Urganch ranch texnologiya universiteti



Yüklə 56,81 Kb.
səhifə1/2
tarix12.10.2023
ölçüsü56,81 Kb.
#154735
  1   2
25mavzu

URGANCH RANCH TEXNOLOGIYA UNIVERSITETI

Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi yo’nalishi



__ kurs ____-guruh talabasi

__________________________________________________ning

“Psixologiya nazariyasi va tarixi ” fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Ta’lim jarayoniga ijobiy qiziqishlarni hosil qilish ta’lim samaradorligi omili sifatida


Topshirdi: _______________________
Qabul qildi: _______________________


Reja:



  1. Ta’lim jarayoniga ijobiy qiziqishlarni hosil qilish

  2. Talim jarayoniga innavatsion yondashuv

  3. Ta’lim sifatini oshirishda pedagogik vositalarning ahamiyati

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati


O’zbekistonda talim-tarbiya sohasini isloh qilish maqsadida «Talim-tarbiya to’g’risida»gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning amaldagi holati muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz I.A. Karimov bu muammo ilmiy - nazariy va amaliy nuqtai nazardan asoslab, o’quv-tarbiya jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, boshqarish, maqsadga erishish samaradorlikni oshirishning muhim omili deb hisobladi. Respublikamizda olib borilayotgan talim-tarbiya islohotlari, mutaxassis kadrlar salohiyotini oshirishga qaratilgan bo’lib, oliy o’quv yurtlarida pedagoglarning metodik mahoratini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchilarimiz bu vaziyatdan chiqishda ularni o’z faoliyatiga tanqidiy yondashib, psixologik jixatdan qayta ko’rib chiqib, ularni yangi sharoitda bolalarga samimiy munosabatda bo’lish, ularni rivojlantirishda shaxsiy yondashuv, hamkorlik, hamijodkorlik, individuallashish asosida, ularni talim - tarbiya jarayoniga motivatsiya hosil qilish orqali talim jarayonida faol ishtirokini taminlashga barcha kuchlarini va etiborlarini qaratishni talab etadi. Agar o’qituvchi o’zining faoliyatni kuzatib borsa, tahlil qilsa, o’ziga baho bera olsa, o’z faoliyatiga tuzatishlar, yangiliklar kirita olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shu sababli ham respublikamizda interfaol metodlarni o’quv jarayoniga qo’llash keng joriy etilmog’i kerak. Bu o’z navbatida o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, demokratiyalashtirish, liberilizatsiyalashni tashkil etishni taqozo etmoqda. Qisqa qilib aytganda, o’quv jarayoni markazida o’quvchi shaxsi, uning extiyoji bo’lmog’i lozim. O’quv jarayoni uning hoxish, istagiga qaratilgan, yo’naltirilgan bo’lmog’i talab etiladi. SHaxsga qaratilgan talim o’quvchini o’quv – biluv faoliyatini tashkil etishning harakatlantiruvchi, qiziqish, extiyojini, hoxish, istaklarini ro’yobga chiqaruvchi kuch bo’lib xizmat qiladi. Innovatsiya: Yangilanish, o’zgarish; Biror – bir yangilikni kiritish; Yangilikni o’zlashtirish jarayoni. Innovatsiya – (inglizcha Innovation – yangilik kiritish) – tizim ichki tuzilishini o’zgartirish, amaliyot va nazariyaning muhim qismi. Innovatsion jarayonning mazmuniy tomonini o’z ichiga oladi (ilmiy g’oyalar va ularning texnologiyalarini amaliyotga kiritish). Demak, 30 faqatgina innovatsion jarayonlarni pedagogik tizimga bog’lash yoki kiritish orqaligina talimda yuqori darajalarga erishish mumkin. Bunda yangiliklarni sekinlik bilan, bosqichma – bosqich kiritish, uni qanchalik foyda keltirishini atroflicha o’ylab, o’lchab amalga kiritish maqsadga muvofiqdir. Innovatsiyalarni pala – partish, tartibsiz, oldindan natija olishni mo’ljallamay amalga oshirish zarar keltirishi ham mumkin. Zero, innovatsiya chuqurroq bilim olish, o’rganish, o’zlashtirish, keng hajmdagi bilimlarni olishga qaratilmog’i yaxshi natijalar berishi mumkin. Bular doimiy pedagogik muammo bo’lib kelayotgan: o’quv – tarbiyaviy faoliyat motivatsiyasini oshirish, dars jarayonlarida o’quv materialni hajmini oshirish, o’quv jarayonini jadallashtirish, vaqtni tejash, ko’proq ilg’or metodlardan foydalanish, o’quv – tarbiyaviy ishlarda interfaol usullardan foydalanish, ilg’or texnologiyalarni qo’llash, axborot – kommunikatsion texnologiyalarni joriy qilishdan iborat. YUqori natijalar beradigan yangi g’oyalar, yangi nazariy bilimlar beruvchi, insonni rivojlanishiga olib keluvchi, tom ma`nodagi innovatsiyalarni yaratish, izlash, joriy etish talab etiladi. Ko’plab umumiy va xususiy loyihalarni tahlil etib, pedagogik nazariya va amaliyotga tadbiq etilish xususiyat va holatlarini o’rganish asosida umum pedagogik innovatsiyalarni shunday ko’rinishda bo’lishini belgilash mumkin: Juda yangi bo’lmasada, doimiy faol bo’lgan, o’zining g’oyasi – ahamiyati jixatdan eskirmagan, o’quv – tarbiya jarayoni texnologiyalarini, o’quv jarayonini optimallashtirish nazariyasi va amaliyotini; Gumannistik pedagogika va uning nazariy va amaliy jihatlari texnologiyalarini; Pedagogik tizim jarayonidagi boshqaruvlarni yangi g’oya, yondashuvlar asosida tashkil etilishi; Yangi g’oyalarga asoslangan texnologiyalar, axborot vositalari va ommaviy kommunikatsiyalarga suyanish kabilar kiradi. Innovatsiyani (yangiliklarni) bosh va asosiy yo’nalishlari qilib pedagogik sistemadagi: Pedagogik sistemaning bir butunligiga; O’quv muassasalari; Pedagogik nazariya; O’qituvchi; Ta`lim oluvchilar; Pedagogik texnologiya; Mazmun; SHakl, metod, vosita; Boshqaruv; Maqsad va natijalarni ko’rsatib o’tish mumkin. CHuqur o’zgarishlarni amalga oshirish orqali pedagogik tizimga tasir etish asosida innovatsiyani amaliyotga joriy qilish mumkin. Rus olimi YU.K.Bobanskiyning keyingi 10 yilliklar orasida fanda yangi va muhim yo’nalish bo’lib, innovatsion jarayon va novatsiyalar nazariyasi paydo bo’ldi, deydi. Bu nazariya o’qituvchining bevosita mehnat faoliyatiga bog’liqdir. O’quv – tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishning yana bir yo’li o’quv jarayonini insonparvarlashtirishdir. Darsni insonparvarlashtirish: Hamkorlik; O’quvchiga g’amxo’rlik; 31 O’quvchini hurmat qilish; Ezozlash; Kechirimli bo’lish; O’z – o’zini rivojlantirishga muhit yaratish; Psixologik sog’lom muhit yaratish; Ijodiy muhit; Do’stona munosabatda ish yuritish; O’quvchini extiyoji, qiziqishi, shaxsiy fazilati, iqtidorini, ichki imkoniyatlarini ishga solish. Umuman o’quv jarayonida pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish, demokratlashtirish, liberizatsiya etishni.O’zining shaxsiy – kasbiy sifatlari va fazilatlarini tahlil qilishi, bu boradagi kamchiliklarni aniqlashi va ularga barham berish yo’llarini izlashi; Pedagogik jarayonda do’stona, samimiy muhit, hamkorlik, hamijodkorlik va g’amxo’rlik vaziyatda ish faoliyatini olib borish; O’quvchi, talaba shaxsini xurmat qilish va ezozlash yo’llarni egallashi, o’qitish jarayonida ijodiy va qulay ijtimoiy – psixologik muhitni yaratish ko’nikma va malakalarini egallagan bo’lishi; O’quvchilarni rag’batlantirish va uni yangi metodlarini qo’llash ko’nikmalarini; O’zining pedagogik va o’quvchilarning bilish faoliyatidagi kamchiliklarga barham berishning samarali usullarini egallagan bo’lishi kerak. Albatta, yuqoridagi ishlarni amalga oshirish talim sifati va samarodorligi oshirishni kafolatlaydi. Buning uchun o’qituvchilarning bilimlarini va pedagogik mahoratlarini takomillashtirib borishlari doimiy, uzluksiz holda olib borilishi talab etiladi. Innovatsion faoliyatda ish yuritish uchun yuksak madaniy – insonparvarlik asosida talimga yondashishi talab etiladi. Insonparvarlik pedagogikasi shaxs va uni rivojlanishiga qaratilgandir. Uning belgilari: malumotlarni egallab olish va malum doiradagi mahorat va ko’nikmalar hosil qilish uchun texnik, jismoniy, aqliy rivojlanishiga diqqatni qaratilishidir. Mustaqil fikrlovchi va harakat qiluvchi shaxsni shakllantirishga qaratilgan kuchlarni to’plash, har qanday hayotiy va o’quv vaziyatlarda asoslangan qarorlarni tanlay olib, qaror qabul qila olishdir. O’quv jarayonini qayta qurish va yo’naltirishga zaruriy tashkiliy sharoitlarni yaratish. O’quv jarayonini insonparvarlashtirish yondashuvi asosida haqiqiy insoniy munosabatlarni o’rnatish orqali avtoritar pedagogikadan voz kechib borish demakdir. SHaxsga shunday muhit, sharoit yaratish kerakki, u yuqori sifatli bilim, ko’nikma, malaka olsin va manaviy – marifiy, tarbiyaviy ishlarga befarq qolmasligi kerak. Insonparvar pedagogika maktabni o’quvchiga moslashuvi, qulay sharoit, ijodiy muhit yaratib, “psixologik himoya” bilan taminlashni talab etadi. Insonparvarlik maktabi amaliyotini innovatsion faoliyatning aniq uslublarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Ular: O’quv – tarbiya jarayonini differentsiyalash; O’quv – tarbiya jarayonlarini har bir shaxs xislat – qobiliyatlariga qarab muvofiqlashtirish; Har bir tarbiyalanuvchini uning qiziqishini rivojlantirish uchun kerakli sharoitlarni yaratib berish; Gotogen sinf, sinflar va shunga o’xshashlarni tashkil etish; O’quv – tarbiya faoliyatni qulayligi; Psixologik xavfsizlik, o’quvchilarni himoyalash; 32 O’quvchilarning kuchiga va imkoniyatlarga ishonish; O’quvchini qanday bo’lsa, shunday qabul qilish; Talim – tarbiya muvaffaqiyatini taminlash; Maktab yo’nalishini maqsadga qarab o’zgartirish; Insonparvarlik ta`limini kuchaytirish. Innovatsion, interfaol talim o’qituvchi va o’quvchiga doimiy ijodiy izlanish, uzluksiz o’z shaxsini rivojlantirish, takomillashtirish imkonini beradi. Yuqorida aytganimizdek, o’quvchi shaxsiga, uning qiziqish, hoxish, istagiga, extiyojiga qaratilmog’i kerak. Yani talimni individuallashtirishga qaratilmog’i talab etiladi. Endi talimni individuallashtirish deganda nimani tushunish kerak? degan savolga javob beraylik. Demak, talim – tarbiya sifati va samaradorligi o’quvchining talim mazmunini o’zlashtirishga yo’naltirilgan mustaqil mutoala bilan samarali shug’ullanishi, mustaqil fikr yuritishi va tafakkur faoliyati bilan bog’liq. Interfaol metodlarda dars jarayonini olib borishda o’quvchilarda quyidagi xususiyatlarning rivojlanishini ko’rsatish mumkin: O’quvchi o’qitilibgina qolmay, mustaqil o’qish, o’rganish, ishlashga, o’zlashtirishga o’rgatiladi.O’quvchilarni mustaqil ravishda tahlil qilish orqali o’zlashtirishga, ijodiy mulohaza yuritishga, shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga o’rgatiladi. Bizga yot fikrlarga qarshi fikr yurita olish, o’z nuqtai nazarini himoya eta olish ko’nikmalari shakllantiriladi.O’quvchiga bilimlar tayyor holda berilmasdan, bilimlarni darsliklardan, axborot – resurs markazlaridan, internetdan, turli boshqa manbalardan izlash, topish, qayta ishlash orqali ijodiy mushohada yuritish imkoniyati yaratiladi. O’quvchining darsliklar bilan ishlash, o’qish, o’rganish, konspekt yozish, qo’shimcha adabiyotlar va manbalardan foydalanib, mustaqil o’zlashtirish ko’nikmalarini egallashga o’rgatiladi. Sinfdagi barcha o’quvchilarni o’z qobiliyatlari darajasida o’zlashtirishlari kafolatlanadi. O’quvchining o’zlashtirganligini, olgan bilimlarini kundalik hayotda, amaliy faoliyatda foydalana olish ko’nikma va malakalari bilan belgilanadi. O’qituvchi - o’quvchilar interfaol metodlar asosida ishlashni o’rganib, uni o’z o’quv - biluv faoliyatlariga olib kira olsalar, barcha o’quvchilar deyarli bir xil natijalarga erishadilar. Interfaol metodda dars jarayoni tashkil etilganda: O’quvchilarning o’zaro faolligi oshadi, hamkorlik, hamijodkorlikda ishlash ko’nikmalari shakllanadi. O’quv reja, dastur, talim mazmuni, darslik, standart, meyor, qo’llanmalar bilan ishlash malakalari shakllanadi. Talim mazmunini, matnini mustaqil mutoala qilish, ishlash, o’zlashtirish kundalik shaxsiy ishlariga aylanadi. O’quvchi erkin fikr bildirish, o’z fikrini himoya qilish, isbotlay olish, tasdiqlay olishga odatlanadi. Eng muhimi o’quv jarayonida didaktiv motivlar vujudga keladi. YAni o’quvchining extiyoji, hoxish, istagi qondiriladi, dars qiziqarli kechayotganligi sababli, vaqt o’tayotganini bilmay qoladi. O’quv – biluv jarayonida o’quvchining shaxsiy manfaatdorligi oshadi. Bu holat o’quvchini o’quv maqsadlariga intilishi va erishishida yuqori bosqichga ko’taradi. Darslarni interfaol metodlarda tashkil etishning afzalliklari. 33 O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib keladi. O’z vaqtida o’quvchi – o’qituvchi – o’quvchilar orasida talimiy aloqalar o’rnatiladi. O’qitish usullari talim jarayonida turli xil ko’rinishlarda kechadi (yakka, juft, guruh, katta guruh). O’quv jarayoni o’qish extiyojini qondirish bilan yuqori motivatsiyaga ega bo’ladi. O’zaro axborot berish, olish, qayta ishlash orqali o’quv materiali yaxshi esda qoladi. O’quv jarayonida o’quvchining o’zi o’ziga baho berishi, tanqidiy qarashi rivojlanadi. O’quvchi uchun dars qiziqarli o’qitilayotgan predmet mazmuniga aylanadi. O’qish jarayoniga ijodiy yondashuv, ijobiy fikr namoyon bo’ladi. Har bir o’quvchining o’zi mustaqil fikr yurita olishiga, izlanishga, mushohada qilishga olib keladi. Interfaol usulda o’tilgan darslarda o’quvchi faqat talim mazmunini o’zlashtiribgina qolmay, balki o’zining tanqidiy va mantiqiy fikrlarini ham rivojlantiradi.
Ta’lim-ta’lim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxassislar yordamida bilim berish hamda ulardagi ko’nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni bo’lib, kishining shaxs sifatida hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi hisoblanadi.Shuningdek, ta’lim inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biridir.Ta’lim individual psixik rivojlanishni va bilimlarni o’zlashtirishni tezlashtiradi.Ta’lim jarayonida yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to’plangan bilimlar beriladi.O’qituvchi ta’lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, bu jarayonda u ta’lim oluvchiga ijobiy ta’sir o’tkazadi, bu esa bilim olishni yanada faollashtiradi.Natijada ta’lim oluvchi ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi.Qolaversa, zaruriy ko’nikma, malakalar va e’tiqodlar shakllantiriladi.Ta’lim o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati hisoblanib, u ikki tomonlama xarakterga ega.O’qituvchi aniq maqsadni ko’zlab, reja va dastur asosida bilim, ko’nikma va malakalarni singdiradi.O’quvchi esa uni faol o’zlashtirib oladi.Ta’lim jarayonini amalga oshirishning samarali yo’llari ta’lim beruvchilar va ta’lim oluvchilar o’rtasidagi uzviy bog’liqlik asosida qo’lga kiritiladi.O’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi ilmiy hamkorlik ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ta’lim jarayonining samaradorligi ko’plab omillarga bog’liq bo’lib, ular orasida o’qitishning usul va metodlari muhim o’rin egallaydi.Usul va metod tushunchalari o’zaro yaqin tushunchalardir, chunki ularning har biri usul sifatida ham,metod sifatida ham namoyon bo’ladi.Ta’lim jarayoning sifati va muvaffaqiyati qo’llanilayotgan metodlar samaradorligi bilan uzviy bog’liq.Ta’lim metodi ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatidir.Ta’lim metodlari-o’qitishning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o’quv materialini nazariy va amaliy yo’naltirish yo’llarini anglatadi.Ta’lim metodi ta’limning maqsadi va vazifalari bilan bog’liqlikda amalga oshadi.Ta’limning vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat.Ta’limning maqsadi esa mustaqil jamiyatimizning ravnaqiga nazariy va amaliy jihatdan hissa qo’sha oladigan barkamol avlodni tarbiyalashda namoyon bo’ladi.Pedagogika amaliyotida o’qitish usullari va metodlarining katta boyligi to’plangan.Ularni tanlashda turli sharoitlar, o’qitilayotgan fanning xarakteri, bolalarning yosh xususiyatlari, oldingi tayyorgarlik darajasi kabi ko’plab xususiyatlar hisobga olinadi.Metodlar va usullarni tanlash o’qituvchi darsda hal qilishi kerak bo’lgan masalaga bog’liq bo’ladi.Darsning turli bosqichlarida puxta o’ylash hamda samarali usullar va metodlarni tanlab olish ta’lim sifati uchun muhim ahamiyatga ega.O’qituvchining vazifasi samarali usul va metodlardan foydalanib, o’quvchilarda ijobiy sifatlarni tarkib topdirish hamda ularga qiyinchiliklar kelganda yengishni o’rgatishdan iborat.Metodlar o’qitishning mantiqiy tomonlariga va vazifalariga asoslanib tasniflanadi.Shuningdek, metodlar pedagogik komponentlarga, ya’ni omillarga ham asoslanib tasnif etiladi.Pedagogikada o’qitish metodlarini tasniflashda yagona yondashuv mavjud emas.Hozirgi vaqtda didaktikada o’qitish metodlarini bilim manbayi bo’yicha (S.O.Lordkipanidze, Y.Y.Golant), bilish faoliyatining saviyasi bo’yicha (I.Y.Lerner, M.N.Skatkin, I.M.Maxmudov) va didaktik maqsadlar bo’yicha (B.P.Yesip) bo’yicha farqlash keng tarqalgan. Barchamizga ma’lumki, o’quvchilar sonining ko’pligi ta’lim jarayonining sifat ko’rsatkichlari pasayishiga olib keladi.Ta’limning sifat ko’rsatkichini oshirishda programmalashtirilgan ta’lim yordam beradi.Programmalashtirilgan ta’limning individuallashtirilgan ta’lim shakli alohida ahamiyat kasb etadi.Programmalashtirilgan ta’lim va tarbiyaning asosiy vazifasi ta’lim va tarbiya jarayonini boshqariladigan jarayonga aylantirishdan iborat.Ta’limdagi ana shu istiqbolli va ilg’or yo’nalish faqat bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga emas, balki bu ishning individual uslubini shakllantirishga qaratilsagina chinakam optimallashtiruvchi yo’nalishga aylanadi.Boshqacha hollarda o’zlashtirish jarayonini programmalashtirishni individuallashtirish o’quvchilar 1 ta topshiriqni o’z qobiliyatlariga qarab, turli usullar bilan bajarishidan iboratdir.Ta’limda individual uslubni shakllantirishning zarur sharti voqelikka faol munosabat va ijobiy motivlardir.Individual uslubni shakllantirishda faqat ta’limiy topshiriqlarning mazmuni va ishni tashkil etish emas, balki faoliyatni motivlashtirishni ham individullashtirish lozim.Ta’limni individuallashtirish bo’sh o’quvchi uchun o’z kuchiga ishonchni saqlash imkoniyatini beradi.Kuchli o’quvchini esa aqliy yalqovlik qilishiga yo’l qo’ymaydi.Aynan shu kabi xususiyatlari bilan ta’limning sifatiga va uning samaradorligiga ulkan hissa qo’shadi. I.I.Tixonov va I.A.Danilovlar individual ta’limning sxemasini ishlab chiqishga harakat qilganlar. A.N.Mantyev va P.Y.Galperinlar ta’limning samaradorligi masalalarini, Y.N.Samarin va boshqa olimlar esa assotsiativ aloqalar nazariyasini ishlab chiqishga kirishganlar. Pedagogik ta’lim mazmun va mohiyatini baholash hamda uning samaradorligini oshirishda ta’lim jarayoniga tegishli bo’lgan har bir komponent, ya’ni omil beqiyos ahamiyatga ega..Ta’lim sifatini belgilovchi komponentlar quyidagilardan iborat: - ta’lim beruvchilar ; Международный научный журнал №9 (100), часть2 «Научный импульс» апреля, 2023 1079 - DTS(Davlat ta’lim standartlari),o’quv reja va o’quv dasturlar; - darslik,o’quv qo’llanma va shu kabilar; - o’qitish vositalari; - fanlar bo’yicha nazariy materiallar; - fanlar bo’yicha amaliy materiallar; - fanlar bo’yicha didaktik materiallar; - labaratoriya va ustaxona jihozlari; - amaliyotlar; - axborot-kommunikatsion texnologiya vositalari va boshqalar. Ta’lim jarayonining sifati va samaradorliligi ko’p jihatdan ularni tashkil etuvchilarning o’zaro aloqa yuritishiga ham uzviy bog’liqdir. Xulosa qilib aytganda, ta’lim millatning va davlatning ustunidir.Bunga isbot sifatida Janubiy Afrikadagi Stellenbosh universitetiga kirish eshigi oldidagi quyidagi jumlalarni misol keltirishim mumkin: “Har qanday davlatni yo’q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq masofaga uchuvchi raketalardan foydalanish shart emas, faqat ta’lim sifatini pasaytirish va talabalarga imtihonlarda ko’chirish imkonini berish kerak. Bemorlar ana shunday shifokorlar qo’lida o’lishadi. Binolar ana shunday muhandislar qo’li bilan vayron bo’ladi. Bunday iqtisodchi va hisobchilar qo’lidan pul yo’qoladi. Bunday advokatlar va sudyalar qo’lida adolat yo’qoladi. Ta’limning qulashi-millatning yemirilishidir”. O’zbekistonda 2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilingan. Bu esa mamlakatimiz miqyosida ko’plab sohalar qatorida ta’lim sohasiga qaratilayotgan islohotlarning eng yorqin namunasi, desam adashmagan bo’laman.
Shunday qilib, pedagogik tizim ta'lim muassasasining maqsadi, vazifasi, ta'lim muassasasi tomonidan taniangan model, strategiyalari orqali tavsiflanadi. Pedago ik tizim belgilangan maqsad yo'nalishida, uzluksiz ta'lim tizimi subyektlari faoliyatini muvofiqlashtirish, funksional vazifalarini amalga oshirish va boshqarishda tashqi muhit bilan o'zaro ta'sir ko'rsatuvchi, alohida xususiyatlarga ega bo'lgan o'zaro bog'liq qismlarning yaxlit holda vujudga kelishidir. Demak, uzluksiz ta'lim tizimidagi pedagogik jarayonlami o'zaro bog'liqligi va aloqadorligini inobatga olgan holda yaxlit pedagogik tizim deb hisoblasak, ularni tashkil etish va boshqarish ham tizimli xususiyatga ega bo'lishi kerak. Pedagogik tizimning o'ziga xos xususiyatlarini tahlil qilishga tizimli yondashuvning mazmun va mohiyatini quyidagi tamoyillar asosida ko'rsatishimiz mumkin: - uzluksiz ta'lim tizimida tashkil etiladigan va boshqariladigan pedagogik jarayon ishtirokchilari mazkur jarayon subyektlari sifatida faoliyat ko'rsatishi, ya'ni pedagogik jarayonlarda subyekt-subyekt munosabatlarining qaror topishi; - uzluksiz ta'lim tizimida tashkil etiladigan va boshqariladigan pedagogik jarayon subyektlari faoliyatining maqsadga yo'naltirilganligi, izchilligi va o'zaro bog'liqligi; - majmuaviylilik - pedagogik jarayonlar o'zaro bog'liq va aloqador bo'lgan komponentlar majmui ekanligi; - integrativlik - harakatlanish va rivojlanishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi omillaming o'zaro birligi; - o'zaro bog'liqlik - uzluksiz ta'lim tizimida tashkil etiladigan va boshqariladigan pedagogik jarayonlar alohida bir tizim sifatida va yuqori tartibli yaxlit pedagogik tizimning tashkil etuvchi komponenti sifatida mavjudligi; - kommunikativlik - pedagogik tizimning tashqi muhit va boshqa tizimlar bilan o'zaro ta'sir etish xususiyatlariga ega ekanligi. Pedagogik jarayonlar samaradorligini o'rganishda alohida xususiyatlarga ega bo'lgan bir necha qismlarga ajratib, ular o'rtasidagi aloqalar hamda o'zaro bog'liqlik xususiyatlari aniqlanadi, chunki har bir qism yaxlit tizimning o'zgarishiga o'z hissasini qo'shadi. Faoliyat - bu insonning belgilangan maqsad yo'nalishida boshqarilib turadigan ichki va tashqi faolligi bo'lib, mazkur faollik orqali tabiatga va boshqa insonlarga ta'sir ko'rsatiladi. Faoliyat - falsafa fanida faoliyat tushunchasi butun olamga nisbatan bo'lgan o'ziga xos insoniy munosabatlar usuli sifatida qaralsa, ijtimoiy nazariyada faoliyat ijtimoiy voqelikning mavjudligi va rivojlanishi, ijtimoiy faollikm vujudga kelishi deb ta'riflanadi. Psixologiya va pedagogika fanlari yo'nalishidagi tadqiqotlarda faoliyat tushunchasi alohida ob'yektivlashtirilgan moddiy va ma'naviy mahsulotlarni ishlab chiqish va vujudga keltirishga yo'naltinlgan faollik, ya'ni sub'yektning faolligi sifatida tadqiq qilinadi. Faollik - bu insonlarda "o'z kuchi bilan javob qilish" qobiliyatini bildiradi. Insonlanii muayyan tarzda va muayyan yo'nalishda harakat qilishga undaydigan ehtiyojlar uning faolligi manbai hisoblanadi. Funksional boshqaruv deyilganda kadrlar sohasidagi ishlar bilan bog'liq bo'lgan barcha vazifalar va qarorlar, masalan, kadrlar tanlash, ulardan foydalanish, malakasmi oshirish, ulaming mehnatiga haq to'lash, rag batlantirish va mukofotlash, lavozimlarga tayinlash, ishdan bo shatis va h.k. tushuniladi. ,. ,. Funksiya - bu lotincha so'z bo'lib, biror kunsa yob narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan bildiradi. Rahbar o'zining ishlab chiqansh va 103 vazifalarini bajarishi professional funksiyalarini belgilaydi va bunda rahbar professional-mutaxassis sifatida doimo insonlar bilan munosabatda bo'ladi. Xodimlami motivlashtirish (undash) - bu usul xodimlaming boshqaruv jarayonida keng miqyosda ishtirok etishiga asoslangan bo'lib, bu usulni qo'llash orqah sog'lom ijtimoiy-ruhiy muhit yaratiladi. Bunda ijtimoiy-psixologik usullar mehnat faolligini oshirishga qaratilgan bo'lib, u xodimlarga, ya'ni ulaming ma'naviy va ijtimoiy xulqiga ta'sir etish orqali amalga oshiriladi. Tashkihy muhitning sifati uning holatining madaniy namunalar bilan mos kelishini hamda boshqaruvning tezkorlik va imkoniyat darajasini belgilaydi. Ya'ni, vujudga kelayotgan vaziyatlami tashkiliy muhitning asosiy tashkil etuvchi elementlari bilan muvofiqlashtirish boshqaruv madaniyatining asosiy ko'rsatkichi sifatida xizmat qiladi. Shaxslararo ixtiloflar. Ta'lim muassasasida shaxslararo munosabatlar jiddiy va nozik bo'lib, bunda rahbarlar o'rtasidagi munosabatlar, rahbar-xodim, rahbaro'qituvchi, rahbar-o'quvchi, rahbar-ota-ona, xodim-xodim, o'qituvchi-xodim, o'qituvchi-o'quvchi, o'qituvchi-ota-ona, o'quvchi-o'quvchi, o'quvchi-ota-ona hamda pedagoglararo munosabatlami o'z ichiga oladi. Ta'lim muassasasidagi shaxslararo munosabatlami ham nozik, ham murakkab deyishimizga asosiy sabab, yosh avlodni tarbiyalashda bu munosabatlar muhim ahamiyat kasb etadi, hattoki ota-onalaming o'z farzandlari bilan bo'lgan munosabatlari ham pedagogik jarayoniga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Shaxslararo ixtiloflar, asosan, insonlaming bir-birini tushunmasligi, manfaatlaming nomuvofiqhgi, bir-birini ko'rolmasligi yoki arzimas sabablarga ko'ra o'zaro arazlab yurishi tufayh kelib chiqishi mumkin


Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishimiz joizki, bunday sharoitda o’qituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobiliyatiga, muammolar bo’yicha chuqur mushohoda yuritishga, muammolarni o’z vaqtida echa oladigan qobiliyatga ega bo’lishi kerak. Interfaol metodlarda darsni tashkil etishda o’quvchi shaxsini rivojlantirish o’zi – o’ziga zamin yaratishdan boshlanishi kerak. YAni o’quvchining: O’zi mustaqil mutoala qilishi, o’qishi asosida bilim olishi; O’zini – o’zi anglab etishga, anglab tarbiya topishga; O’z kuchi va imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga; O’quv mehnatiga masuliyat xissi bilan qarashga; O’z faoliyatini mustaqil tashkil eta olishi, har bir daqiqani g’animat bilishga; O’quv mehnatiga o’zida hoxish, istak uyg’ota olishga; Har qanday vaziyatda faollik ko’rsata olishga; Ayniqsa, hozirgi tezkor axborot manbalaridan unumli foydalana olishni asosiy va bosh maqsad qilib olishga o’rganmog’i zarur. Noananaviy o’qitish usullaridan foydalanishdan maqsad nima uning afzalliklari darsning samaradorligini oshirish tamoyillari nimadan iborat degan savolga quyidagicha xosilalar asosida javob berish mumkin. Noananaviy o’qitish eng sodda qulay usul. Mustaqil fikrlashni o’rgatadi. Ko’p tarmokli. Sodda va oson. Bilim boyligini oshiradi. Vaqtdan yutadi. Qiziqarli o’tadi. Darsning samaradorligini oshiradi. Dunyoqarashni kengaytiradi. Tafakkurni rivojlantiradi. 34 O’quvchilarining diqqat etiborini tortadi. Har bir o’quvchi bilan individual munosabatda bo’ladi. Xotirani kuchaytiradi. Izlanishga chorlaydi. O’quvchilarni o’z ustida ishlashga chorlaydi. O’qitishdan ko’zlanadigan maqsad bu davlat talim standartlarida belgilangan bilim va ko’nikmalarini o’quvchiga etkazishdan iborat. Qachonki o’quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib etilsa yoki o’quvchi malaka oshirish uchun mo’ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina o’qitish muvaffaqiyatli kechdi deb hisoblasa bo’ladi. Boshlang’ich talim darslarini o’qitishning interfaol usullari asosida tashkil etish-ularda tashkil etiladigan talim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek, boshlang’ich talim o’quvchilariga bilim berish va ularni tarbiyalashda samaradorlikga erishishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, bunda bir qator pedagogik vazifalar hal etilishi lozim. Ular quyidagilardan iboratdir, boshlang’ich talim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasida muayyan shart-sharoitlarni yaratish; boshlang’ich talim darslari pedagog xodimlari o’rtasida interfetodlar mohiyatini ochib berishga qaratilgan maxsus o’quv seminarlarini tashkil etish; ular tomonidan pedagogik texnologiya asoslarini puxta o’zlashtirilishiga erishish; boshlang’ich talim darslari pedagoglarida talim-tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuv hissini tarbiyalash.



Yüklə 56,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin