Ушбу “Модда тузилиши” курсидан маърузалар матни асосида тайёрланган ы=ув =ылланмаси кафедра =арорига асосан аду ы=ув услубий щайъати томонидан (1999 йил 4 сентябр) =ылланишга тавсия этилган



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə3/23
tarix24.09.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#147538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
moddastruk

MAKROJISMLARNING ТUZILIShI VA HOSSALARI ТO’G’RISIDA ТA’LIMOТ

Makrojismlar yadro va elektronlardan iborat bo’lgan holda, ba’zi fizik sharoitlarda (harorat, bosim, maydon o’zgarganda) makrojismlar tuzilishini ko’rsatish uchun molekula, molekulyar ion, atom, atomar ion - kimyoviy zarrachalari tushunchalarini kiritish lozim bo’ladi.


Makrojism yagona kimyoviy zarra sifatida ko’rilishi uchun undagi yadro va elektronlar birlashmasi tashqi ta’sirlarsiz holatda noaniq uzoq vaqt davomida, kichik tuzilma birliklariga parchalanmasdan mavjud bo’la olishi kerak.
Gazsimon yoki bug’simon makrojismlarda kimyoviy zarralar orasidagi ta’sir shu zarralar ichidagi yadro va elektronlar o’zaro ta’siridan kichik bo’lgan hollardagi konsentratsiyalardagina kimyoviy zarracha tushunchasini kiritish imkonini beradi. Bu hollarda (gazlarda) alohida zarralar ushbu konsentratsiya uchun xos bo’lgan o’rtacha masofada o’zaro ta’sirlashmaydida, faqat to’qnashgandagina o’zaro ta’sirlashadi deb olinadi. Bunday sharoitda, har bir alohida kimyoviy zarra, yadro va elektronlarning boshqa shunday makrojism to’planmasi ta’siridan holi bo’lgan, vakuumdagi birlashmasi deb qabul qilinishi mumkin.
Kondensirlangan makrojismlar (suyuq yoki qattiq) misolida esa aniq bir makrojism uchun ham “kimyoviy zarra” (masalan, molekula) tushunchasi ma’nosi shartli qabul qilinadi. Bir tomondan bu fizikaviy sharoitlarga (harorat, bosim, maydon) bog’liq bo’ladi, chunki, bu sharoitlar o’zgarishi bilan makrojismda zarrachalarning o’zaro va ichki ta’sirlashuvlari intensivligi va roli o’zgaradi, shu sababdan, makrojismni ta’riflovchi alohida zarralar konkret modeli ham o’zgaradi. Boshqa tomondan, kondensirlangan makrojismda molekula yoki ion kabi alohida zarrani alohida holda ajralgan deb ko’rsatishning o’zi to’g’ri bo’lmaydi.
Shunday qilib, gazlarning kuchli siyraklashtirilgan holatidan boshqa holatlarda kimyoviy zarracha tushunchasi makrojismlar uchun qandaydir darajada shartli ravishda qo’llanadi.
Kimyoviy zarralar yadro tarkibi va zaryadi quyidagi umumiy formula bilan ifodalanadi: PAPZ AEnZ (kimyoviy element simvollari bilan); A-massa soni; Z-zaryad soni; n-bu izotop ko’rinishining zarradagi yadrolari soni; PAPZ-zarra;
HSl zarrasini ifodalash: 1E11, 35E117 (N-oddiy 1N11 , Cl-oddiy 35Cl117) indeks qiymati 1 ga teng bo’lsa tushirib qoldiriladi, 1H35Cl. Agar zarra tarkibiga eng ko’p tarqalgan izotop yadrolari kirsa, massa soni ham tushirib qoldiriladi: HSl deb yoziladi.
Kimyoviy zarralar turli xarakteristikalar bo’yicha turlarga ajratilishi mumkin. Yig’indi elektr zaryadi bo’yicha ular elektroneytral va zaryadlangan zarralarga bo’linishlari mumkin:

  • Bir yadroli elektroneytral kimyoviy zarralar-atomlar

  • Ko’p yadroli elektroneytral kimyoviy zarralar-molekulalar

  • Elektrik zaryadlangan zarralar-ionlar

  • Bir yadroli elektrik zaryadlangan zarralar-atomar ionlar

  • Ko’p yadroli elektrik zaryadlangan zarralar-molekulyar ionlar

Kimyoviy zarralarning quyidagi ikki modeli mavjud:

  1. Zarra-yadrolar birlashmasi va ularning maydonidagi qandaydir miqdor manfiy zaryad beruvchi elektronlarni bir butun, barqaror holati, bunda manfiy zaryad yadrolarning bog’lanib turishini ta’minlovchi omil.

  2. Zarra-atomning (yoki atom va ionlar-molekulyar ion) erkin atom (yoki atomar-ion) holidagi holatdan bir oz o’zgargan holatga olib keluvchi, o’zaro ta’sirlashuv orqali bog’langan birlashmasi.

1-model umumiyroqdir, 2-model uning ba’zi xususiy holatlar uchun ko’rinishidir. 1-model moddalar tuzilishining kvantmexanik nazariyasi uchun qulay, 2-model esa moddalar tuzilishining klassik nazariyasi uchun qulaydir.



Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin