Urganch ranch texnologiya universiteti



Yüklə 103,8 Kb.
səhifə6/12
tarix12.10.2023
ölçüsü103,8 Kb.
#154290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
21-CHI MAVZU

Ikkinchi bosqich – rivojlanishdagi nuqsonlarni differensial tashxis qilish. Ushbu bosqichning maqsadi rivojlanish nuqsonini turini (xil, toifasini) aniqlash. Uning natijalariga ko‘ra bolaning imkoniyat va xususiyatlarini hisobga olgan xolda, ularning ta’lim olishlari uchun ta’lim muassasasini turi va dasturi, optimal pedagogik yo‘llanmasi aniqlanadi. Psixologo-tibbiy-pedagogik komissiyaning faoliyati differensial diagnostikada yetakchi rolni egallaydi.
Uchinchi bosqich – fenomenologik. Uning maqsadi – bolaning individual xususiyatlari, ya’ni tafakkur faoliyatining xarakteristikasi, hissiy-iroda doirasi, ishchanlik qobiliyati, shaxsi o‘rganilib u bilan ishlash bo‘yicha korreksion-rivojlantiruvchi individual shart-sharoitni tashkillashtirishdir.
Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan psixologo-pedagogik diagnostikani samarali amalga oshirish uchun “Rivojlanishdagi nuqson” tushunchasiga alohida e’tibor qaratish zarur.
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lganlarni tashxis qilishda rus olimlari (L.S.Vigotskiy, V.I.Lubovskiy, S.D.Zabramnaya) tomonidan ko‘rsatilgan bir qancha tamoyillarga amal qilish muhim.
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lganlarni tashxis qilishning asosiy tamoyillaridan biri bu – kompleks yondashuv bo‘lib unda bolani rivojlanish xususiyatlarini barcha kerakli mutaxassislar tomonidan (vrach, defektolog, psixolog) uning faqatgina bilim olish faoliyatinigina emas, balki xulki, hissiy irodasi, shuningdek ko‘ruv, eshituv, harakat doirasi, nevrologik statusi, somatik holatini har tomonlama tekshirib baholashdir. Bolani tibbiy hamda psixologo- pedagogik tekshirishlar tizimlilik asosida olib boriladi.
Tibbiy tekshiruv vrachlar (pediatr yoki terapevt, nevropatolog, bolalar psixiatri, oftalmolog, otolaringolog, zarur hollarda audiolog) tomonidan o‘tkaziladi. Bolani psixologo-pedagogik o‘rganish pedagog-defektolog va psixolog tomonidan amalga oshiriladi.
TPPKlar (tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya) maxsus (korreksion) muassasalarni komplektlash masalasini hal etishadi, hamda zarur bo‘lganda maslahat-tashxis va korreksion yordam ko‘rsatadi. TPPKga yordam so‘rab alohida ta’lim va tibbiy idoralar ham, ota-ona, pedagog, o‘smirlar o‘zining tashabbusi bilan ham murojaat qilishga xaqlidir. O‘z faoliyatida TPPK defektologiya sohasida ishlab chiqilgan tamoyillarga amal qiladi. Asosiy tamoyillardan biri - bu har bir bolaga o‘z imkoniyatlarini maksimal darajada rivojlantirish uchun o‘z vaqtida kerakli sharoitlarni tashkil etishdan iborat bo‘lgan insonparvarlik tamoyilidir. Bu tamoyil bolani chuqur va diqqat bilan o‘rganish, yo‘lida uchraydigan qiyinchiliklarni bartaraf etishni talab etadi. Agar umuta’lim maktab sharoitida ko‘rsatilgan barcha kerakli va mavjud bo‘lgan choralar ijobiy natijalar bermasa, bolani maxsus muassasaga o‘tkazish masalasi qo‘yiladi va bunga ota-onalarning roziligi kerak bo‘ladi.
Bajarilishi shart bo‘lgan tamoyil – bu bolalarni kompleks o‘rganish tamoyilidir.
Bu tamoyil muhokama paytida barcha mutaxassislar: vrachlar, defektologlar, psixologlar tomonidan tekshirish natijasida olingan ma’lumotlarni e’tiborga olishni shart deb belgilaydi. Agar mutaxassislarning fikri turlicha bo‘lsa, bolani yana bir bor tekshirish belgilanadi. Eng muhim masalalarni hal etishda bolaning manfaatlari birinchi o‘rinda turish zarur. Ta’kidlash joizki, bolani o‘rganishda ko‘rsatilgan tamoyilga amal qilish uning holatini komissiyadan oldin aniqroq bilib olish, rivojlanishidagi nuqsonlar sabablarini aniqlab olish imkonini beradi. Misol uchun, pedagog birinchi bo‘lib kuchayib borayotgan parishonlik, charchashlik, yig‘loqilik alomatlariga e’tiborini qaratadi. Vrach esa o‘z navbatida bu o‘zgarishlarning sabablarini aniqlashga yordam beradi va ularni bartaraf etish uchun kerakli tavsiyalar beradi.

Yüklə 103,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin