalaridan olinadigan turli hisobot va ma’lumotlar sonini keskin kamaytirish, ularni tayyorlashning qog‘oz shaklidan voz kechish, boshqaruv tizimi va o‘quv jarayonlari, kutubxona va hujjatlar aylanmasini elektronlashtirishni ta’minlovchi “Elektron universitet” platformasiga bosqichma-bosqich o‘tish, ta’lim jarayoni ishtirokchilari faoliyati samaradorligini monitoring qilishning elektron tizimini joriy etish” qismi aynan bugungi kunda qo‘llanilib kelinayotgan HEMIS elektron ta’lim platformasini nazarda tutadi. Hozirda ushbu platformadan 120dan ortiq davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari foydalanib keladi. Ushbu platforma davlat tuzilmasidagi boshqa organlar jumladan soliq, ichki ishlar, adliya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot almashadi. Bunda, jarayonda qatnashgan barcha, talabalardan tortib universitet rahbariyatigacha to‘liq ma’lumotlar to‘planadi va keyingi faoliyatlarda ortiqcha qog‘oz bozlikka yo‘l qo‘ymasdan ushbu ma’lumotlardan foydalaniladi.
Universitetda ushbu tizmga o‘tish 2023-yilning mart oyidan boshlandi. Tizmda ishlash bo‘yicha xodimlarga ko‘rsatmalar berildi. Platformada dekanat topshiriqlari ko‘p va murakkabligini inobatga olgan holda yordam sifatida universitetdagi guruh rahbarlari talabalarni ma’lumotini kiritishga jalb qilindi. Qisqa muddatda talabalar ma’lumotidan iborat baza shakillantirildi. O‘quv jarayonlari 2022-yil dekabrdan boshlanganligi sabab o‘tgan davr ma’lumotlari qog‘oz nusxada shakillantirilgan edi. Bu ma’lumotlar ham to‘liq platformaga joylandi. Hozirda 63ta professor-o‘qituvchi, 1538 ta talabaning ma’lumotlari ushbu platformada to‘liq shakillantirilgan. Talabalarning 69nafari kunduzgi ta’lim shaklida, 1469nafari sirtqi ta’lim shaklida tahsil oladi.
Kunduzgi ta’lim shaklidagi talabalarni hozirda o‘quv yilini 1-kurs 2-semestri davom etyapti. Ushbu ta’lim shakli bizda to‘liq elektronlashtirildi. Ya’ni kundalik davomatlar, fan resurslari elektron shakilda platformaga joylangan.
Sirtqi ta’lim shakli o‘quv dasturlarga binoan platformada ham 4ta smena(pato‘q) kesimida shakillantirildi. 1-smena tarkibidagi 1-kurs talabalar 2022-2023-o‘quv yilini yakunlashdi. 1-smenadagi talabalar ma’lumotlaridan faqat nazorat ishlari tizimga ko‘chirildi. 2-3-4-smena talabalarining ham 1-semestri natijalari tizmga ko‘chirildi. Hozirda 2-semestrga ko‘chirish va 2-semestr nazoratlarini tizmda shakillantirish jarayoni ketyapti. O‘tgan hafta universitetga tashrif buyurgan tekshiruv komissiyasini taklif va fikrlarini inobatga olgan holda keyingi o‘quv yilidan sirtqi ta’lim shakli ham HEMIS tizimida to‘liq rejimda shakillantiriladi. Davomat jurnalidan tortib fan resurslarigacha bo‘lgan barcha ma’lumotlar kiritiladi. Ushbu jarayonni shakillantirish bo‘yicha tizimda vazifa topshirilgan har bir xodimga o‘quv yili davomida konsultatsiyalar berib boriladi.
Bilamizki, universitetdagi 2-kurs talabalari o‘qishni boshqa davlat va nodavlat otmlardan shuningdek xorijiy otmlardan ko‘chirishgan. Ushbu talabalar hujjatlarini vaqtida yetkazmaganligi sabab ularga o‘qishga qabul qilinganligi buyrug‘i chiqarilmagan. HEMIS tizimi talabalar harakati bilan bog‘liq xar qanday jarayon uchun buyruq shakillantirishni talab qilganligi uchun bu talabalar tizmga kiritilmagan.
Universitetda elektron ta’lim tizimini targ‘ib qilish, platforma bo‘yicha tushuntirishlar berib borish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, foydalanuvchilarni katta ko‘pchiligi talabalar ekanligini inobatga olgan holda video qo‘llanmalar yaratildi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali tushuntirishlar berib borilyapti. Talabalar bo‘sh vaqtlari universitetda seminarlar tashkillashtirilib, tizmni qulayliklari, unda keltirilgan funksiyalardan qanday foydalanish haqida tushuntirishlar berib borilyapti. Hozirgi vaqt holati bilan aytadigan bo‘lsak, talabalar tomonidan 500ga yaqin kirish so‘rovlari bo‘lgan, 175ta talaba universitetda o‘qiyotganligi haqida ma’lumotnoma olgan.
Ta'limni kredit tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i: A.Abdullayev
Dostları ilə paylaş: |