Ушбу “Модда тузилиши” курсидан маърузалар матни асосида тайёрланган ы=ув =ылланмаси кафедра =арорига асосан аду ы=ув услубий щайъати томонидан (1999 йил 4 сентябр) =ылланишга тавсия этилган



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə19/23
tarix24.09.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#147538
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
moddastruk

Molekulalar to’liQ spektri.

Molekulalarning to’liq spektrini ba’zan elektron spektr deb ham yuritiladi, chunki bu spektr molekuladagi elektronlar atomlardagi kabi bir energetik pog’onadan o’tganda poydo bo’ladi. Qo’shni elektron pog’onalarning orasi nisbatan uzoq, shuning uchun unga to’g’ri kelgan kvantning chastotasi ultrabinafsha sohada bo’ladi. Elektron o’tish ro’y bergan paytda u bilan birgalikda aylanma va tebranma o’tishlar ham paydo bo’ladi. Elektron o’tish vaqtida molekulaning deyarli hamma parametrlari-, Be, We, Xe lar o’zgaradi. Agar uchchala o’tishning o’zaro ta’sir qilishini hisobga olsak vum topish ancha qiyin bo’ladi. Shuning uchun ayrim chastotalarning additiv yig’indisi olinadi.


Bu takrorliklar o’zaro eta ko’rinishida bog’langan. Agar elektron o’tish ma’lum pog’onalar orasida ro’y bersa, econst deb hisoblash mumkin.

Elektron o’tish bo’lgan hol uchun t, bunday o’tish bo’lmagan holdan farq qiladi, chunki We, Xe lar o’zgaradi.
a e bo’lgani uchun uni tushirib qoldirsak.

Elektron o’tish vaqtida v istalgancha o’zgarishi mumkin: tanlash qoidasi aniq emas. Molekula istalgan pastki tebranma pog’onadan istalgan yuqorigi pog’onaga o’tishi mumkin. Тo’liq spektrni tahlil qilish uchun uni seriyalarga ajratiladi. Seriyalarga ajratish uchun Delandr sistemasidan foydalaniladi. Bu sistemaga asos qilib pastki va yuqorigi energetik pog’onalardagi tebranish kvant sonlarining qiymati e’tiborga olinadi.(jadvalga qaralsin).

Ko’ndalang seriyalar chastotalari; yutilish spektriga xos v-const; v’-o’zgaradi. Start-finish misoliga o’xshaydi. Bu seriyalar chiziqlari yutilish spektrida ravshanroq bo’ladi, bo’ylanma seriyalar v’-const chastotalari v-o’zgaradi chiqarish spektrida ravshanroq bo’ladi.


Ko’ndalang seriya chiziqlari molekulalar bir xil pastki tebranma energetik pog’onadan har-xil yuqorigi pog’onaga ko’tarilganda paydo bo’ladi.


Bo’ylanma seriyalar molekulalar bir xil yuqorigi tebranma energetik pog’onadan har xil pastki pog’onalarga o’tgan paytda hosil bo’ladi.
Diagonal seriyalar chiziqlari uchun pastki pog’onaning ham yuqorigi tebranma energetik pog’onaning ham tebranish kvant sonlari istalgancha bo’lishi mumkin. Ko’ndalang seriya chiziqlari to’plami uchun qizil soya va binafsha kant xarakterlidir. Bo’ylanma seriyalar chiziqlari uchun binafsha soya va qizil kant xarakterlidir.

Atomlardagiga o’xshash molekulalardagi elektron o’tishlar ultrabinafsha sohada ro’y beradi. O’tish chastotasi atomlar chastotasiga yaqin. Energiyasi 1 eV dan 20 yeV gacha bo’lgan interval (oraliq) da bo’ladi. Mazkur elektron holat uchun molekulaning to’liq energiyasi atomlar orasidagi masofaga, ya’ni molekula qanday tebranma va qanday aylanma energetik pog’onada turganligiga bog’liq. UB-spektroskopiya moddalarni fizikaviy tadqiq qilish uchun keng imkoniyatlar beradi.


Тayanch iboralar: molekulalar to’liq spektri, energetik pog’ona, elektron o’tish, aylanma o’tish, tebranma o’tish, ko’ndalang seriyalar, bo’ylama seriyalar, diagonal seriyalar



Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin