Qisqacha xulosalar
Mahsulot sifatini oshirish har qanday qishloq xo`jaligi korxonasi oldida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizimda korxonalarning iqtisodiy samaradorligi darajasini ko`p jihatdan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va raqobatbardoshligi belgilab beradi.
Mahsulot sifati tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida uning iste’mol qiymati bilan uzviy bog`liqlikka ega. Iste’mol qiymati mahsulotning bir tomondan buyum sifatida tavsiflasa, ikkinchi tomondan insonning ma’lum bir ehtiyojlarini qondirish darajasini anglatadi. Mahsulotning iste’mol xususiyatlari faqatgina uni iste’mol qilish chog`ida namoyon bo`ladi.
Keyingi paytlarda iqtisodiy adabiyotlarga “sifatni boshqarish” tushunchasi kirib kelmoqda. Sifatni boshqarish tizimi quyidagi tamoyillar asosida shakllantirilmoqda:
- mahsulotning iste’molchiga yo`naltirilgani;
- sifat ko`rsatkichlarini son ko`rsatkichlaridan ustun qo`yish;
- mahsulot yaratilishidan tortib, sotishdan keyingi xizmat ko`rsatishgacha oraliqda sifat va kafolatni ta’minlash;
- mahsulot sifatini yaxshilash va boshqarishni ta’minlashni uyg`unlashtirish va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |