Ushbu ma`ruzada suffoziya tushunchasi, uning karst jarayonlaridan farqi, suffozion jarayonlarga moyil tog` jinslari, suffozion jarayonlar natijasida kelib chiqqan relyef shakllari hamda suffozion jarayonlarning salbiy oqibatlari haqida so`z
Ushbu ma`ruzada suffoziya tushunchasi, uning karst jarayonlaridan farqi, suffozion jarayonlarga moyil tog` jinslari, suffozion jarayonlar natijasida kelib chiqqan relyef shakllari hamda suffozion jarayonlarning salbiy oqibatlari haqida so`z yuritiladi.
MA’RUZA №11 SUFFOZION JARAYONLAR VA RELYEF SHAKLLARI Reja: 1. Suffoziya tushunchasi, uning karst jarayonlaridan farqi, suffozion jarayonlarga moyil tog` jinslari
2. Suffozion jarayonlar natijasida kelib chiqqan relyef shakllari
3. Suffozion jarayonlarning salbiy oqibatlari
Tayanch so’z va iboralar: suffozion relyef, suffozion varonkalar, suffozion o`pirilish, suffozion jarlar.
1-REJA: Suffoziya tushunchasi, uning karst jarayonlaridan farqi, suffozion jarayonlarga moyil tog` jinslari Suffoziya (lot. suffossio — o’yish) — Yer osti suvlari ta’sirida tog` jinslari massividan mayda mineral (xlorli, sulfat, karbonat tuzlar va b.) zarrachalarining mexanik ravishda yuvilish jarayoni. Suffoziya ko’proq kumli, lyossli va b. dispers jinslarda sodir bo’ladi. Suffoziya massivning tuzilishi va tarkibiga nisbatan: turli tarkibli jinslarning qatlamlarida va bu qatlamlarning ulanish joylarida; tektonik buzilish zonalaridagi darzliklardagi bir jinsli bo’lmagan to’ldirgichlarda; tog` jinslarining ulanish joylarida va sun’iy inshootlar (filtr, drenaj va b.)dan to’kilgan materiallarda rivojlanadi.
Tog` jinslari granulometrik tarkibining turlilik darajasini kupayishi, yer osti suvlari harakati tezligining oshishi suffoziyani vujudga kelishiga imkon tug`diradi. Suffoziya tog` jinslari tarkibi va strukturasining o’zgarishiga, ularning g`ovakliligi va suv o’tkazuvchanligini ortishiga, mahkamliligini pasayishiga olib keladi. Natijada ustki qatlam cho’kib, yuqorida diametri 10 m gacha, ba’zan 100—500 m gacha bo’lgan mayda va yirik halqasimon chuqurlar hosil bo’ladi. Suffoziya natijasida yumshagan jinslar tog` yon bag`irlarida ko’chki hosil bo’lishiga imkon yaratadi. Inshootlar asosidagi tog` jinslarda suffoziya ularning notekis cho’kishiga, shaklini o’zgartirishiga va buzilishiga olib keladi.
Yer osti va yer usti suvlarining birgalikdagi faoliyati ta’siridan tog` jinslarining mayda bo`laklari va eritmalarini oqizib ketishi va suv bilan birga yer yuzasiga chiqish jarayoni suffoziya (lotincha “o`yish” degani) deyiladi. Suv yer yuzasidagi jinslar orasiga kirib, tuproq zarrachalari va eritmalarni tog` yonbagriga, jar, zovur, daryo, ko`l tagiga chiqarib tashlaydi. Cho`l sharoitidagi suffozion jarayon ta’sirida yer qisman cho`kadi va buning natijasida cho`l tovoqchalari hosil bo`ladi. Cho`kish jarayoni asosan qayirlar, yumshoq tog` jinslari, lyosslarda namgarchilik ko`tarilishi natijasida, suvning vertikal sirkulyatsiyasidan hosil bo`ladi. Cho`l tovoqchalari ko`p uchraydigan joylar podlar deyiladi. Cho`l tovoqchalarining ostki qismi atrofga nisbatan 2-3 m, ba’zan 7 m gacha cho`kkan bo`ladi, diametri 100 m ga yetadi. Cho`l tovoqchalari quruq lyossli va qumli cho`llarda ko`p uchraydi. Bu relyef shakli tekis bo`lmagan yuzada vujudga kelib, ba’zi joylarda yog`in suvlarining to`planib qolishi va shundan so`ng asta-sekinlik bilan suvda eruvchi mayda zarrachalarni olib ketaveradi, shu yerning cho`kishiga sharoit yaratadi.
Tog` jinslari orasidan asta - sekin o`tib boradigan suv sust harakatlanishiga qaramay, ma’lum darajada va ancha sezilarli geologik ish bajaradi; yer osti suvlarining erituvchanlik xossasi orqali bo`ladigan ximiyaviy ishi ayniqsa sezilarlidir.
Tog` jinslari orqali sizilib o`tayotgan suvlar mineral zarrachalarni va jinslarni eritib quyi qatlamga yoki yer yuziga olib ketishiga suffoziya deyiladi. Suffoziya protsessi natijasida yer betida turli xil chuqurliklar hosil bo`ladi. 1 l yer osti suvida 300 g gacha har xil erigan tuzlar bo`ladi. Yer osti suvlarining` tog` jinslari tarkibidagi birikmalarni eritib olib ketishiga ishqorlanish deyiladi. Tog` jinslari orasidagi tosh tuzi tez eriydi, agar suv temperaturasi normal bo`lsa, u 35% ga qadar eriydi, shuning uchun tosh tuzi konlari faqat suv o`tib, yuvilib ketmaydigan qatlamlardagina saqlanib qolishi mumkin. Shuningdek, gips va angidrid, ohaktosh, bo`r, dolomit, mergel jinslari ham suvda yaxshi yariydi. Er osti suvlarida erigan minerallar bo`lganligidan ular turlncha erituvchanlik qobiliyatiga egadir. Sof distillangan 1 l suv SaSO3 (ohaktosh) ni. 10,5 mg/l ni eritsa, tarkibida 1 mg/l karbonat angidrid bo`lgan 1 l suv 50—60 mg/l erita oladi. Buning sababi SO2 gaziga to`yinganligidan yer osti suvida atmosferaga nisbatan SO2 gazi 20 marta ko`p bo`ladi. SO2 gazi ko`p bo`lsa, suv N+ va ON-ioniga ajraladi, natijada suvni erituvchanligi ortadi bunda: SaSO3+N2O SO®Sa (NSO3)2 bu havoda turg`unsizligidan Sa(NSO3)2 SaSO3+N2O+SO2 ajraladi.
Yer osti suvida NaCl eritmasi ko`p bo`lsa, gips 2,5-3,5 baravar ko`p eriydi, agar oltingugurtli magniy kislotasi bo`lsa, gips erimaydi. Gipsli, ohaktoshli rayonlarda g`or va chuqurliklar vujudga keladi. Qrim yaylalari, Ustyurt va boshqa ohaktoshli massivlar yuzasyda ko`p uchraydigan voronkasimon chuqurliklar va boshqa suvga to`lgan voronkalar gips voronkalariga juda o`xshaydi. Bularning diametrlari 100 m va bundan sal ortiqroq bo`ladi; ular yuza qatlamning yuvilishidan, erishidan, ba’zan qulashidan ham vujudga keladi. Ohaktoshdagi voronkalar tagida yoriqlar hamda kanallarni uchratish mumkin, bular ponorlar deb ataladi.