Қурилиш материаллари ва кимё


Jamoa va shaxsiy himoya vositalari



Yüklə 34,25 Kb.
səhifə4/5
tarix25.12.2023
ölçüsü34,25 Kb.
#196804
1   2   3   4   5
“Қурилиш материаллари ва кимё” кафедраси-fayllar.org

Jamoa va shaxsiy himoya vositalari.
O‘zbekiston Davlatining “Hayot faoliyati xavfsizligi to‘g‘risida” gi qonunning 13-moddasiga asosan korxona ma’muriyati ishchi va xizmatchilarni bepul shaxsiy himoya vositalari, bilan ta’minlashi, saqlash, yuvish, quritish, dezinfeksiyalash, dezaktivatsiyalash va ta’mirlash ishlarini bajarishi kerak. SHu bilan birga korxona ishchilarini maxsus korjoma, poyabzal, sut yoki unga tenglashadigan boshqa oziq – ovqat mahsulotlari, berilishi shartdir.
Barcha himoya vositalari ishlatilishiga qarab, jamoa himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalariga bo‘linadi.
a) Agar ishning xavfsizligini jihoz va uskunalarning konstruksiyasi, ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish, arxitektura-rejalashtirish echimlari va jamoa himoya vositalarini qo‘llash bilan ta’minlash iloji bo‘lmagan taqdirda, shaxsiy himoya vositalari qo‘llaniladi.
b) Shaxsiy himoya vositalari vazifalariga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
-ixotalovchi kostyumlar (pnevmokostyumlar, namdan ixotalovchi kostyumlar, skafandrlar);
-nafas a’zolarini himoya qilish vositalari (gazniqoblar, resperatorlar, havo shlemlar, havo maskalar);
-korjomalar (kombinzonlar, yarim kombinzonlar, kurtkalar, shimlar, kostyumlar, xalatlar, plashlar, po‘stinlar).
-maxsus poyafzal (etiklar, qunji kalta etiklar, botinkalar, qo‘njli botinkalar, tuflilar, kalishlar, botilar);
-qo‘llarni himoya qilish vositalari (qo‘lqoplar);
-boshni himoya qilish vositalari (kaskalar, shlemlar, shapkalar, beretkalar, shlyapalar);
-yuzni himoya qilish vositalari (himoya niqoblari);
-ko‘zni himoya qilish vositalari (himoya ko‘zoynaklari);
-eshitish a’zolarini himoya qilish;
-ehtiyot moslamalari (ehtiyot kamarlari, dielektrik gilamchalar, qo‘l changaklari, manipulyatorlar, tizzani, tirsakni va elkani ehtiyot qilish moslamalari);
-himoyalovchi dermotologik vositalar (yuviladigan pastalar, kremlar, moylar).
Himoya vositalari texnik estetika, ergonomika talablariga javob berishi, himoya samaradorligi yuqori bo‘lishi, ishlatishda qulay bo‘lishi, bajarilayotgan ish turiga mos bo‘lishi kerak. Shu ish uchun mo‘ljallangan va qabul qilingan tartibda tasdiqlangan texnik hujjatlari bo‘lmagan, shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash taqiqlanadi.

Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, inson hayot faoliyati jarayonida nafaqat tabiiy muhit bilan balki, ijtimoiy muhit deb ataluvchi odamlar ommasi bilan ham uzluksiz aloqada bo`ladi. Insonni ijtimoiy muhit bilan aloqasi tug’ilishni davom ettirishda, bilim va tajribalar almashishda, ma`naviy ehtiyojlarini qondirishda, intellektual qobiliyatlarni oshirishda foydalaniladi va shakllanadi.
Zamonaviy industrial jamiyatda inson atrof-muhit komponentlari (biosfera, texnosfera va ijtimoiy muhit) bilan o`zaro ta`sirda bo`ladi. Ya`ni, inson tabiiy atrof-muhitga uzluksiz ta`sir etsa, o`z navbatida biosfera va insonning ehtiyojlaridan kelib chiqib uning uzluksiz jismoniy va aqliy faoliyatining mahsuli bo`lgan texnosfera va ijtimoiy muhit ham insonga to`g’ridan to`g’ri yoki sirtdan doimiy ta`sir etadi. Yuqorida qayd etilganlar asosida quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
1. Zamonaviy inson uni o`rab turgan atrof-muhitning tashkil etuvchilari ya`ni, tabiiy, texnogen (texnosfera) va ijtimoiy muhit bilan uzluksiz o`zaro ta`sirda bo`ladi;
2. XIX asr oxiridan boshlab XX asr davomida va hozirgi davrda ham texnosfera va ijtimoiy muhit uzluksiz rivojlanmoqda, bunga ushbu sohada inson faoliyati orqali o`zlashtirilgan ulushlarni oshib borayotganligi isbotdir;
3. Texnosferani rivojlanishi tabiiy muhitni o`zgartirish hisobiga amalga oshmoqda.
Zamonaviy hayotda insonlarning ijtimoiy mavqelarini yuksalishi bilan birga ularning tinchligiga, sog’ligiga va mehnati xavfsizligiga xavf soladigan omillar soni ham ortib bormoqda. Ma`lum sharoitda ularni insonlarning ruhiy holatiga, sog’ligiga salbiy ta`sirini ko`rsatishi hammaga ma`lum. Shu sababli insonlarni nafaqat ularning aqliy yoki jismoniy mehnat faoliyati davomida balki, yashash joyida, yo`lda va barcha holatlarda xavfsizligini, yaxshi kayfiyatini, mehnat qobiliyati va ish unumdorligini taminlash, sog’ligi haqida qayg’urish masalalarini ijobiy hal etish juda dolzarb masalalardan biridir.
Qayd qilingan masalalarni ijobiy hal etishda hayot faoliyati xavfsizligi fanining o`rni, uning nazariy ma`lumotlari bilan bo`lajak mutaxassislarni qurollantirish, muammolarni ijtimoiy hayotda mumkin qadar ijobiy hal etilishiga yordam beradi.



Yüklə 34,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin