U
ning rangi oq.
Ikkinchi talaba:
U
ni bozor yoki do‘kondan sotib olamiz.
Uchinchi talaba:
U
ndan non tayyorlanadi.
To‘rtinchi talaba:
U
ni suv bilan qo‘shib, xamir qoramiz”.
Leksik mashqlarni bajarish jarayonida so‘zning turli nutq
namunalarida ishlatilishiga imkon yaratilishi juda zarur. Negaki,
Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-527-533
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
532
February, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
leksik ko‘nikmani shakllantirishda uning kontekstda ro‘yobga chiqarilishi kutilgan
natija garovidir. Faqatgina yakka so‘z va uning tarjimasi ustida ishlash so‘zni "bilish"
demakdir, "egallash" emas.
Leksikaning qo‘llanilishi.
Oddiy “bilish” deganda, so‘z ma’nosini yodda
saqlash yoki shaklini tanib olish holati ko‘zda tutiladi. “Egallash” esa ko‘nikma
darajasida bilish demakdir. Leksikani egallaganlik darajasi so‘zlarni nutqda erkin
qo‘llay bilish bilan o‘lchanadi. Til o‘rganuvchisi istalgan so‘zni bamaylixotir nutqda
ishlata olsa, so‘zning latent davri (esda saqlash muddati) ta’minlangan va u puxta
o‘zlashtirilgan hisoblanadi. Mashq qilish bosqichidan leksikaning qo‘llanilishi
bosqichiga qadam qo‘yilar ekan, fikr bayon qilishda sodir bo‘ladigan leksika
tanlovida ong ishtiroki pasayadi, ya’ni o‘quvchi o‘z fikrini ifodalovchi so‘zlar ustida
uzoq o‘ylanmaydi.
Leksika bilan tanishish va mashq qilish bosqichlarida leksik birlik ustida
ishlash birlamchi edi. Biroq qo‘llanilish bosqichida nutq birlamchi o‘ringa chiqadi va
leksika vosita sifatida nutqiy xizmat qiladi.
Leksikaning qo‘llanilishi bosqichida fikrni bayon qilishga doir bir qator
mashqlarni o‘tkazish mumkin:
•
Harakat, hodisa va narsani sharhlab berish;
•
Yangi so‘zlarni qo‘llab, rasmni tasvirlash. (Rasm o‘rganilgan mavzu
doirasida bo‘lishi lozim);
•
Biror nutq mavzusini tasvirlash (Masalan: Sayohat qilgan davlating
haqida so‘zlab ber);
•
O‘qilgan matnni yangi so‘zlar ishtirokida gapirib berish;
•
Tinglangan matnning mazmunini bayon qilib berish;
•
Tomosha qilingan videoni so‘zlab berish. Agar film so‘zsiz bo‘lsa ( مليف
تماص), o‘quvchini mushohadaga undash va film zamirida yotgan ma’no haqidagi
fikrlarini so‘rash mumkin.
Sanab o‘tilgan metodlarni o‘rta va yuqori bosqich o‘rganuvchilariga nisbatan
tatbiq etish tavsiya etiladi.
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, til o‘rganishda uning lug‘at boyligi va
imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish va puxta o‘zlashtirish eng zaruriy talablardan
hisoblanadi.
Shu
sababli
chet
tili
xususan,
arab
tili
o‘qituvchilariga bu ishga mas’uliyat bilan yondashish, leksik
materialni taqdim etish va mashq qildirishda turli metodlardan
|