Urinboeva hilolaning


Globallashuv fenomen sifatida



Yüklə 103,74 Kb.
səhifə7/9
tarix26.12.2023
ölçüsü103,74 Kb.
#198365
1   2   3   4   5   6   7   8   9
globalizatsiya savdo sohasida o\'zaro hamkorlikni rivojlantrishning

3.2. Globallashuv fenomen sifatida.

Bundan tashqari globallashuvning demokratizatsiya, informatizatsiya kabi jarayonlari jamiyat rivojida alohida ahamiyatga ega. Jumladan, demokratizatsiya jarayonida sotsiumning elementlari ierarxiyasida jiddiy o`zgarishlar ro`y beradi. Ushbu ierarxiya quyidagicha strukturaga ega bo`ladi: shaxs-jamiyat-davlat. Bunda davlat shaxs va jamiyat manfaatlarini ta`minlovchi instrument vazifasini o`taydi. Jahon arenasida o`z nufuziga ega bo`lishni istagan har qanday davlat ushbu ierarxiyaga amal qilishi lozim.


Informatizatsiya jarayoni ham shaxs rivojida muhim ahamiyatga ega. Bunda shaxs o`zining axborotga bo`lgan ehtiyojini etarli darajada qondiradi. SHuningdek u ham informatsiya resursiga ega bo`ladi, ham dunyoqarashini zamonaviy talab darajasida shakllantiradi.
Ammo yuqoridagi ijobiy xususiyatlariga qaramasdan globallashuv hodisasi uchinchi dunyoda negativ qabul qilinadi. Jumladan, AQSH professori (asli afrikalik) Dennis Brutusning fikricha, globalizatsiya «profits before people», ya`ni «foyda insondan muhim» printsipi asosida harakat qilmoqda. Uning bahosiga ko`ra, globalizatsiyaning tarqalishi bilan ijtimoiy hayotda inson qadri yo`qoldi, pul axloq ustidan hukmronlik o`rnatdi[21][14]
Professor Mbeki globalizatsiya jarayonini antidemokratiya maqsadidagi biznes deb ataydi. Uning fikricha globalizatsiya kelishi bilan biznesning moliyaviy shaffofligi to`liq yo`qoldi va oylik maoshlar qisqardi. U o`zi bilan g`arb qulchiligining yangi shaklini olib keldi. Bunday qulchilikning xarakterli xususiyati shundaki, unda «xo`jayin» shaxssizlashadi.[22][150]
Yana bir antiglobalist, Kairdagi Amerika universiteti professori Arui Mafele globallashuvni «Butun dunyo kapitalistlari birlashing!» shiori ostida ro`y berayotganligini ta`kidlaydi. Uning fikricha, globallashuv tabiiy jarayon emas, balki u siyosiy boshqariladi. Globallashuvning asosiy raqibi- bu milliy oppozitsiyadir.[23][151]
Albatta globallashuv jarayonining salbiy oqibatlaridan ko`z yumib bo`lmaydi. Ayniqsa uning madaniy standartizatsiya, informatizatsiya va qadriyatiy universalizatsiya jarayonlari milliy identifikatsiya krizisini keltirib chiqaradi. Ammo bunday salbiy holatlarni oldini olishning samarali yo`li bu- ushbu jarayonning faqatgina ta`sir obyekti emas, balki subyektti ham bo`lishdir. Bugungi kunda ayrim davlatlarni hisobga olmaganda dunyoning deyarli barcha mamlakatlari globallashuvning obyekti hisoblanadi. Masalan, YAponiya ushbu jarayonning ham obyekti, ham subyekti. U globallashuvning obyekti sifatida G`arb qadriyatlarini o`zlashtirib, subyekt sifatida ularni adaptatsiyalashgan ko`rinishda Osiyoning boshqa mamlakatlariga taqdim etmoqda.[24][152] Globallashuv davr taqazosi, rivojlanishning ayni damdagi tabiiy qonuniyati. Undan voz kechish yoki boshqacha yo`ldan rivojlanish mumkin emas.
Bugungi kunda globallashuv atamasi shunchalik mashhur bo`lib ketganganki, uni XXI asr mahsuli desak mubolag`a bo`lmaydi. SHu o`rinda, izohlash uchun xilma-xil yondashuvlar, nazariyalar, paradigmalar ishlab chiqilgan bo`lib, ularning hammasini sharhlab quyidagi xulosaga kelish mumkin: globallashuv halqlar, mamlakatlar transformatsiyasi, insoniyatning bir butunlikka integratsiyasini keltirib chiqaradi. SHu ma`noda, muayyan jamiyat o`zidan etuk deb hisoblagan boshqa jamiyatning mafkura, qarashlar, ilmiy-texnikaviy, madaniy yutuqlarni o`zlashtirishi globallashuv ta`siri ostida bo`ladi. SHu borada, kimdir buni jahonning yangi tarkibi shakllanishida xalqlarning yaqinlashuviga, iqtisodiy farovonlikka ijobiy ta`sir etadi, deb (K.Omae, P.Draker, T.Piters, S.Reysmit, S.Xantington va b.) hisoblasa, boshqalar (Z.Bauman, N.V.Zagladin, F.Fukuyamo, G.P.Martin, X.SHuman, M.G.Delyagin, V.I.Dobren`kov va b.) globallashuv milliylikning yo`qolishi, bir mamlakatning boshqa yirik ilmiy salohiyatga ega bo`lgan davlatlarga qaramligini oshiradi deb qaraydilar.
SHu asnoda nafaqat oddiy o`quvchi, balki o`z mustaqil mushohada-mulohazasiga ega bo`lgan odamlarda ham globallashuv jarayoni ta`sirida jahonning yangi tarkibi yoki bo`lmasa millatlarning totuvligini ta`minlovchi madaniyati, ma`naviyati qanday bo`lishi to`g`risida gumon-shubhalar, ikkilanishlar paydo bo`lishi tabiiy. Bundan tashqari, globallashuv masalasiga oid zamonaviy bahslar ushbu muammoni yanada chigallashtirib yubormoqda hamda yangi muqobil g`oya, nazariyalarning paydo bo`lishiga turtki bermoqda. Jumladan, “Frantsuz olimi Jak Le Dyumgi quyidagi yondashuvlarni ishlab chiqadi:
Liberal yondashuv. Globallashuv faqatgina obyektiv jarayon emas, foydali fenomen sifatida iqtisodiy, ijtimoiy samaradorlikka olib keladi;
Madaniy yondashuv. Milliy madaniyatlar inqirozi tarixiy jamiyatlar to`qnashuvi, “chatishgan madaniyat” ning paydo bo`lishi”[25][153].
Yuqoridagi yondashuvlardan farqli o`laroq Golland tadqiqotchisi YA.N.Piters globallashuvni izohlashda quyidagi paradigmalar tipologiyasini taklif etadi. “TSivilizatsiyalar to`qnashuvi. Turli madaniyatga mansub jamiyat mamlakatlarining konfrontatsiyasi; “Makdonal`dlashuv”. Transmilliy kompaniyalar amalga oshirayotgan moderinizatsiya ostida (vesternizatsiya, evropeizatsiya, amerikanizatsiya) madaniyatlari gegemonlashuvi.
“Gibridlashuv”. Halqaro munosabatlar ostida umumiy, aralash madaniyatning paydo bo`lishi”[2][15].
SHunday qilib, globallashuv ko`p qirrali jarayon bo`lganligi uchun uni sharhlashda ancha muammolarga duch kelamiz. Buni bartaraf etish maqsadida jahonda globallashuv ta`siri ostida bo`layotgan jarayonlarni to`liq va mukammal tahlil etib ko`rishga to`g`ri keladi.

Yüklə 103,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin