Urinboeva hilolaning


Globallashuvning asosiy xususiyatlari va namoyon bo‘lish yo‘llari



Yüklə 103,74 Kb.
səhifə3/9
tarix26.12.2023
ölçüsü103,74 Kb.
#198365
1   2   3   4   5   6   7   8   9
globalizatsiya savdo sohasida o\'zaro hamkorlikni rivojlantrishning

1.2. Globallashuvning asosiy xususiyatlari va namoyon bo‘lish yo‘llari.

Globallashuvni turli soxalarda sodir bo‘layotgan integratsiyalashuvning natijasi sifatida qarashlar ustuvorlik qiladi. Bunday qarash mazmunini dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning tabiiy ravishda mustaqkamlanib borishi va ularning o‘zaro integratsiyalashuvi natijasi sifatida, sub’ek-tiv omillar ta’siri, ya’ni katta iqtisodiy saloqiyatga ega bo‘lgan davlatlarning kam taraqqiy qilgan mamlakatlarning resurslari-ni turli yo‘l va vositalar bilan qo‘lga kiritish maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlarning natijasi sifatida qarashlar ham mavjud. Xullas, globallashuv tushunchasi qaqidagi qarashlar tur-li-tumanligicha davom etib kelmoqda. Bu tabiiy qol. CHunki uning makon va zamonda sodir bo‘lish xususiyatlari turlicha bo‘lib dunyo-ning o‘zgarishiga o‘tkazayotgan ta’sirida qam yangi-yangi imkoniyat-lari namoyon bo‘lmoqda.


«Globallashuv» tushunchasiga mualliflar tomonidan yuqorida il-gari surilayotgan turli fikrlarga qo‘shilish mumkin. CHunki qar bir muallif uning turli sohalariga o‘tkazayotgan ta’sirini turlicha ta-fakkur qiladi va uni turlicha talqin etadi. Boz ustiga globalla-shuvning o‘tkazayotgan ta’sir doirasi bepoyon va keng qamrovli ham-dir. SHu ma’noda mualliflar tomonidan ilgari surilayotgan fikr-lar qanchalik turli-tuman bo‘lsa, uning turli xususiyatlari va in-soniyat, millat, mamlakat, jahon miqyosida o‘tkazayotgan ta’sirini o‘rganishning imkoniyatlari shunchalik kengayib boradi. Avvalo «globallashuv» tushunchasiga ta’rif berishda, unga haqiqatan ham kengroq va chuqurroq yondoshmoq kerak bo‘ladi. Jumladan, yuqorida berilayotgan ta’riflarning aksariyat ko‘pchiligida «globallashuv» tushunchasiga yaqin bo‘lgan «internatsionallashuv» (baynalminalla-shuv) va «integratsiyalashuv» tushunchalari o‘rtasidagi munosabatlar e’tibordan chetda qolib kelmoqda. YA’ni nega «Globallashuv» tu-shuncha sifatida ommaviylashib ketmoqda yoki «internatsionalla-shuv» va «integratsiyalashuv» tushunchalari unga nisbatan kam qo‘lla-nilmoqda degan savolga javob ochiq qolib kelmoqda.
Aslida, «Globallashuv»ning asl mohiyati va uning barcha soha-larga o‘tkazayotgan ta’sir doirasini bilish uchun uni yuqorida kel-tirilayotgan ikkala tushuncha bilan solishtirish maqsadga muvofiq-dir. CHunki ular o‘rtasida ma’lum o‘xshashlik mavjud. Ayni paytda ular o‘z yo‘nalishi, maqsadi va funksiyalari bilan o‘zaro farqlanadi. SHuning bilan birga ularning tushuncha sifatida ilmiy iste’-molga kirish davrlari o‘rtasida ham farklar mavjud. Ayniqsa, «in-ternatsionallashuv» sobiq sho‘rolar qukmronligi sharoitida eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchaga aylangan edi. Uni millatlarning o‘za-ro qo‘shilib ketishiga olib keladigan ijobiy omil sifatida baqo-lashdan tortib, oila, turmush, milliy madaniyatlarning yagona ma-daniyatga aylanishigacha bo‘lgan barcha soqalarda sobiq KPSSning «internatsionallashtirish» borasida olib borgan zo‘ravonlik siyo-satini aqolidan yashirish maqsadida qo‘llanilib kelinar edi.
Lekin bu aslida internatsionallashuv jarayoni bo‘lmagan edi, degan gap emas, balki bu erda uni jirkanch manfaat va maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida qo‘llanilib kelinganligi qaqida so‘z bor-moqda.
Yana yuqoridagi tushunchalar taxliliga qaytib shuni aloqida ta’-kidlash lozimki, bugun bir qator olimlar globallashuv jarayon sifatida insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida amal qil-gan, degan fikrlarni qam ilgari surmoqdalar. Hatto qadim dunyo xalqlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarning yuzaga kelishi va ri-vojlanish jarayonlarini «globallashuv» bilan bog‘lash to‘g‘risida-gi fikrlar qam uchraydi. Jumladan, yuqorida tilga olingan maqo-lada Muqammadjon Xolbekov: «Moziyga qaytaylik. Miloddan ol-dingi IV asrda yunon sarkardasi Aleksandr Makedonskiy butun Osiyoni qurol kuchi bilan zabt qilib, aslida yarim dunyoni birlash-tirmoqchi, qudratli davlat barpo etmoqchi bo‘lgan va shu tariqa in-soniyat tarixida globallashuv jarayonning boshlab bergan. YOki mi-loddan oldingi I asrda Rim imperatori YUliy Sezar qam xuddi shunday yo‘l tutib, butun Ovro‘poni ishg‘ol qilgan va qudratli impe-riya sarqadlarini kengaytirgan. Ta’bir joiz bo‘lsa, insoniyat ta-rixida zo‘ravonlik bilan bo‘lsa-da, ikkinchi globallashuvga asos sol-gan»,14 deb yozadi. O‘rta asrlarda (1U-X1\0, X1U-XUP, XVIII, XIX va XX asrlarda qam globallashuv jarayonining sodir bo‘lganligini ko‘ramiz. Insoniyat tarixiy taraqqiyoti bosqichlarida sodir bo‘lgan turli «birlashtirishlar», «sivilizatsiyalar», «ma’rifatchilik» qarakatlari globallashuv jarayonini yuzaga keltirgan.
Adolat yuzasidan aloqida ta’kidlash lozimki, muallif maqola-ni juda qiziqarli tarzda aniq faktlar asosida yozgan va ushbu ma-qolaga munozara yuritishga arziydigan material sifatida qarash noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Ana shunday munozaraga arziydigan fikrlar-dan biri globallashuvning eramizdan avvalgi IV asrda boshlangan-ligi va adabiyot bugungacha bo‘lgan davrda o‘z boshidan globallashuv-ni kechirish natijasida taraqqiy qilganligi qaqida ilgari surilayotgan fikrdir. Bu erda bizni munozaraga tortayotgan fikr glo-ballashuvning boshlangan davri adabiyotni ma’rifatning global-lashuvi ta’sirida rivojlanayotganligidir.
Agar muallifning fikriga qo‘shiladigan bo‘lsak, adabiyot, san’-at va xalqlarning bir-biriga tabiiy ta’sir o‘tkazish jarayonida o‘zaro boyishni o‘zida ifoda ettiruvchi baynalminallashuvning o‘rni qaerda qoladi? YOki bugun jahonda bir qator yuksak taraqqiy qil-gan mamlakatlarning barcha imkoniyatlarini ishga solib barcha xal-qlar uchun umumiy bo‘lgan ommaviy madaniyatni shakllantirishga bo‘lgan qarakatlarini qam ijobiy baholash kerakmi? Ular adabiyot, san’at, ommaviy axborot vositalari, kompyuter, internet va uyali telefon kabi zamonaviy vositalar bilan yoshlar ongi hamda qalbi-ni «zabt» etish yo‘lida olib borayotgan siyosatlariga qanday qara-moq kerak? Bu qo‘yilayotgan savollarga javob mazkur kitobning uchin-chi paragrafida so‘z boradi va yana yuqorida fikr yuritilayotgan glo-ballashuvning boshlanish davri va tushunchalar mazmuni xususida fikr yuritiladi.
Globallashuvning boshlanish davri bo‘yicha g‘arb olimlari qam turli fikrlarni ilgari surib kelmoqdalar. Jumladan, R. Kobden va J. Brayt kabi olimlar globallashuv to‘lqinlarini mamlakat-lar o‘rtasida erkin savdoning amalga oshuvi va uning natijasida iqtisodiyotdagi o‘sish bilan bog‘laydilar qamda uning boshlanish davrini XIX va XX asr bilan chegaralaydilar. Ularning fikricha, Britaniya o‘zining dengiz, industriya va moliyaviy qudrati bilan globallashuv to‘lqinining birinchi bosqichi kafolati bo‘lgan. Ular globallashuvning ikkinchi bosqichi yoki tiklanishini 1970 yillar-ning oxirlarida informatika va telekomunikatsiyada sodir bo‘lgan inqiloblar asosida boshlanganligini ta’kidlaydilar. 15
Keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, globallashuv erkin sav-doning boshlanishi va uning natijasida iqtisodiyotdagi taraqqi-yot, informatika va telekomunikatsiya taraqqiyotida sodir bo‘lgan in-qiloblar bilan bog‘liqdir.
Xullas, globallashuv tushunchasi va uning boshlanish davri qaqida turli fikrlar ilgari surilishi davom etmoqda. Endi glo-ballashuvning internatsionallashuv va integratsialashuv tushuncha-lari bilan munosabatlari ustida to‘xtalamiz.
Falsafa qrmusiy lug‘atida «Internatsionalizm, baynalmialchi-lik (lotlSHer - aro, payop - xalq) - turli millat, irqdagi kishi-larning xalqaro birdamligini ifodalovchi tushuncha. Bu tushuncha K. Marks tomonidan o‘ylab topilmagan, u tomonidan fikrga kiri-tilmagan, faqat sobiq ittifoq davrida mutloqlashtirilgan edi...»16 degan ma’lumot keltiriladi. To‘g‘ri, «internatsionalizm» insoni-yatning ongli faoliyati boshlanibdiki, u tabiiy jarayon sifatida kechib kelmoqda. Ammo uning xuddi shunday nomlanishi har doim ham bo‘lgan edi degan fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Aslida, uning il-miy iste’molga kirib kelishi ishchilar sinfi tomonidan burjua-ziyaga qarshi kurashdagi yakdillikni vujudga keltirish mafkurasi bilan bog‘liqdir.
«Integratsiya» tushunchasiga esa falsafa qisqacha izoqli lug‘ati-da quyidagicha ta’rif keltiriladi: «Integratsiya (lotin, 1p1e8eg -to‘la, butun, buzulmagan, butunlik) - umumiyat, birlikka erishishga yo‘naltirilgan jarayon yoki faoliyat natijasi»|7dir. Falsafa qomu-siy lug‘atida «Integratsiya» (lotincha t1e§eg - butun): 1) ayrim qism va elementlarni bir butunga birlashtirish; 2) turli mamlakatlar-ning birlashmalari, tor doiradagi iqtisodiy-siyosiy guruqlar qo‘shilishi degan ta’riflar uchraydi. Integratsiyaning shakllari ilmiy, siyosiy, madaniy, xalqaro va qokazo turlarga bulib o‘rgani-ladi.|8
Keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, bu tushunchalarga ta’-rif berishda qatto lug‘atlarda qam turli qarashlar mavjud. Xullas, globallashuv tushunchasi va uning qolgan tushunchalarga nisbati, jarayon sifatidagi o‘rnini ularga aniqlik kiritish yo‘li bilan bilib olish qamon o‘z echimini topmagan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, aksariyat ko‘pchilik falsafiy va si-yosiy tadqiqotlarda globallashuv XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida kirib kelganligi haqidagi g‘oyalar ilgari surilmoqda. Ularga qo‘shilgan qolda shuni aloqida ta’kidlash lozimki, xuddi ana shu davrda insoniyat aql-zakovati yuksakka ko‘tarilish jarayoni sodir bo‘ldi. Natijada insonlar, millatlar, xalqlar va mamlakat-larni o‘zaro majburiy ravishda bir-biriga bog‘lab qo‘yish, dunyoda sodir bo‘layotgan turli soqalardagi yangiliklar, kashfiyotlarni da-qiqalar doirasida ommalashtirishga xizmat qiladigan aloqa vo-sitalari - kompyuter, internet, uyali telefon va boshqalar xizmat ko‘rsata boshladi. Buning natijasida dunyodagi barcha mamlakatlar-ning iqtisodiy jiqatdan yaqinlashuvi tezlashdi. Bu jarayon qaqida turli soqalar bo‘yicha juda ko‘plab misollar keltirish mumkin. Ammo eng asosiysi unda emas, balki globallashuv jarayon sifatida jahon taraqqiyotining barcha bosqichlari uchun xosmi yoki yo‘qmi de-gan savolga aniq javob topishdir. Fikrimizcha, u jarayon sifatida to XX asrning o‘rtalarigacha «integratsiya»ning «harakati» va uning ustuvor ta’sirida real hayotda «ilg‘ab» olinmagan. Integratsiya in-soniyatning ongli faoliyati boshlanibdiki, doimo amal qilib kelgan. Insonlarning bir-birlariga talpinib yashashlari, ularning o‘z tajribalarini almashishi, bir-birlariga yordam ko‘rsatishlari va o‘zaro do‘stona munosabatlari, ularning o‘rtasidagi o‘zaro integ-ratsiyalashuv (yaqinlashuv) jarayonlarning amal qilishni ta’minla-gan. Bu bir tomondan tabiiy kechgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan har bir sub’ekt uchun umumiy taraqqiyotning hayotiy zaruriyati sifati-da namoyon bo‘lib kelgan. Uchinchidan zsa integratsiyalashuvda tomon-larning o‘zaro manfaatdorligi ham mavjud bo‘lgan. Ya’ni undan bir tomon emas, balki bu jarayonda qatnashgan barcha tomonlar manfa-at ko‘rganlar.



Yüklə 103,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin