II-bob. Jahon iqtisodiyotini globallashuv muammolari va ularning guruhlanishi
2.1. Xalqaro raqobatda globalizatsiyaning o’rni.
Globallashuv sharoitida tashqi aloqalar, xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanib, har bir shaxsning ma`naviyati va intellektual salohiyatiga yangicha talablar qo`ymoqda. O`z navbatida, O`zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to`laqonli a`zosi va uning ajralmas qismi hisoblanadi. SHuning uchun ham bugungi kunda mamlakatimizda yuksak ma`naviyatli, yuqori bilimli va xalqaro talablarga mos keladigan mutaxassislarni tayyorlashga alohida e`tibor berilmoqda. Mamlakatimizda bunday mutaxassislarga bo`lgan talab kelajakda ham oshib boradi. SHu bois yuksak ma`naviyatli shaxsni tarbiyalash, ularni xalqaro mezonlar asosida tayyorlash ustuvor vazifalardan biriga aylanib bormoqda.
Globallashuv – bu butun jahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiyalashuv (bir-birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurslarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo`shilish va yaqinlashuvidir. Bu obyektiv jarayon bo`lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega. Zero biz A.Toynbi ta`biri bilan aytganda, insoniyat,”umumiy uy”, “umumiy taqdir» va umumiy tashvishlar bilan yashashga kiririshayotgan[9][5], bir so`z bilan aytganda globallashuv deb atalayotgan jarayonlar sodir bo`layotgan zamonda yashamoqdamiz.
SHunday ekan, milliy mafkurani takomillashtirish masalasi ham endilikda nafaqat milliy, balki global xarakter ham kasb etadi. Lekin, globallashuv jarayoni N.Jo`raev[10][6] to`g`ri qayd etganiday, hozircha faqat qandaydir mavhum ijobiy jihatlari bilangina emas, balki ko`proq “hozirgi davr global muammolari”ni vujudga keltirgani bilan xarakterlidir. Ko`pchilik mutafakkirlar bu davrni xatto global kriziz (bo`xron) davri deb atamoqdalar. “XX asr krizisni kuchli his etish bilan boshlangan edi va shu hissiyot bilan poyoniga etdi”,[11][7] - deb yozadi, masalan, rus faylasufi S.I.Dudnik. Darhaqiqat, globallashuv zamonaviy jamiyatga ko`plab ijobiy jihatlar olib kirish bilan birga, insoniyat taraqqiyotidagi shunday pallani ham o`zida aks ettiryaptiki, endilikda dunyo xalqlari vujudga kelayotgan muammolarga qarshi yolg`iz kurasha olmaydi, ularni birgalikda hal qilish mumkin.
Globallashuvning salbiy oqibatlari asosan, quyidagi sohalarda namoyon bo`lmoqda: ekologiya, sog`liqni saqlash, demografik, resurslar, axloq, oila, ta`lim-tarbiya, ma`naviy, dunyoqarash va boshqalar shular jumlasidandir. Ayni shu ma`noda bugungi kunda eng yangi fani sinergetika ham shu krizis holatini ifodalash uchun “global bifurkatsiya nuqtasi” degan maxsus yangi tushunchani kiritgani, “katastrofalar nazariyasi”ni ishlab chiqqani bejiz emas. CHunki S.P.Kapitsa, S.P.Kurdyumov, G.G.Malinetskiy ta`kidlaganlaridek, “Olimlar siyosatchilarning qo`liga butun Planetadagi hayotni bir emas, birnecha necha bor yo`q qilish quvvatiga ega bo`la oladigan qurollarni tutqazdilar, vaholanki, kelajakda ularni qanday yo`qotish va nima qilish mumkinligini aniqlashga harakat qilmadilar..., ular energiyaning yangi manba`larini kashf etdilar va emoqdalar, shuning bilan birga radioaktiv chiqindilar va yadroviy terrorizmdan qutulishday juda jiddiy muammolarini ham vujudga keltirdilar..., ular odamlarga antibiotiklarni sovg`a qildilar, ayni paytda, zararli mikroorganizmlarning tabiiy tanlanish jarayonini kuchaytirdilar.”[12][8]
Oksford universiteti direktori, professor Nik Bostrom bu ishlarning salbiy oqibatlari haqida o`ylab ko`rilmayotgani haqida shunday deydi: “Texnologik progressning tezlashuvi tufayli insoniyat hozir o`z taraqqiyotining keskin burilish nuqtasga katta tezlik bilan yaqinlashib kelayotgan bo`lishining ehtimoli katta. Insoniyatga yaxshi tanish bo`lib qolgan yadroviy xavfu xatar yoniga endilikda nanotizimlar va mashina intellekti kabi sohalarning jadal rivojlana boshlagan texnologiyalari misli ko`rilmagan o`z imkoniyatlari va xatarlari bilan qo`shilmoqda. Bizning kelajagimiz, agar u bor bo`lsa, bizning ana shu jarayonlarga munosabatimizga bog`liq. Hamon biz jadal rivojlanayotgan texnologiyalarga bog`liq ekanmiz, insoniyat jamiyatidan “post-insoniyat” (keyingi insoniyat) jamiyatiga o`tish dinamikasini yaxshi anglab etishimiz kerak. Ayniqsa tuzoq qaerda joylashganini, muqarrar o`limga olib borishi mumkin bo`lgan yo`llarni payqay bilishimiz zarur.”[13][9]
Bir necha yillik tadqiqotlari natijasida A.CHumakov “Globallashuv ijtimoiy hayotning barcha sohalarning, ma`naviy qadriyatlar, dunyoqarash yo`nalishlarini universallashuviga olib kelishi bilan birga, an`anaviylik, o`ziga xoslik va madaniy xilma-xillikni saqlashni istisno qilmaydi”[14][10], - degan xulosaga keladi. Bunday davrda shaxs murakkab ijtimoiy muhit sharoitida faoliyat ko`rsatishga majburdir. Inson yashayotgan zaminining, tinch va barqaror kechirayotgan hayotining mohiyatini to`la anglashi, qadrlashi, ya`ni ijtimoiy muhitning obyekti sifatida namoyon bo`lishi kerak. Globallashuv jarayonining hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy sabablari xususida Prezidentimiz I.Karimov ta`kidlaganlaridek “...shuni obyektiv tan olish kerak – bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo`shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog`lanib borayaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas”[15][11].
Global miqyosdagi muammolar ilmiy munozaralar predmeti sifatida XX asrning 60-70 yillarida jahon hamjamiyatida jiddiy qiziqish uyg`otgan. 1930 yillarda E.Lerua, Teyyar de SHarden va V.I.Vernadskiylarning nazariyalarida insoniyat hamjamiyatning global mohiyati va uning Erdagi yashash tarixi uchun mas`uldir, degan fikrlar ilgari surilgan. Keyinchalik bu masalaga e`tibor bir muncha susaygani tashlanadi. 1970-80 yillarga kelib mazkur masalaga oid tadqiqotlar jonlanganligi bizga ma`lum. Bugungi kunda globallashuv jaryonining jadallashuvi o`zaro aloqadorlik va o`zaro ta`sir dialektikasi qonunlari asosida ilm-fan, madaniyat taraqqiyotiga ta`sir o`tkazmoqdaki, bu o`z navbatida yoshlardagi ijtimoiy mas`ullik jarayoni zamonaviy ilm-fan yutuqlari, texnika-texnologiya, xalqaro axborot almashinuvining jadal rivoji bilan o`zaro aloqadorlikda yuzaga keladi.
Hozirgi kunda “globalistika” termini zamonaviy fan tilining ajralmas qismidir, ammo uning ma`nosi haqida hanuz turlicha fikrlar bildirilmoqda. Ba`zilar bu yangi fan, u hali shakllanish jarayonida, deb aytsalar, boshqalar ilmiy bilish integratsiyasi natijasi, deb bilib, o`ziga xos fanlararo tadqiqotlar sohasi, deb tan olmoqda[16][12].
Dostları ilə paylaş: |