Urganch ranch texnologiya universiteti maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi yo’nalishi



Yüklə 61,36 Kb.
səhifə2/3
tarix09.10.2023
ölçüsü61,36 Kb.
#153246
1   2   3
22mavzu

. Iqtidorning turlari
Iqtidorlilik turlarini tizimlashtirish tasniflash mezoni bilan belgilanadi. Iqtidorda ham sifat, ham miqdoriy jihatlarni ajratish mumkin.
Iqtidorning sifat xususiyatlari insonning aqliy qobiliyatining o'ziga xos xususiyatlarini va muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'lish xususiyatlarini anglatadi. Va miqdoriy - ularning og'irlik darajasini tasvirlashga imkon beradi.
Shunga ko'ra, olimlar quyidagi qobiliyat turlarini aniqladilar:
1. Iqtidorning intellektual turi.
Ushbu turdagi o'qituvchilar o'quvchilarni aqlli, aqlli, tezkor deb atashadi. Bu talabalar chuqur bilimlarga ega bo'lib, mustaqil ravishda olishga qodir. Ushbu turdagi iqtidorli bolalar o'quv va qo'shimcha materiallarni chuqur va aniq tahlil qiladilar.
Iqtidorning intellektual turini ikkita asosiy kichik turlarga bo'lish mumkin. Birinchisida umumiy aqliy qobiliyat paydo bo'ladi va hech qanday ixtisoslashuv yo'q. Ikkinchisida yuqori qobiliyatlar bitta maxsus bilim sohasida namoyon bo'ladi.
Aynan shu qobiliyat zamonaviy geekslarda kuzatilishi mumkin.
2. Iqtidorning akademik turi.
Ushbu tur yuqori razvedka bilan ajralib turadi. Ushbu turdagi bolalar juda yaxshi o'qiydilar. Keyinchalik bu talabalardan haqiqiy hunarmandchilik ustalari olinadi.
3. Iqtidorning badiiy turi.
Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichi iste’dod deb aytiladi. Iste’dod bu kishiga qandaydir murakkab mexnat faoliyatini muvaffakiyatli, mustaqil va orginal tarzda bajarish imkonini beradigan qobilyatlar majmuasidir.
Qobiliyatlar kabi iste’dod ham faqat ijodiyotda yuksak maxoratga va anchagina muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatidan iboratdir.
Urish yillarida sarkardalik iste’dodlari jushkin rivojlanadi, tinchlik davrida injenerlik, konstruktorlik va shu kabi iste’dodlar rivojlanadi. Masalan, xozir O`zbekistonni dunyodagi eng ilgor, eng obruli davlatlardan biriga aylantirish asosiy vazifa bo`lib turibdi.
Mustaqillik davrining ana shu extiyoji ajoyib quruvchilar, muxandislar, nakkoshlar, xunarmandlarning o`sib chiqishiga yul ochdi. Ayniksa sprot soxasidagi muvaffakiyatlarimiz beqiyosdir. Mana, o`zbek kurashi bo`yicha birinchi o`rinda, boks bo`yicha yuqori o`rinlardan birida turibmiz. Bularning hammasi davr taqozasidir.
Iste’dod-bu qobiliyatlar yig`indisidan, ularning majmuidan iboratdir. Aloxida olingan, yakka qobiliyatni, garchi taraqqiyotning juda yuksak darajasiga erishgan va yorqin ifodalangan bo`lsa ham, iste’dod bilan tenglashtirib bo`lmaydi.
SHunday qilib, iste’dod shaxs psixik fazilatlarining shu qadar murakkab birikmasiki, uni qandaydir birorta yagona qobiliyat bilan, xatto bu qobiliyat xotiraning yuksak maxsuldorligi kabi juda qimmatli qobiliyatlar bo`lishiga qaramasdan, belgilab bo`lmaydi.
SHaxsning barcha individual psixologik xususiyatlari kabi qobiliyatlar unga qandaydir tabiat tomonidan tugma ravishda, tayyor xolda berilmaydi, balki xayot va faoliyat jarayonida tarkib topadi. Kishi dunyoga xech qanday psixik xususiyatlarsiz, faqat ularni orttirishga qaratilgan umumiy imkoniyatlar bilan keladi, xolos.
Xozirgi paytda iste’dod nishonalarini miyaning va sezgi organlarining mikrostrukturasi bilan boglaydigan nazariya eng maxsuldor xisoblanadi. Miya xujayralarini chuqur o`rganish iste’dodli kishining nerv turkumalarini ko`rsatadigan morfologik va funksional xususiyatlarida farq borligini aniqlash imkoniyatidadir deb taxmin qilish mumkin.
SHuningdek, iste’dod nishonalarini nerv jarayonlarining ayrim differentsial xususiyatlari bilan (nerv kuchi, muvozanatlashuvi va xarakatchanligi o`rtasidagi farqlarga karab) va shu bilan oliy nerv faoliyati turlari bilan bog`lovchi gipoteza ham xaqiqatga yaqinroqdir.
Bulardan tashqari, qobiliyatlarni tabiiy asoslarini nerv sistemasining xususiy xususiyatlari deb atalgan xususiyatlar bilan bog`laydigan, ya’ni ayrim odamlarda ko`rish, boshqa odamlarda eshitish, uchinchi bir xilida esa xarakat soxasida namoyon bo`ladigan o`ziga xos tipologik xususiyatlar bilan boglaydigan gipotezalar yana ham xaqiqatga yaqinroqdir.
Jiddiy statistika qobiliyatlar va iste’dodlarning irsiyat yuli bilan o`tishini isbotlaydigan xech qanday dalillar bermaydi. Qobiliyatlarning irsiyat yo`li bilan o`tishi haqidagi ilmiy nazariyaga ham qarama – qarshidir.
Inson qobiliyatlarini rivojlantirishning muxim omillari – barqaror maxsus qiziqishlardan iborat. Maxsus qiziqishlar – bu insoniyat faoliyatining qandaydir soxa mazmuniga bo`lgan qiziqishlari bo`lib, bu qiziqishlar ana shu turdagi faoliyat bilan kasb tariqasida shugullanish moyilligiga o`sib ko`tariladi. Bilishga doir qiziqish bu o`rinda faoliyat usullari va uslublarini amaliy ravishda egallab olishni rag`batlantiradi. Iste’dodlilik darajasiga erishgan shaxsda aql, idrok, xotira, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar ancha rivoj topgan, iroda sifatlari barqarorlashgan, nutq rivojlangan bo`ladi. Shuning uchun ularning kuzatuvchanligi, bilimlarni o`zlashtirishi, olingan bilimlarni amalda qo`llashi, o`z sohasi bo`yicha yangilik yaratishga moyilligi boshqalardan farq qiladi. O`z navbatida olingan bilim va hosil qilingan ko`nikmalar shaxsdagi iste’dod darajasining yanada o`sishiga xizmat qiladi.
Talantli shaxslar yirik hajmdagi amaliy va nazariy masalalarni hal etadilar, ilg`or harakterga ega bo`lgan yangilik va ijodiy ishlarni amalga oshiradilar.
Talantli shaxslarda sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur, hissiyot, iroda kabi ruhiy holatlar taraqqiy etgan bo`ladi. Bu xoll shaxsni yanada faollashtiradi, uning talantini kengroq namoyon etadi.
Talantli shaxslar o`z kasbining ustalari bo`ladilar, ularning faoliyatlariga ibrat-namunaviylik xosdir. Talantli pedagog, talantli san’atkor, talantli olim, talantli shoir deganda, o`z faoliyati nuqtai nazaridan boshqalarga o`rnak bo`luvchi oshaxslar nazarda tutiladi. Talantli bo`lishning yagona sharti shaxsning o`z ustida sistematik tarzda ishlashidir. Agar inson o`z ustida muntazam ishlashni davom ettirmasa, undagi talantlilik sifati susaya boradi va sunadi.
Talant o`zining geniy, genal kabi darajalariga egadir. Har tomonlama taraqqiy etgan avlodlar tajribasini ijodiy o`zlashtiradigan, uni o`z davriga tadbiq etib yangi bilim va tajriba bilan boyitadigan, mustaqil fikrlash asosida yaratuvchilik, ijodkorlik, xususiyatlariga ega bo`lgan optimistik g`oya bilan sug`orilgan, Vatan va jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan ish tutadigan ilg`or dunyoqarash egasi bo`lgan o`zining ijtimoiy burchiga hamma vaqt sodiq bo`lgan shaxslar geniy shaxslardir.
Geniy shaxslar garmonik rivojlangan shaxslar bo`lib, ijtimoiy hayot voqealarini va ilm-fanni chuqur o`zlashtirgan bo`ladilar. Ular fan sohalariga, hayot voqealariga ijodiy yondoshib, uni yanada boyitadilar, voqealar rivoji, kelajagani oldindan ko`ra biladilar. Geniy shaxslar o`ta mehnatsevar va kuchli irodali bo`ladilar. Ular uchun xalq, manfaati, Vatan kelajaga har narsadan ustun turadi.
Geniy shaxslarning ijtimoiy hayotni o`rganish sohasida to`plagan tajriba va bilimlari insoniyat tarixida misli ko`rilmagan o`zgarishlarga olib keladi. Ular o`z xalqlari va vatanlari uchun baxtli farovon hayotni xadiya etish bilan birga bu hayotni kelajagi, istiqboli va taraqqiyot qonunlarini ham kashf etadilar.
Geniylikning yana bir muhim tomoni shundaki, bunday shaxslar tabiiy va ijtimoiy fanlar sohasida kelguvsi avlod uchun bitmas-tuganmas nazariyalar yaratadilar. Bu nazariyalar kelgusi avlod qo`lida g`oyaviy qurol bo`lib hizmat qiladi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, geniylik darajasiga ko`tarilgan shaxs o`z faoliyatida jamiyat uchun katta yutuqlarning qo`lga kiritilishiga sabab bo`ladi va bu xol o`sha shaxsning shaxsiyatini yanada, ulug`lab, nomini abadiylashtiradi.
Imom Buxoriy, Maxdumi A’zam yoki Alisher Navoiy. yoki L.S.Pushkin, I.P.Pavlovning geniyligi fan sohasida, Michurinning geniyligi tabiatni o`zlashtirishda, K.E.Tsialkovskiyning geniyligi planetalararo kosmik uchish masalalarida namoyon bo`ladi. Yuksak talant egasi bo`lgan bu daholarning fan sohasida yaratgan yangiliklari keyingi avlodlar uchun abadiy bilim manbaidir.
O`rta Osiyoning mashhur mutafakkirlari Abu Ali ibn Sino, Forobiy, Beruniy, Al-Xorazmiy kabi mashhur olimlar fan olamida geniylikning yuksak cho`qqisiga ko`tarildilar
Shunday qilib, shaxsning geniy yoki geniylik sifati uzoq muddat moboynida o`z ustida samarali mehnat qilishning, o`qib-o`rganishning natijasidir. Shaxsning qobiliyati to`g`ma layoqat asosida muhitga, ta’lim va tarbiyaga bog`lik holda o`sib boradi. Har bir odam bolasi «mudrab yotgan» layoqat (tug`ma imkoniyat) bilan dunyoga keladi. Undan so`ng u mansub bo`lgan ijtimoiy muhit bu layoqatni yuzaga chiqaradi. Layoqat ayniqsa, yoshlik chog`larida jadal rivojlanadi.
Masalan, Seryoja Xalyapin (Moskva shahri) 14 yoshida o`rta maktabni tamomlab, D.I.Mendeleev nomli Moskva ximiya-texnologiya institutining talabasi bo`ldi. Amerikalik Mayk Grost 11 yoshida Michgan universitetiga qabul qilindi.
Angliyalik Maybelle 4 yoshida birinchi sinf o`quvchisn bo`ldi. Erevanlik David Arutyunyan 12 yoshida politexnika institutining kibernetika fakultetiga qabul qilindi. Olti yoshli qirg`iz yigiti Asilbek Siydanov mashhur epos-"Manas"ni yoddan aytib, respublika ko`rigida birinchi darajali diplom billan tag`dirlangan. Meksikalik Antonio Xaures esa, bir vaqtning o`zida ispan tilida gaplashib turib, ingliz tilidagi tekstni bemalol yoza oladi.
Bunday misollarni kattalar hayotidan ham keltirish mumkin. Chunonchi, Toshmuhammad Sarimsoqov 30 yoshga to`lmay akademik bo`ldi. Nikolay Nazarov 14 yoshida ToshDUni bitirdi. Shavkat Olimov va Raxim Xaitovlar 25 yoshida professor bo`lishdi. Ilxom Mamedov 20 yoshida fan nomzodi bo`ldi va x.k. Bu kabi o`ta qobiliyatli bo`lishning poydevori oilaviy muhit hisoblanadi. Oila muhiti ularni qiziqtirgan narsa ustida jiddiy bosh qotirishga undashi tufayli doimo aqliy ozuqaga tashnalik yuzaga keltirgan. Natijada bolalar uchun murakkab hisoblangan aqliy mushohada ular uchun oddiy va oson bo`lib qolgan.
Garchi qobiliyatlarning rivoji xar turli odamlarda mutloko bir xil bo`lmagan tabiiy shart-sharoitlarga bog`liq bo`lsa ham, yukorida ko`rib o`tilgan iste’dod nishonalari va qobiliyatlar o`rtasidagi nisbat, qobiliyatlar shunchaki tabiat in’omi emas, balki kishilik tarixining maxsuli ekanligini ko`rsatadi. Agar xayvonlarda oldingi avlod yutuklarining keyingi avlodga utkazib berilishi asosan organizmning irsiy morfologik o`zgarishlari orqali amalga oshsa, insondat bu ijtimoiy-tarixiy yul bilan, ya’ni mexnat kuroli, til, san’at asarlari va shu kabilar bilan amalga oshadi.
Kishi o`zida muayyan faoliyatga qobiliyat bor yoki yukligini sezish yoki sezmaslmigini bildiradigan omil ta’lim metodikasi xisoblanadi. Ta’lim metodikasi qayerda ojiz bo`lsa, o`sha yerda qobiliyatlarning tug`ma ekanligi haqidagi gaplar paydo bo`ladi.
O`z-o`zidan ma’lumki, metodika doim takomillashib boradi, bu esa «tug`ma qobiliyatlar» doirasini torayib borishiga olib keladi.
Qobiliyatlar va iste’dodlarni shakllantirish muammosi katta ijtimoiy va davlat ahamiyatiga ega bo`lgan masaladir.
Hozirgi vaqtda ayniqsa, qobiliyatli yoshlarga ehtiyoj kuchaymoqda. Mustaqil respublikamizda iste’dod egalarining ko`payishi uchun zarur ijtimoiy muhit muxayyo etilmoqda layoqatli yoshlar bilan mahsus shug`ulanishga alohida qaratilmoqda.
Buning boisi bor, albatta istedodli yoshlar turli mazmundagi taassurotlarni miyada qayta ishlash, umumlashtirish, saralash va xulosa chiqarish tezligi va rostligi bilan ajralib turadilar, ularda fikrlash jarayoni va xissiy idrok etish taraqqiy etgan bo`ladi, yangiliklarni osonlik bilan o`zlashtiradilar.
Qobiliyatlilik ite’dodlilik va talant kabi sifatlar shaxsda faqat mexnat, tinimsiz intilish tufayli vujudga keladi va rivoj, ravnaq, topadi. Shuni ham unutmaslik kerakki, agar ijtimoiy muhit noqulay bo`lsa, odam o`z ustida ishlamasa, undagi qobiliyat va iste’dod alomatlari yo`qoladi. Lekin qobiliyatning o`sishi uchun faqat ijtimoiy muhit ta’sirining o`zida kifoya qilmaydi.
Bunda yana bir muhim vosita ta’lim va tarbiyadir. Qobiliyat ta’lim jarayonida, bilimlarni o`zlashtirish va ijodiy qo`llanishida tegishli ko`nikma va malakalar hosil qilishda, faoliyat jarayonida kamol topadi.
Har bir shaxsning o`zi faol harakat qilgandagina ijtimoiy muhit, talim va tarbiya uning layoqatini iste’dod hamda qobiliyatini o`stirmog`i mumkin. Agar shaxs o`z kasbini sevib, unga kuchli mehr qo`ysa, uning qobiliyati tez o`sadi. Kishining qobiliyati uning qiziqishlari bilan ham mustahkam bog`liq bo`lib, kiziqishlar ta’sirida qobiliyat o`sadi va u boshqa individual sifatlar mazmuniga ijobiy ta’sir ko`rsatadi.
Xulosa qilib aytganda qobiliyat tarbiyasi, yosh avlodning iste’dod va talant sohibi sifatida voyaga etishini ta’minlash, har bir yigit-qizning yoshlik chog`ida erishishi mumkin bo`lgan ulug` g`oyalardan bahramand etish, kelajak avlodni ularga qayta nasib etmaydigan bolalik nashidasidan mahrum bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.7
Bola aqliy rivojlanishda ularning iqtidorlari,qobilyat kurtaklari bo`lishi muximdir.Xozirgi vaqtda iqtidorli,iste’dodli bolalarga e`tibor kuchaytirlmoqda.Iqtidorli bolalar o`z-o`zidan kelib chiqmaydi.Ular tug`ma istedodli bo`lishi bilan birga ta’lim tarbiya natijasida muxit ta’siridan xam paydo bo`lishi mumkin.
Ota-ona va pedagoglar boladagi iqtidorni sezishlari bilanoq uni rivojlantirish uchun shart sharoitga yaratib berishlari lozim.
Iqtidorli bolalarni boshqa bolalardan farqi shuki,ularda aqliy ishlashdan charchamaydilar ,xatto aqliy ishlarni talab qilib oladilar,ularda qizqishlar yo`nalishi o`zgarishi mumkun,ammo aktivlik saqlanb qoladi. Iqtdorli,iste’dodli bolalarni axtarib topish xamda ularni chuqur o`rganish maqsadida chet el metodikalarni o`zbek milliy muxidagi moslashtirishga katta extiyoj bor. Shunday metodikalardan biri angliyalik mashxur psixolog Ravenning intellekt testidir, Raven masalalari aqlning did bilan idrok etish va umumlashtirish xususiyatlarini, mantiqiy tafakurini(muloxazani) tanlab qiladi. Bu testlar aqli jarayonlarning saviyasining aniqlashga qaratilgandir.

Xulosa
Qobiliyat — insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Qobiliyat bilimdan keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, Qobiliyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobiliyat koʻnikmamalakadan farq qiladi. Qobiliyat insonga berilgan inʼom sifatida qaraladi. Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobiliyat aynanlashtiriladi. Qobiliyat inson tomonidan koʻnikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi. Har qanday qobiliyat turi shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan boʻlib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʻz ichiga oladi. Shuning uchun qobiliyat deganda birorta xususiyatning oʻzini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Barcha qobiliyat uchun tayanch xususiyat — kuzatuvchanlikda, yaʼni insonni fahmlash, obyektdan u yoki bu alomatlarni koʻra bilish, ajrata olish koʻnikmasidir. Qobiliyatning yetakchi xususiyatlaridan biri — narsa va hodisalar mohiyatini ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi boʻlishi bilan birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba koʻpincha zehn tushunchasi bilan yuritiladi. Zehn muayyan bir faoliyatga yoki koʻpgina narsalarga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda, moyillikda, intilishda namoyon boʻladi. Zehn nishonalari deganda qobiliyat ichki imkoniyatlarining tabiiy asosini tushunish lozim. U ishtiyoqmoyillikmehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning mahsulidir. Qobiliyat umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Umumiy qobiliyat deganda yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. Qobiliyat tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin. Qobiliyatni maʼlum faoliyatga moyillik yoki intilish orqali, tabiiy zehn nishonalarini aniqlash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb etish, qobiliyatni takomillashtirishning maxsus vositalarini qoʻllash, shaxsning faollik alomatlarini maksimal darajada rivojlantirish, inson shaxsiga alohida yondashuvni umumiy talablar bilan uygʻunlikda olib borish va boshqa orqali rivojlantirish yoʻllari mavjud. Qobiliyatning yuqori darajasi isteʼdod va daholik (qarang Daho) namoyon boʻladi. Qobilyatlar, aslida, tug'ma bo'ladi. Qobiliyat tug‘ma bo‘lsada uning rivojlanishi ijtimoiy muhitga ham bog‘liq bo‘ladi Qobiliyat sifatida namoyon bo`ladigan fazilatlar yig`indisining to`zilishi okibat natijada konkret faoliyat talablari bilan belgilanadi va faoliyatning xar xil turlari uchun turlicha bo`ladi. Masalan, adabiy qobiliyatlarning tuzilishi estetik tuyg`ularning yuksak taraqqiy etgan darajasini, xotirada yorqin ko`rgazmali obrazlar mavjudligini, til xissini, boy fantaziyani, odamlar psixologiyasiga nisbatan zo`r qiziqishni, o`z-o`zini ifodalash extiyojini va shu kabilarni taqoza qiladi. Musiqiy, pedagogik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va juda ko`p qobiliyatlar to`zilishi o`ziga xos xarakterga egadir.
Konkret qobiliyatlar tuzilishini tashkil etadigan shaxs xislatlari va xususiyatlari orasida ba’zi birlari etakchi o`rinni egallasa, ba’zi birlari yordamchi rolni o`ynaydilar. Jumladan, pedagogik qobiliyatlar to`zilishida pedagoglik odobi, qo`zatuvchanlik, bolalarga muxabbat, ularga nisbatan yuksak talabchanlik bilan qo`shib olib boriladigan bilim berishga extiyoj, yordamchilik tarzida shular jumlasiga kiradigan bir qator tashkilotchilik qobiliyatlari kompleksi etakchi fazilatlar xisoblanadi.

Yüklə 61,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin