Differensial tashxis rivojlanish nuqsonini aniqlaydi, va uning natijalari orqali bolaning imkoniyatlariga xos ta’lim shakllari aniqlanadi. Differensial tashxisning vazifalari quyidagilar:
bola rivojlanishidagi aqliy, nutqiy va hissiy nuqsonlar xarakteri va darajasini aniqlash;
birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarini aniqlash hamda buzilish tizimli taxlil qilish;
harakat - tayanch apparati, ko‘ruv, eshituv kamchiliklarida psixik rivojlanish nuqsonlarining xususiyatlariga baho berish;
pedagogik tashxisni aniqlash va uni asoslash.
Ushbu ma’lumotlarga tayangan holda korreksion-pedagogik jarayonni, ta’lim dasturini, ta’lim muasssasasi turini aniqlash va tashkillashtirish mumkin. Differensial tashxis psixolgik-tibbiy-pedagogik komissiyada amalga oshiriladi. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni bir gurux mutaxassislar kompleks o‘rganib tashxis natijasini kelishgan holda qo‘yadilar. Ish bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda aniq bir tizimda tuziladi. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lganlarni differensial tashxis qilish, hozirgi kunda bir qator muammolarga duch keladi.
Ma’lumki, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning har bir turida psixologik xususiyatlarining o‘xshash jihatlari ham kuzatiladi. Masalan, rivojlanishida nuqsoni bo‘lganlarning deyarli barchasida nutq kamchiliklar yoki ta’lim olishida sustliklar xarakterlidir. Rivojlanish nuqsonini, darajasini aniqlovchi o‘ziga xos xususiyatlar, differensial tashxisning asosi bo‘lib hisoblanadi (V.I.Lubovskiy). Bu hozirgi kunda maxsus psixologiyada anomal rivojlanishlarni taqqoslash xarakteriga ega ilmiy izlanishlarning yetarlicha emasligi bilan bog‘liq. Bunday ilmiy ishlarni olib borish differensial tashxis imkoniyatlarini yanada kengaytirar edi.
Yana bir muammo TPPK amaliy faoliyati bilan bog‘liqdir. Hozirgi kunda tashkiliy xarakterga ega ko‘pgina savollar yechilmagan, hususan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi bir qator metodologik va terminologik muammolarni hal qiluvchi tashxis muassasasini tashkil etish, uni kerakli kadrlar bilan ta’minlash. Metodologik muammolar ichidan bolani differensial tashxis maqsadida psixodiagnostika natijalarini taxili hamda sifatli bajarishlariga imkon beruvchi samarali va ishonchli metodlarni ishlab chiqish muammosini alohida ta’kidlash joiz.
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni chuqur psixologo-pedagogik o‘rganish tashxis natijalariga asoslanib, korreksion dasturni ishlab chiqish maqsadini qo‘yadi. Bunda o‘rganish vaqt talab etadi, u asosan ta’limda, ba’zida esa konsultativ muassasalarda o‘tkaziladi. Bunday o‘rganishning aniq vazifalari turli yosh davrlari uchun ko‘p taraflama va o‘ziga xosdir. Ular ichidan qo‘yidagilarni ajratish mumkin:
Bolaning individual psixologo-pedagogik xususiyatlarini aniqlash;
Oilasidagi ichki munosabatlarni o‘rganish va tarbiya sharoitlarini aniqlash;
Mutaxassislar u yoki bu funksiyadagi kamchilik yoki rivojlanmaganlikda samarali tavsiyalar bermoqdalar, lekin boladagi ijobiy hislatlarni aniqlashdagi, ayniqsa shaxs hususiyatlari ya’ni bolaning tasavvuri, nutqi, ijtimoiy shaxsiy muammosi hal etishga qaratilgan ishlari yetarlicha rivoj topmagan. Ammo, samarali korreksion-pedagogik jarayon faqatgina salbiy omillarga emas, balki birinchi o‘rinda bolani psixologo-pedagogik individual imkoniyatlarini aniqlash ham qaratilgan.
Shunday qilib, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni psixologo-pedagogik tashxis qilishning muhim vazifalari quyidagilardir:
-bola rivojlanishidagi nuqsonlarni erta aniqlash;
-nuqsonning sababi va xarakterini aniqlash;
-bolaning pedagogik yo‘llanmasini aniqlash;
-rivojlanishidagi nuqsonlari bo‘lgan bolalarning individual psixologik xususiyatlarini aniqlash;
-ta’limiy va rivojlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqish.
Psixologik-pedagogik diagnostika psixologik-pedagogik me’yorlar asosida avvalam bor kamchiliklarning simptomatikasini (simptomologik daraja) aniqlashga karatiladi. Masalan, nutqiy buzilishlar tahlilining simptomologik darajasi bolalar nutqi rivojlanmaganligining tashqi belgilari (simptomlari)ni tavsiflash, nutqning yetarli darajada rivojlanmay qolgan komponentlari (to‘liq rivojlanmaganlik, fonetik-fonematik rivojlanmaganlik va x.k.)ni aniqlash imkonini beradiki, bu, o‘z navbatida, bolalarni tegishli guruhlari yoki muayyan turdagi maktabga yo‘llash uchun asos vazifasini o‘taydi. Shunday kilib, nutq buzilishlarining simptomologik darajasini aniqlash avvalam bor guruhlarni shakllantirish bilan bog‘liq amaliy vazifalarni xal etishga yordam beradi va nutq patologiyasi harakterini aniqlash uchun shart-sharoitlarni yaratadi.
Qanday psixologik tekshirish metodi yaratilmasin, u muayyan talablarga rioya qilinishini ko‘zda tutadi. Psixodiagnostik metodikalarning sifatini baholashda eng muhim mezonlar qatoriga validlik va ishonchlilik kiradi.