globalizatsiya savdo sohasida o\'zaro hamkorlikni rivojlantrishning
Globallashuv davrlari Ta`riflardan birida globallashuv Er kurrasi bo`ylab yoyilayotgan kommunikatsiya va ayirboshlash tarmoqlar orqali va ular tufayli mintaqaviy xo`jaliklar, jamiyatlar va madaniyatlar bir biri bilan yaqinlashib, bir biriga singib ketganligini ifoda etadi, deyiladi. F.Tolipovning “global taraqqiyot deganda biz kishilar hamjamiyatlarining hayotiy faoliyati natijasida jahon miqyosida sodir bo`layotgan va butun insoniyat taraqqiyoti uchun tizimiy ahamiyatga ega siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik, psixologik o`zgarishlar majmuini tushunamiz”[27][131], degan ta`rifi globallashuvning asosiy jihatlarini qamrab oladi, deb hisoblaymiz.
Globallashuv alomatlari qadim zamonlardan beri kuzatiladi. Qadimgi va o`rta asrlar imperiyalari tarix qatlarida qolib qetgan bo`lsa-da, o`sha davrlardagi globallashuv tamoniga bo`lgan siljishlar saqlanib qoldi. Bunga bir misol Ipak yo`li bo`lsa, boshqa misol sifatida CHingizxon imperiyasida barpo etgan pochta xizmatini ko`rsatish mumkin. Ammo xususiy, tor ma`noda globallashuv, deb eng oxirgi davr yuritiladi. Bugun o‘zini yorqin namoyon qilayotgan globallashuv bir necha asrlik ildizlariga ega. XV-XVII asrlardagi geografik kashfiyotlar ko‘plab mamlakatlar va mintaqalarning xalqaro savdo doirasiga tortilishiga, sanoat revolyusiyasi esa umumiy aloqalarning yanada kuchayuvi, keng qamrab kasb etishiga iqtisodiy zamin yaratgan edi. Keyingi davlarda bunday munosabatlar yanada chuqurlashib bordi. XX asr boshlariga kelib yangi sifatiy xarakter kasb etgan va ijtimoiy xayotning barcha sohalarini qamrab olgan mazkur jarayon globallashuv tushunchasi orqali ifodalana boshlandi. Jumladan, globallashtirish jarayonlari antik davrdan buyon yoki boshqa variantlarda, dastlabki jahon bozorlari yoki yaxlit jahon xo’jaligi yuzaga kelgan vaqtlardan e'tiboran rivojlanib kelayotgani to’g’risidagi tasdiqni ham uchratish mumkin. Siyosiy kon'yunktura mahalliy Markazi direktori V.Fedorov[28] Globallashtirish butun dunyo – tarixiy jarayon sifatida XVIII asr boshlaridan e'tiboran yuzaga kelgan deb hisoblaydi.
Umuman olganda, xalqlar va ularning davlat tuzilmalari o‘rtasida har doim ma’lum aloqalar yuz berib kelgan. lekin ayrim olimlarning fikricha, globallashuv buyuk geografik kashfiyotlar natijasida va Yevropa madaniyati ta’sirida xvi asrdan boshlangan. kishilar kemalarda dunyoning ko‘p joylariga suzib bora boshlagan. lekin bu jarayon ko‘pchilikning hisoblashicha, xx asrda dunyoviy ko‘lam kasb etib o‘z yakuniga yetgan. Agar uning birinchi davri (xvi–xvii asrlar)da mamlakatlar o‘z-o‘zicha yetarli holatda bo‘lgani uchun ular o‘rtasidagi jarayonlar kuchsiz kechgan, xix asrda esa dunyoviy yaxlitlikka erishilmagan bo‘lsa-da, davlatlar o‘zaro keng aloqalarga kirishganki, bularning natijasi globallashuvni kuchaytirmasligi mumkin emasdi. uchinchi davr – xx asrda yuz bergan tarixiy voqealar 1929–1933-yillardagi jahon iqtisodiy krizisi, ii jahon urushi, davlatlar valuta aloqalaridagi oltin standartining tanazzuli, isroilning qo‘shni arab davlatlariga navbatdagi tajovuziga javoban neftga boy arab davlatlarining yoqilg‘i narxini oshirgani natijasida 1973–1974-yillardagi inqiroz, sovet davlatining barham topishi, «sotsialistik hamdo‘stlik» mamlakatlarida tinch kechib, tuzum tabiatini o‘zgartirgan voqealar va boshqalar globallashuv ko‘lamini yaqqol ko‘rsatdi.
Globalizatsiya 19-asrining 60-yilaridan boshlab yonqin namoyon bo`ldi. Boshqa fikrlarga ko`ra globalizatsiya 19-asrning oxirida boshlanib, o`tgan asrning oxirgi choragida jadallashdi.[29][132] Globallashuv transmamlakat korporatsiyalarining tez sur`atlar bilan kengayishi ortidan xo`jaliklarning “o`sish-yo-o`lish” dinamikasini ifoda etuvchi sistemik tendentsiyaning natijasidir, degan fikr bildirilgan.[30][133] O`z navbatida bu tendentsiya trasmamlakat korporatsiyalarning jadal o`sib borishi bilan bog`liqdir. Iqtisodiy kontekstda globallashuv tovarlar, sarmoya, xizmatlar va ishchi kuchi oqimini osonlashritish maqsadida davlatlar chegaralaridagi to`siqlarni bartaraf qilish yoki sezilarli darajada pasaytirishni anglatadi. Tor ma`nodagi globallashuv savdo-sodiq, bevosita chet el investitsiyalari, kapital oqimi, migratsiya orqali mamlakatlar xo`jaligining bir internatsional xo`jalikka intregrallashuvni anglatadi. Keng ma`nodagi globallashuvga g`oyalar, tillar va ommabop madaniyatning mamlakatlararo almashinuvi hamroh bo`ladi.
O`zbekiston globallashuv jarayonidan chetda qolmadi. Ipak yo`lining bir necha marshruti hozirgi O`zbekiston eridan o`tgan, Samarqand va Buxoro Ipak yo`lidagi yirik savdo markazlari sifatida jahonga tanildi. Hozirgi O`zbekiston eri xalqaro tijorat yo`llarining chorrahasi sifatida o`z ahamiyatini kech o`rta aslargacha saqlab keldi. Ushbu globallashuv natijasi o`laroq Markaziy Osiyo erlarida ma`naviy sohada diniy tolerantlik, ilm-fanga charqoqlik vujudga kelgan, islom diniy tafakkuri va grek falsafasi kirib kelgan bo`lsa, xo`jalikda ipakchilik va paxtachilik rivojlandi, muayyan mahsulot ekport qilindi. Salbiy oqibatlar ham yo`q emas edi – “miyalar sizib ketishining” ilk ko`rinishlari, yalpi ichki mahsulotning bir qismi markazga to`lov sifatida olib ketilishi, masalan.
Rossiya istilosi bilan globallashuv jadallalashdi va boshqa yo`nalish oldi. Turkiston oykumenasi deformatsiyaga uchradi. Iqtisodda paxtachilik va ipakchilik ko`lami oshgan, temir yo`llar va shular asosida paxtaga dastlabki ishlov berish, mexanik ishlab chiqarish paydo bo`lgan bo`lsa, turmush tarziga Yevropacha unsurlar kira boshladi va ko`payib bordi. Ma`naviy sohada ta`lim tizimini isloh qilish g`oyalari, yangi usul maktablari, dramaturgiya janri, teatr yuzaga keldi. Siyosiy sohada konstitutsiyaviy monarxiya, imperiya tabaalarining millati, dinidan qat`i nazar tenghuquqligi g`oyalari muhokama qilina boshladi.[31][134] Mustaqillik O`zbekiston uchun oykumenani kengaytirib xalqaro munosabatlarning to`laqonli qatnashchisiga aylanishga imkon yaratdi, respublika BMTga, ko`pchilik xalqaro shartnoma, konventsiya, ularga qo`shimcha protokollar va hokazolarga a`zo bo`ldi.
Xulosa o`rnida aytish joizki, globallashuv jarayoni zamonaviy fenomen sifatida o`z vazifasini qanday yo`l bilan bo`lsa ham ado etmoqda. Albatta, bunda ba`zi ma`lum va noma`lum (globallashuv bayroqdorlari ham deyish mumkin) kuchlar bu jarayonni sun`iy tezlashtirsalar ham yoki manfaat ko`rsalar ham yuqorida keltirilgandek millatlar ma`naviyati, mentaliteti, o`zgarishi yoki mustahkamlanishi, o`ziga xosligini saqlab qolishi qaysidir ma`noda mamlakatning o`ziga bog`liq bo`lib qoladi.
Xulosa. Kapital joriy iste'molning nisbatan qisqarishi tufayli kelgusi davrlarda iste'mol qilish imkoniyatlarini oshiradigan tejash orqali yaratiladi. Shu munosabat bilan, tejaydigan shaxslar joriy iste'molni kelajak bilan taqqoslashadi.
Kapitalning asosiy shakllari mavjud: jismoniy (material) poytaxt - korxonaning ishlab chiqarish aktivlari (mashinalar, binolar, inshootlar, xom ashyo va boshqalar), inson kapitali (umumiy va maxsus bilimlar, ish qobiliyatlari, ishlab chiqarish tajribasi, malakalari va boshqalar), moliyaviy kapital shu jumladan, qimmatli qog'ozlar va qarz mablag'lari.
Ro'yxatda keltirilgan barcha kapital shakllari umumiy xususiyatga ega - manbadan hozirgi va kelasi zamonda foydalanish o'rtasidagi o'zaro kelishuv.
Inson kapitali ishchi kuchining alohida turi. Shuning uchun kapital so'zning to'g'ri ma'nosida odatda faqat jismoniy, moddiy omillarni anglatadi. Jismoniy yoki haqiqiy kapital - har xil tovarlarni ishlab chiqarishda ishtirok etadigan ishlab chiqarish resurslari zaxirasi. U o'z navbatida paydo bo'ladi asosiy binolar, inshootlar, mashinalar, uskunalar va boshqa kabi sarflanmaydigan aktivlarni o'z ichiga olgan kapital kelishilgan har bir ishlab chiqarish tsikli uchun mablag 'sotib olishga sarflangan kapital: xom ashyo, asosiy va yordamchi mehnat materiallari.
Asosiy kapital bir necha yil davomida xizmat qiladi va uning jismoniy yoki ma'naviy jihatdan yomonlashishi darajasida almashtiriladi (qoplanadi). Aylanma mablag'lar bitta ishlab chiqarish tsikli davomida to'liq iste'mol qilinadi va uning qiymati asosiy kapitaldan farqli o'laroq, umuman ishlab chiqarish xarajatlariga kiritiladi, uning qiymati qismlarga bo'linadigan xarajatlarda hisobga olinadi.
Bugungi kunda kapitalning qiymati kelajakda qanday kapital ishlab chiqarishi mumkinligiga bog'liq. Daromad olish uchun kapital egasi kelajakda yuqori mukofot olish umidida joriy iste'moldan voz kechishi kerak. Kelajakdagi daromadlar oqimi bugungi aktsiyalarni yaratishni rag'batlantirishi kerak. Ushbu zaxirani yaratish uchun, o'z navbatida, tejash oqimini talab qiladi.
Globallashuvni turli soxalarda sodir bo‘layotgan integratsiyalashuvning natijasi sifatida qarashlar ustuvorlik qiladi. Bunday qarash mazmunini dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning tabiiy ravishda mustaqkamlanib borishi va ularning o‘zaro integratsiyalashuvi natijasi sifatida, sub’ek-tiv omillar ta’siri, ya’ni katta iqtisodiy saloqiyatga ega bo‘lgan davlatlarning kam taraqqiy qilgan mamlakatlarning resurslari-ni turli yo‘l va vositalar bilan qo‘lga kiritish maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlarning natijasi sifatida qarashlar ham mavjud. Xullas, globallashuv tushunchasi qaqidagi qarashlar tur-li-tumanligicha davom etib kelmoqda. Bu tabiiy qol. CHunki uning makon va zamonda sodir bo‘lish xususiyatlari turlicha bo‘lib dunyo-ning o‘zgarishiga o‘tkazayotgan ta’sirida qam yangi-yangi imkoniyat-lari namoyon bo‘lmoqda.
Umuman olganda, globallashuv murakkab va serqirra jarayon bo`lib, uni turli mamlakatlar hayotiga o`tkazayotgan ta`siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, ma`naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog`liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o`tkazayotgan salbiy ta`sirini kamaytirish va ijobiy ta`sirini kuchaytirish, davlatlar kelajagini belgilab beruvchi asosiy omil bulib qolmoqda.
Globallashuvning asosiy ko`rinishlari, tendentsiyalari va oqibatlari tevaragidagi munozaralar so`ngi yillarda nafaqat jonlandi, balki qizg`in tus olmoqda. Bugun nafaqat bir davlatda, balki butun dunyoda bir-biriga qarshi kurash olib borayotgan "globalistlar" va "anti globalistlar"ga ajraldi. Ayrim olimlar globalizatsiyani farovon turmush, tanlash huquqi va yanada ko`prok erkinlik, ya`ni ko`chib yurish, to`liq axborot olish, ko`proq xaq to`lanadigan joyda ishlash, eng yaxshi universitetlarda ta`lim olish erkinligi bilan bog`lasalar, boshqalar uchun esa globallashuv insoniyatga tahdid soluvchi, global isish, atrof muhitning ifloslanishi, nazoratsiz migratsiya omillarining vujudga kelishi, ishsizlarning ko`payishi, an`anaviy qadriyatlarga putur etishi kabi muammolarni tug`diruvchi jarayon sifatida baholamoqdalar. Bizning nazarimizda, globallashuv, eng avvalo, taraqqiyot sur`atlarining tezlashuvi orqali butun insoniyat yalpi Er shari taqdirini birlashtirayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma`naviy-axloqiy, madaniy-ruhiy hodisa sifatida o`zini namoyon etayotgan bir paytda, uning yaxlit mohiyatining ijtimoiy-falsafiy jihatdan tadqiq etishni taqozo etmoqda.