Alyuminiy gidroksidning amfoterlik tabiati va orto- va metaforada mavjudligi ehtimoli tufayli tuzlarining har hil turlari mavjud . Alyuminiy gidroksid juda zaif kislotali va juda zaif asosli xususiyatlarga ega bo`lgani uchun , suvli eritmalardagi tuzlarning barcha turlari gidrolizga juda sezgir bo`lib, natijada erimaydigan Al(OH)3 hosil qiladi. Suvli eritmada u yoki bu turdagi alyuminiy tuzlarining mavjudligi bu eritmaningb pH qiymati bilan belgilanadi. Alyuminiy gidroksid qattiq ishqorlar bilan birlashtirilganda , meta-alyuminatlar hosil bo`ladi HAlO2 meta alyuminiy tuzalri sifatida qaralishi mumkin bo`lgan metagidroksid AlO(OH) tuzlari; Al(OH)3 + NaOH → NaAlO2 + 2H2O Anion tarkibida alyuminiy bo`lgan gidroksoaluminatlar ishqoriy eritmalarda mavjud. Neytral muhitda ular yuqori darajada gidrolizlanadi. AlO2 anioni tarkibida alyuminiy bo`lgan meta-aluminatlar . Ular qattiq holatda mavjud. Tabiatda tarqalgan. Suvda eriganda ular gidroksoaluminatlarga aylanadi. II.Metodik qism.
II.1. Labaratotiya sharoitida alyuminiy gidroksidni olinishi.
Alyuminiyning biror tuzi eritmasidan Al(OH)3 cho`kmasi hosil bo`lguncha ishqor eritmasidan tomchilab quydim. Reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli holda yozdim.
Kimyoviy reaksiyalar yordamida olinggan gidoksidning amfoterligini isbotladim.
Probirkaga 3-5 ml 30% li o`yuvchi natriy eritmasidan quyib va ungga ozgina alyuminiy qirindisidan soldim. Vodorod ajralib chiqishini kuzatdim va uni uchi cho`zilgan shisha nay yordamida yoqib ko`rdim. Reaksiya tenglamasini yozdim.
Probirkaga ozgina alyuminiy qipig`idan solib, ungga 3-5 ml suv quyib chayqadim. Reaksiya boradimi ? Reaksiya sodir bo`lmaganligiga ishonch hosil qilganimdan keyin, alyuminiy sirtini yog`dan va oksid pardadan tozaladim. Buning uchun probirkaga 2-3 ml ishqor eritmasidan quyib va birozdan so`ng probirkadagi suyuqlikni to`kib, ishqor qoldig`ini yo`qotish uchun bir necha marta suv bilan yuvdim. Keyin probirkaga ozgina suv quyib qoldirdim. Gaz pufaklari (vodorodning ) ajralib chiqishini kuzatdim. Reaksiya tenglamasini yozdim.
Uchta probirka olib ularning biriga 2 n li xlorid, ikkinchisiga 2 n li sulfat va uchinchisga 2n li nitrat kislotasi eritmalaridan quydim. Probirkalarning har biriga oz -ozdan alyuminiy qirindisidan soldim. Qaysi holda reaksiya shiddatli boradi ? Qaysi kislotada alyuminiy erimaydi ? Sababini bilib ? Reaksiya tenglamasini yozdim.
Alyuminiy tuzlaridan uning gidroksidini hosl qildim. Cho`kmani filtrlab va uni filtr ustida suv bilan yuvdim. Varonka tagiga toza stakancha qo`yib, alyuminiy gidroksidi filtr orqali och rangli anilinli siyoh eritmasini o`tkazdim. Filtrlash jarayonida eritmaning rangsizlanishini kuzatdim. Eritmani rangsizlanishini sababini tushundim.
Alyuminiy va kalsiy sulfatning to`yinggan eritmalarini tayyorlash. Buning uchun 6.66 g alyuminy sulfat kristalogidratini 5 ml issiq (70°C) suvda eritdim. Alyuminiy sulfat tuzi miqdoriga to`g`ri keladigan ekvimolekulyar kaliy sulfat miqdorini hisoblab va uni 10 ml issiq suvda eritdim. Issiq kaliy sulfat eritmasini alyuminiy sulfat eritmasiga quydim. Olinggan eritmani sovutib, eritmadan kristallarni ajratib va filtr qog`ozlari orasida qurutdim, tortdim va modda unumini foizlarda ifodaladim. Kristall shakllarini mikraskop ostida kuzatib va rasmini chizdim.
( Tajriba mo`rili shkafda olib borildi.) Alyuminiy sulfat eritmasiga ammoniy sulfid eritmasidan quydim. Hosil bo`lgan cho`kmani filtrlab va cho`kmani filtr ustida suv bilan yuvdim. Cho`kmani 2 qismga bo`lib va bir qismiga suyultirilgan xlorid kislota qo`shdim. Cho`kmaning alyuminiy sulfid emasligini qanday isbotlash mumkin ? Cho`kmani 2 qismiga NaOH eritmasidan quydim. Jarayonni kuzatdim. Bu tajribalar asosida olinggan cho`kma tarkibi to`g`risida o`z xullosamni chiqardim. Al2(SO4)3 bilan (NH4)2S eritmalari orasida boradigan reaksiya tenglamasini yozdim.
Alyuminiy oksidini tabiiy birikmalarini aktivligi gidrargillit (Al2O3 ·3H2O; d = 2,3 – 2,4 g/sm3, boksitlar tarkibiga kiradi) → boksit (Al2O3 · 3H2O; d = 3,01 g/sm3 ) Sanoatda suvsiz glinazemni olishni eng rivojlangan usuli Bayer usulidir.
Bu usulda boksitdan ishqor eritmasi bilan alyuminat natriy olib va alyuminat natriydan alyuminiy gidroksidi cho’ktirdim. 12000 °С da qizdirilib undan suvsiz texnik glinazem olindi, u asosan γ - Al2O3 dan tashkil topgan bo’ladi.
Al2O3 + NaOH → Na2O · Al2O3 · nH2O Na2O·Al2O3 ·H2O + 2HNO3 → Al2O3 · H2O + NaNO3 + 2H2O
Na2O·Al2O3 · nH2O → NaOH + Al(OH)3 Al2O3 + H2SO4 → Al2(SO4)3 + H2O Al2(SO4)3 + NaOH → Na2 SO4 + Al(OH)3
Tayyor glinazemni sifati olingan gidratni tozaligiga bog’liq bo’lib, har xil qo’shimchalarni, SiO2, Fe2O3, Na2O glinazemdagi miqdori bilan aniqladim. Gidratni sifati esa alyuminat eritmalarini tozaligiga bog’liq ekanini bildim.
Alyuminiy eritmasi qancha toza bo’lsa, hosil bo’lgan gidrat shuncha toza bo’ladi. Gidratni karbonizatsiya usuli bilan olinganda yuqori sifatli gidrat olish mumkin. Alyuminat eritmasini karbonat angidrid gazi bilan to’yintirilganda, undan Al(OH)3 cho’kma tushdi.
NaAlO2 + H2O+CO2 →Al(OH)3 + NaOH
NaOH + CO2 → Na2CO3 + H2O yoki
2NaAlO2 + CO2 + 3H2O→2Al(OH)3 + Na2 CO3
2NaOH + H2CO3 → Na2CO3 + 2H2O 2NaAlO2 + H2CO3 + 2N2O → Na2CO3 + 2Al(OH)3
1 . Bu kurs ishi yozish davomida “ Alyuminiy gidroksidining olinishi va xossalari “ mavzusi to`liq o`rganilib chiqildi.
2. Mavzu yuzasidan kerakli adabiyotlar to`plandi, enternet ma`lumotlariga alohida e`tabor qaratildi, bajarilishi mumkin bo`lgan barcha amaliy ishlar olib borildi va reaksiya tenglamalarini yozib chiqildi.
3. Alyuminiy haqida barcha ma`lumotlar, kelib chiqish tarixi birkmalari o`rganilib chiqildi.
4. Alyuminiy birikmalarining olinishi xossalari va ishlatilishi haqida ham alohida ma`lumotlar to`plab ko`rib chiqildi.
5. Alyuminiy gidroksidini olinishi va fizik kimyoviy xossalarini o`rganib chiqildi.
6. Alyuminiy gidroksidning labaratoriya olinishini tajribalar bilan birgalikda bajarildi.
7. Yuqoridagi xulosalardan foydalanggan holda kurs ishi tayyorlandi.
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. I. R. ASQAROV , Sh. H. ABDULLAYEV , O. Sh. ABDULLAYEV . Anorganik kimyo <> Nashriyoti . Toshkent – 2014
2. Q. Ahmerov, A. Jalilov, R. Sayfutdinov, Umumiy va anorganik kimyo . Toshkent “O’zbekiston”. 2003 y.
3. N. A. Parpiyev, H. R. Raximov, A. G. Muftaxov. Anorganik kimyo asoslari. Toshkent “O’zbekiston” 2003 y.
4. YU. T. T. Toshpo’latov, Sh. YE. Ishoqov. Anorganik kimyo . Toshkent “O’qituvchi” 1992 y.
5. I. A. Tashev, R. R. Ro’ziyev, I. I. Ismoilov Anorganik kimyo Toshkent “O’qituvchi” 2004 y.
6. X. To’xtayev, R. Aristonbekov, K. Cho’lponov
Anorganik kimyo Noshir –“Toshkent”-2011
7. I,R. Asqarov , N.X. To`xtayev , K.G`. G`opirov . “Kimyo” . Toshkent “Sharq” ashriyoti –matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2009
8. ASQAR GAYNUTDINOVICH MUFTAHOV Umumiy kimyo <> nashriyoti . Toshkent 2004 .
http:// refleader . ru / jgeqasrnaujgaty.html
https://e-library.namdu.uz
https://oimurschool.ru.eng-muhim alyuminiy birikmalari
https://cheminfo.uz>alyuminiy-haqida
https://uz.warbletoncouncil.org>alyuminiy-tarixi-ishlatilishi
http://www.elib.buxdu.uz>alyuminiy-birikmalari
Dostları ilə paylaş: |