Ushbu maqolada chet tili, xususan, arab tili o‘rganuvchilariga yangi leksik materialni o‘rgatish bosqichlari va bu jarayonda qo‘llaniladigan metodlar haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 72,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix19.12.2023
ölçüsü72,21 Kb.
#186892
1   2   3   4   5   6   7   8
arab tili

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-527-533 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
528
 
February, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
so‘zni tahlil etish, so‘z birikmalarini tuzish kabilar ham shu tushuncha zamirida 
yotadi. 
ASOSIY QISM 
Leksik materialni, aniqrog‘i, tildagi muayyan so‘zlarni o‘rgatish 3 bosqichni 
o‘z ichiga oladi: 
1. Leksikaning taqdimoti. 
2. Leksika mashqlari. 
3. Leksikaning qo‘llanilishi.
Leksikaning taqdimoti.
Bu bosqich yangi so‘zning shakli va ma’nosini 
o‘quvchilarga tanishtirishdan iborat. So‘zlarning ma’nosini taqdim etish o‘z 
navbatida ikki usulda amalga oshirilishi mumkin: tarjima vositasida yoki tarjimasiz. 
Shu o‘rinda chet tilini o‘rgatishda vosita tildan foydalanish muammosi yuzaga 
chiqadi. Bir guruh olimlar yangi so‘zlarni o‘rgatishda vosita til (ko‘p hollarda 
o‘qituvchi va o‘quvchilarning ona tili)dan foydalanishni qat’iyan rad etadilar. 
Xususan, F.Guen, M.Berlits kabi metodist olimlar chet tilini o‘rganish va o‘rgatish 
jarayonida ona tili yoki boshqa vosita til ishtirok etmasligi kerak, deb hisoblaydilar. 
Yangi so‘zni tarjimasiz usul bilan o‘rgatishda turli metodlardan foydalanish mumkin. 

Buyum yoki suratlar orqali o‘rgatish. 
Bunda o‘quvchilarning vizual xotirasi ishga tushadi hamda so‘zlarni tushunish 
va eslab qolish imkoniyati ortadi. 

Harakat namoyishi orqali o‘rgatish. 
Bu metod asosan ish-harakatni bildiruvchi fe’llarda qo‘l keladi. Bunda 
o‘qituvchi muayyan xatti-harakatni o‘zida ko‘rsatib berishi lozim. Shuningdek
o‘quvchilar ham so‘zni talaffuz qilish asnosida mazkur harakatni bajarib ko‘rishlari 
mumkin.


Yüklə 72,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin