Urug`chilik-seleksiya ishlari samaradorligini oshirish



Yüklə 58 Kb.
səhifə1/3
tarix02.01.2022
ölçüsü58 Kb.
#39097
  1   2   3
Urug`chilik-seleksiya ishlari samaradorligini oshirish


Aim.uz

Urug`chilik-seleksiya ishlari samaradorligini oshirish

Seleksiya va urug`chilik ishlari respublikamizning paxtachiligini rivojlantirish va sifatini oshirishda asosiy bo`g`in hisoblanadi. Chunki, mutaxassislarning fikricha, “faqat to`g`ri tanlangan nav va yuqori sifatli urug` hisobiga paxta hosildorligi 10-15 foizga oshirish va undan ham yuqoriga ko`tarish mumkin1”. Dehqonchilik urug`chilikdan boshlanadi deb bejizga aytilmagan. Chunki saralangan kondensiyaga yetkazilgan urug`likdan sog`lom va kasalliklarga chidamli paxta nihollari o`sadi.

Ma’lumki, tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan tumanlashtirilgan paxta navlarining ijobiy xususiyatlarini saqlab qolish maqsadida respublikamizda maxsus sxema asosida urug`chilik ishlari tashkil etilgan (O`zR DST 663-96). Unga ko`ra, elita va birinchi reproduksiyali chigitni elita xo`jaliklari yetishtirsa, ikkinchi, uchinchi va to`rtinchi reproduksiyali urug`lik chigitlarni yuqori hosildorlikka ega maxsus urug`chilik xo`jaliklari yetishtiradi.

Ekiladigan paxta chigitlari sifat ko`rsatkichlari davlat standartlari bo`yicha quyidagi talablarga javob berishi lozim:

- unib chiqish darajasiga ko`ra: I klassli urug`lik chigitining unib chiqishi - 95-100 %, II klassniki – 90-95 %, III klassniki – 85-89 %;

- nav tozaligi elitada – 100 %, I reproduksiyada 99 %, II reproduksiyada 98 %, III reproduksiyada 96 % qilib belgilangan;

- chigitning shikastlanishi qo`l terimida – 5 % dan, mashina terimida – 7 % dan oshmasligi lozim;

- chigit tuki qoldig`i tukli chigitlarda –0,8 %dan, tabiiy tuksiz chigitlarda – 0,4 %dan oshmasligi lozim;

- chigit namligi qo`l terimida – 9 %dan, mashina terimida –10%dan ziyod bo`lmasligi lozim.

Respublikamizda ekilayotgan paxta navlari asosan mahalliy navlardan iborat bo`lib, jahon bozori talablariga to`liq javob bera olmaydi. Ishlab chiqarishda 1-turga mansub navlar ekilmayapti. Paxta navlari bo`yicha olib borilayotgan urug`chilik ishlari ishlab chiqarish talablarini to`liq qondirolmayapti. Sir emaski, urug`ni etishtirib beruvchi elita va urug`chilik xo`jaliklari buning uchun katta javobgarlik his etmaydi. Ular urug`ni tarqatish ishlarida ham ishtirok etmaydi va tabiiyki uning sifati oshishidan bevosita manfaatdor emas. Iste’molchining paxta tozalash zavodlari tomonidan berilgan navlarni qabul qilishdan boshqa chorasi yo`q.

Urug`chilikda ahvolning yomonlashuviga:

- urug`chilik laboratoriyalari asbob-uskunalar bilan yomon ta’minlanganligi;

- kichik paxta zavodlari va mini sexlarning yo`qligi;

- kichik partiyadagi urug`lik paxta xomashyosining yirik paxta tozalash zavodlarida qayta ishlanishi va buning natijasida urug`larning shikastlanishi hamda mexanik aralashuvi natijasida navlarning ifloslanishi kabi omillarni misol qilib keltirish mumkin.

Keyingi yillarda “urug`chilikda mutaxassi kadrlar qo`nimsizligi keskin oshdi, urug`chilik bo`yicha malaka oshirish kurslari deyarli juda kam o`tkaziladi. Rayonlashtirilgan navlar urug`ini yetishtirish ustidan mualliflik nazorati susayib ketgan. Vujudga kelgan ahvol ishlab chiqaruvchilarni ham urug` sotib oluvchilarni ham qoniqtirgan emas2.

Respublikamiz hukumati tomonidan mavjud ahvolni bartaraf etish va urug`chilik ishlarini rivojlantirish borasida bir qator qonun va qarorlar qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi yangi tahrirdagi “Seleksiya yutuqlari to`g`risida”gi qonuni, O`zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustdagi “Urug`chilik to`g`risida”gi qonuni, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-sentyabrdagi “Urug`Chilik sohasida O`zbekiston Respublikasi hukumatining siyosati to`g`risida” 328-sonli qarorlarini bunga misol qilib keltirish mumkin. Ammo har doim ham bu qonunlar ijrosi ta’minlanayotgani yo`q.

Urug`chilik ishlari samaradorligini oshirish uchun bu sohaga xususiy tarmoqning kirib kelishiga keng yo`l ochish zarur. Bu holat urug`chilik sohasiga xususiy investitsiyalarni, shu jumladan chet el investitsiyalarini kirib kelishiga yo`l ochadi va urug`chilik sohasiga ilg`or texnika va texnologiyalarni olib kirishga imkon yaratadi. Natijada urug`larning sifati keskin oshishi, ekish me’yorlari kamayishi, urug`larning tannarxi keskin kamayishi mumkin. Hozirgi kunda urug`chilik sohasida yakka hokimlikning mavjudligidan urug`larning tannarxi nihoyatda qimmat bo`lmoqda. Davlat urug`chilik sohasidagi xususiy korxonalar faoliyatini urug`chilik inspektsiyasi orqali nazorat ostiga olshi mumkin bo`ladi.

Urug`larni paxta tozalash zavodlari orqali sotish amaliyotidan voz kechish lozim. Bu huquqni urug` yetishtiruvchi xo`jaliklarning o`zlariga yuklash va bu sohadagi monopol holatga barham berish lozim.

O`zbekiston Respublikasining “Mahsulotlarni sertifikatsiyalash va xizmat ko`rsatish” qonuni talablariga muvofiq urug`lik materiallarini sertifikatsiyalash ishlarini kuchaytirish, bu soha bilan mashg`ul inspektorlar mas’uliyatini oshirish va laboratoriyalarni asbob-uskunalar bilan ta’minlash darajasini oshirish kerak.

Eng muhim vazifalardan biri urug`chilik sohasida ilmiy-tatqiqotlar olib boruvchi mutaxassis kadrlar tayyorlash ishlarini keskin yaxshilash, bu sohaga davlat budjetidan yetarli mablag`lar ajratishga erishish lozim bo`ladi. g`o`za navlarini sifatini va kasalliklarga chidamliligini oshirish borasida jahon tajribalaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiq.

Bugungi kunda qishloq xo`jalik ilmiy tadqiqotlari asosan davlat tomonidan ajratilayotgan mablag`lar hisobiga olib borilmoqda. Ilmiy tadqiqot ishlarining bunday moliyalashtirish nodavlat sektori o`rnini o`sib borayotgan bir vaqtda agrar tarmoqdagi islohotlarni jadallashtirishga katta hissa qo`sha olmayapti. Bu esa, qishloq xo`jalik ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish tizimini tubdan ko`rib chiqishni talab qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ilmiy tadqiqot ishlarini xususiy sektor subyektlarini ko`proq jal qilishni talab etadi

Bu esa, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga bevosita tatbiq etish imkonini beradi. Shuni inobatga olish kerakki, xususiy sektor tomonidan jalb etilayotgan investitsiyalar ilmiy tadqiqot ishlari saviyasini oshishga olib keladi. Biroq ilmiy tadqiqot institutlari va muassasalariga bevosita yuqorida keltirilgan tashkilotlar tomonidan buyurtma va moliyalashtirish past darajada bo`lmoqda. Jumladan, xalqaro tashkilotlar grant mablag`lari ham juda past darajada kiritilmoqda.

Ilmiy tadqiqot ishlariga xususiy sektor investitsiyalarini asosan ikki yo`nalish bo`yicha, ya’ni innovatsion va amaliy tadqiqotlar bo`yicha jalb etish maqsadga muvofiq. Bunda fermer xo`jaliklari tomonidan olinayotgan foydaning bir qismi ilmiy tadqiqot ishlariga (seleksiya, yangi navlar va boshqalar) yo`naltirilishi ilmiy asoslangan ishlab chiqarishni rivojlantirishda asosiy omil bo`lib xizmat qiladi.


Yüklə 58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin