Mavzu: Bolalarda xalq o‘yinlari orqali jismoniy barkamollikni tarbiyalash. Topshirdi: _______________________ Qabul qildi: _______________________
Mundarija KIRISH……………………………………………………………………… I BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda o’zbek milliy harakatli o’yinlardan foydalanish...........................
I.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda o’zbek milliy
harakatli o’yinlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ................................
I.2Maktabgacha yoshdagi bolalarjismoniy tarbiyasining ijtimoiy-ruhiy asoslari..........
II.BOB.Milliy harakatli o`yinlar va ularning bola tarbiyasida tutgan o`rni… II.1 Bolalar jismoniy tarbiyasida milliy harakatli o’yinlardan foydalanish
zaruriyatlari ............................................
II.2. Jismoniy sifatlarni tarbiyalovchi milliy harkatli o’yinlar tasnifi va ularni
o’rgatish yo`llari ………
II.3 Maktabgacha ta’lim tashkilotida o’yinning mashg’ulotdagi o’rni……………
XULOSA VA TAVSIYALAR…………………………………………….. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………… ILOVALAR ………………………………………………………………. Kirish Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz Sh. Mirziyayev yosh avlod tarbiyasiga
katta ahamiyat berib, Shunday degan edi; “ yosh avlodni tarbiyalash biz uchun eng
asosiy vazifadir” Shundan kelib chiqib, hozirgi vaqtda O’zbekiston pedagogik jamiyati tarbiyaning odatiy bo’lgan shakllari va usullarini izlab topish, o’sib
borayotgan avlodda mustahkam umuminsoniy ishonch va qarashlarini
shakillantirish; shaxsda milliy madaniyat va milliy qadriyatlarni hurmat
qilish,avaylab asrash tuyg’ularini o’stirishga diqqatiniqarratmog’imiz lozim.
O’zbek xalqining ming yillar davomida yaratgan, avloddan-avlodga o’tib
kelayotgan ijod boyliklarini to’plash, o’rganish, bu boy xazinalar asosida yosh avlodni ma’naviy boy, axloqiy pok, jismoniy barkamol qilib tarbiyalash bugungi kunnig dolzarb masalalaridan biridir.Ayniqsa, O’zbekiston mustaqillikga
erishgandan so’ng milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizga bo’lgan e’tibor yanada kuchaydi. Bu hayotning hamma jabhalarida turli darajada o’zini namoyon eta boshladi, jumladan tarbiyaning asosiy qismlaridan biri jismoniy madaniyatda
ham. “Jismoniy tarbiya, - deyiladi O’zbekiston Respublikasinig “Jismoniy tarbiya va
sport to’g’risidagi qonuni”da, - O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va
sport to’g’risidagi qonuni” da, - O’zbekiston Respublikasi xalqlar milliy
madaniyatining ajralmas qismi, jismoniy va madaniy, ma’naviy kamolatining
muhim vositasi” ekanligi ta’kidlanadi Bu esa yosh avlodni sog’lom va barkamol qilib tarbiyalovchi jismoniy madaniyat oldiga katta ma’suliyatli vazifalar qo’yadi. YOsh avlodni jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, ularning jismoniy sifatlarini
rivojlantirishiga qaratilgan jismoniy madaniyatini milliylashtirishiga, bunda
xalqimizning unitilib borayotgan milliy o’yinlarini to’plash, hayotga-maktabga
tadbiq etish, rivojlntirish yo’llari va usullarini qayta ko’rib chiqish zaruriyatini
keltirib chiqaradi. O’zbek xalqining ko’p yillar davomida shakllangan,
avlodlariga meros bo’lib qolgan milliy harakatli o’yinlaridan foydalanish
mustaqillikka erishgan bugungi kunlarimizda juda ham zarur.
O’zbek xalq milliy harakatli o’yinlarini ilmiy jihatdan tadqiq etish, ularni
maktab, bog’cha o’quv dasturlariga kiritish, ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega
bo’lgan turlarini sport darajasiga ko’tarish jismoniy madaniyat fani oldidagi eng
dolzarb muammolardan biriga aylanganligini ko’rsatadi.Shu nuqtai nazardan
qaraganda biz tanlagan mavzuning dolzarbligi va muhimligi yaqqol namoyon
bo’ladi.Maktabda jismoniy tarbiya darslarida xalq milliy harakatli o’yinlarini
o’tkazish usullarini to’liq egallamagan o’qituvchilar hozircha ko’pchilikni tashkil
etadi. Buning ustiga ijtimoiy voqe’lik, pedagogik amaliyot va nazariyot keng
omma o’rtasida tug’ilib, rivojlangan xalq pedagogikasining eng yaxshi
yutuqlaridan samarali qo’llash, xalq pedagogikasi g’oyalari asosida fikr yuritish
o’quv tvrbiyaviy ishning muvaffaqiyatini ta’minlovchi hal qiluvchi omillardan
ekanligiga guvoh beradi. Shu bois tadqiqot natijalaridan amaliyotda keng
foydalanish mumkin.Ishning nazariy ahamiyati Shundaki, unda asosiy va muhim
o’rinni tajriba-tadqiqot ishlari, tahlillar tashkil etadi, maktabda jismoniy tarbiya
darslarida o’zbek xalq milliy harakatli o’yinlari vositasida yoshli bolalarda
pedagogik ta’sirning to’liq, aniq maqsad asosidagi yo’nalishi yaratiladi.
. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida milliy harakatli o‘yinlar orqali bolalarni mashq qildirish quyidagi ijobiy aqliy sifatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Odob-axloq, topqirlik, ong osti rivoji, xotira, diqqatning rivojlanishi kabi xislatlarni sayqal toptirishda va albatta sog‘liqni mustahkamlashda samarali vosita bo‘lib kelmoqda. Xalq o‘yinlari bolaga barcha sohalarda ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin:masalan jismoni, intellektual hissiy va kommunikativ. Xalq o‘yinlari bolalar salomatligiga foyda keltiradi, yurak qon tomir , nafas olish tizimini yaxshilaydi mushaklarini va suyaklarini mustahkamlaydi. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib, shuni ta’kidlash mumkinki, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning yetuk shaxs sifatida rivojlanishi, hayotiy bilim va ko‘nikmalarining shakllanishida xalq o‘yinlar alohida o‘rin egallaydi. Insoniyatning har tomonlama rivojlanishining umumiy tizimida bola tarbiyasi muhim o‘rin tutadi. Maktabgacha yoshdan boshlab salomatlik, jismoniy rivojlanish asoslari qo‘yiladi,vosita ko‘nikmalari shakllanadi, jismoniy fazilatlarni tarbiyalash uchun poydevor yaratiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ketma-ket rivojlanib, jismoniy tarbiya bilan katta zavq bilan shug‘ullanadilar. Ular, ayniqsa, xalq o‘yinlariga qiziqishi katta. Xalq an’analari tadqiqotchisi V. M. Grigoryevning so‘zlariga ko‘ra, “Xalq o‘yinlarining alohida ahamiyati shundaki, unda bola o‘z-o‘zini tarbiyalash qobiliyatini namoyish etadi. U ataylab qabul qilingan rol qoidasi talab qiladigan tarzda harakat qiladi. Bundan tashqari, o‘yinda o‘zini tutish qoidalariga rioya qilgan holda, bola xohlagan narsasidan voz kechishi, o‘zini tutishi, xohlaganicha harakat qilmasligi mumkin”degan edi.
Kurs ishining maqsadi Maktabgacha ta’lim milliy xalq o‘yinlari va milliy urf odatlarimizni o‘zida mujassamlangan O‘zbek xalq o‘yinlari, ularning jamiyatdagi va yosh avlodni tarbiyalashda tutgan ahamiyati haqida so‘z boradi. Xalq o‘yinlari orqali bolalarda jismoniy barkamolikni tarbilash va maktabgacha ta’lim tarbiyada zamonaviy jismoniy tarbiyani madaniyatini shakllantirishda ulkan ahamiyatga egadir. Hozirgi zamon pedagogika fanining asosiy
vazifalaridan biri xalq xazinalarini insonparvar pedagogik tarbiya tizimida qo’llash
va ulardan mohirona foydalanish, bu bebaho, xalqchil, ma’naviy boyliklarni
o’qituvchilarning har kungi ta’lim-tarbiyaviy ishlariga aylantirishdan iborat.
Shunga ko’ra o’sib borayotgan avlodning tarbiya tizimida xalq pedagogikasi
tajribalari yoshlarning xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita, asosiy kuch deb
hisoblanadi.Shundan kelib chiqib, tadqiqotning maqsadini maktabda jismoniy
tarbiya darslarida xalq milliy harakatli o’yinlaridan foydalanish orqali 5-6 yoshli
maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy sifatlarini oshirish yo’llarini aniqlash,
rivojlantirish, milliy o’yinlarning rolini oshirishning samaradorligini aniqlashdan
iborat.