Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-527-533 SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 531 February, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
So‘zlar ishtirokida og‘zaki va yozma gaplar tuzish.
M.Valter so‘z boyligini mustahkamlashda asosiy e’tiborni mashqlardagi
so‘zlarni guruhlashtirishga qaratadi: bir o‘zakli so‘zlarni tanlash, mavzuga doir
so‘zlarni ajratish, antonim va sinonim so‘zlarni topish kabilar. Shuningdek, u
mashqlarni o‘yin tarzida olib borishni, o‘quvchilar uchun ta’lim jarayonini qiziqarli
mashg‘ulotga aylantirish zarurligini ta’kidlaydi.
Leksikani amaliyotga joriy qilish, takrorlash va tekshirishga oid turli
mashqlarni o‘yinlar ko‘rinishida o‘tkazish mumkin:
1.
“Kim ko‘p so‘z yasaydi?” o‘yini. Bunda o‘quvchilarga harflar tasviri
tushirilgan kartochkalar to‘plami taqdim etiladi. O‘quvchilardan harflar ishtirokida
turli so‘zlarni yasashlari va ularni izohlab berish talab etiladi. Ushbu o‘yinni arab
tilini o‘rgatish jarayoniga tatbiq qilinganda, harflarning so‘z boshi, so‘z o‘rtasi va
so‘z oxiridagi ko‘rinishlarining tasviri alohida kartochkalarga tushirilishi maqsadga
muvofiq. Chunki o‘rganuvchi bu orqali nafaqat so‘z va uning ma'nosi, balki grafik
ko‘rinishini ham takrorlab, mustahkamlab oladi.
Mazkur o‘yin yangi so‘zlarni ilk mashq qildirish vaqtida, aytilgan so‘zni
kartochkalar orqali yasab berish usulida ham tatbiq etilishi mumkin.
2.
“Issiq o‘rindiq” o‘yini. Bir o‘quvchi doskaga chiqib orqa tarafi bilan stulga
o‘tiradi. Muallim bu vaqtda guruhdagi boshqa o‘quvchilarga istalgan so‘zni yozib
ko‘rsatadi. So‘zni tushungan o‘quvchilar orqamachoq o‘tirgan sheriklariga shu so‘zni
tushuntirib berishlari lozim. 5 ta izohdan so‘ng doskadagi o‘quvchi so‘zni topa
olmasa, uning o‘rindig‘i “isib ketadi” va o‘yinda mag‘lub bo‘ladi.
Masalan, o‘qituvchi قيقد (un) so‘zini ko‘rsatsa, o‘quvchilar quyidagi izohlar
bilan sheriklariga so‘zni tushuntirishlari mumkin.
ضيبأ هنول : لولأا بلاطلا
وأ قوسلا نم هيرتشن :يناثلا بلاطلا
لا
رجتم
زبخلا هنم عنصي :ثلاثلا بلاطلا
فيضن :عبارلا بلاطلا
نيجعلا عنصنل ءاملا هيلإ
“Birinchi talaba: