std::cout << "Hello\n"; satrida biz chiqish oqimi ob'ekti cout ning to'liq ismini qo'lladik. Keyingi satrda esa biz yana ayni ob'ektni ishlatdik, lekin endi uni to'liq atab o'tirmadik, chunki biz std ismlar sohasini using bilan e'lon qilib bo'ldik. Ismlarni global ismlar sohasida e'lon qilish uchun ularni blok va funkisiyalar tashqarisida aniqlash kerak. Masalan:
# include int i;
int main()
{
...
int k;
...
return (0);
}
Bu yerda i global ismlar sohasida joylashgan, k esa main() funksiyasiga tegishli. O'zgaruvchilarni global ism sohasida aniqlashning boshqa yo'li, ularni nomsiz ismlar sohasida belgilashdir. Yani:
namespace {
int j;
}
j o'zgaruvchisi global boldi. Uni ishlatish uchun:
::j = ::j + 7;
:: operatorini qo'llashimiz mumkin, yoki oddiygina qalib faqat o'zini:
j = j * 9;
kabi yozishimiz mumkin. Ammo agar biz ishlayotgan dastur blokida ayni ismli o'zgaruvchi bo'lsa, masalan j, unda ushbu lokal aniqlangan j bizning global j imizni berkitib qo'yadi. Biz j ni o'zini qo'llasak, lokal j ga murojat
qilgan bo'lamiz. Global j ni ishlatish uchun endi :: operatorini qo'llashga majburmiz. Bu mulohazalar umuman olganda boshqa ismlar sohalarini ishlatganimizda ham o'rinlidir.
2. BOSHQARUV IFODALARI Bu bo'limda biz strukturali dasturlashning asosiy prinsip va qismlarini ko'rib chiqamiz. Ma'lum bir dasturni yozish uchun belgilangan qadamlarni bosib o'tish kerak. Masala aniqlangandan so'ng uni yechish uchun mo'ljallangan algoritm tuziladi. Keyin esa psevdokod yoziladi. Psevdokod algoritmda bajariladigan qadamlarni ko'rsatadi. Bunda faqat bajariladigan ifodalar ko'rib chiqiladi. Psevdokodda o'zgaruvchi e'lonlari yoki boshqa ma'lum bir dasturlash tiliga mansub bo'lgan yordamchi amallar bo'lmaydi. Psevdo kodni yozish dasturlashni ancha osonlashtiradi, algoritm mantig'ini tushunishga va uni rivojlanritishga katta yordam beradi. Misol uchun bir dasturning rejasi va psevdo kodi 3-4 oy yozilgan bo'lsa va yuqori darajada detallashtirilgan bo'lsa, ushbu dasturning C++ yoki boshqa tildagi kodini yozish 2-3 hafta vaqt oladi halos. Bu yozilgan programmada hato ancha kam bo'ladi, uni keyinchalik takomillashtirish arzonga tushadi. Hozirgi paytda dastur o'zgarishi favqulotda hodisa emas, balki zamon talabidir.
DASTUR IJRO STRUKTURALARI Asosan dasturdagi ifodalar ketma-ket, navbatiga ko'ra ijro etiladi. Gohida bir shart bajarilishiga ko'ra, ijro boshqa bir ifodaga o'tadi. Navbatdagi emas, dasturning boshqa yerida joylashgan ifoda bajariladi. Yani sakrash yoki ijro ko'chishi vujudga keladi. 60-chi yillarga kelib, dasturlardagi ko'pchilik hatolar aynan shu ijro ko'chishlarining rejasiz ishlatilishidan kelib chiqishi ma'lum bo'ldi. Bunda eng katta aybdor deb bu ko'shishlarni amalga oshiruvchi goto(..ga bor)ifodasi belgilandi. goto dastur ijrosini deyarli istalgan yerga ko'chirib yuborishi mumkin. Bu esa programmani o'qishni va uning strukturasini murakkablashtirib yuboradi. Shu sababli "strukturali dasturlash" atamasi "goto ni yo'q qilish" bilan tenglashtirilardi. Shuni aytib o'tish kerakki,goto kabi shartsiz sakrash amallarini bajaruvchi ifodalar boshqa dasturlash tillarida ham bor. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, istalgan programma goto siz yozilishi mumkin ekan. goto siz yozish uslubi strukturali dasturlash deb nom oldi. Va bunday dastur yozish metodi katta iqtisodiy samara beradi. Strukturali dasturlash asosi shundan iboratki, har bir programma faqatgina uch hil boshqaruv strukturalaridan iboratdir.Bular ifodalarni ketma-ket ijro etish strukturasi (sequence structure), tanlash strukturasi (selection structure) va amalni qayta ijro etish strukturasidir (repetition structure).
Ifodalarni ketma-ket ijro etish strukturasi C++ tomonidan ta'minlanadi. Normal sharoitda C++ ifodalari dasturdagi navbatiga ko'ra bajariladi. Tanlash buyruqlari uchtadir. Bular if, if/else va switch dir. Qayta ijro etish buyruqlari gurugiga ham uchta a'zo bor, bular while, do/while va for. Bularni har birini keyinroq tahlil qilib chiqamiz. Yuqoridagi buyruqlar nomlari C++ dasturlash tilining mahsus so'zlaridir. Dasturchi bu so'zlarni o'zgaruvchi yoki funksiyalar nomi sifatida qo'llashi ta'qiqlanadi. Quyida C++ ning ajratilgan so'zlarining to'liq ro'yhati berilgan.
C++ va C ga tegishli:
auto do goto signed unsigned
break double if sizeof void
case else int static volatile
char enum long struct while
const extern register switch
continue float return typedef
default for short union
9Faqat C++ ga qarashli:
asm explicit operator this virtual
bool false private throw wchar_t
catch friend protected true
class inline public try
const_cast mutable reinterpret_cast typeid
delete namespace static_cast typename
dynamic_cast new template using
C++ dagi yetita boshqaruv strukturasini aytib o'tdik. Ular bittagina boshlanish nuqtasiga va bittagina chiqish nuqtasiga egadirlar. Demak biz bu dastur bo'laklarini ketma-ket ulab ketishimiz mumkin. Boshqaruv trukturalari-
ning bu kabi ulanishini devorning g'ishtlarini ustma-ust
qalashga ham taqqoslasak bo'ladi. Yoki biz bu bloklarni bir-birining ichiga joylashtirishimiz mumkin. Bu kabi qo'llashish ikkinchi uslub bo'ladi. Mana shu ikki yo'l bilan bog'langan yetita blok yordamida biz istalgan dasturimizni yoza olamiz.
if STRUKTURASI Biz shartga ko'ra bir necha harakat yo'lidan bittasini tanlaymiz. Misol uchun: agar bolaning yoshi 7 ga teng yoki katta bo'lsa u maktabga borishi mumkin bo'lsin. Buni C++ da if ni qo'llab yozaylik.
if (yosh >= 7)
maktab();
Bu yerda shart bajarilishi yoki bajarilmasligi mumkin. Agar yosh o'zgaruvchisi 7 ga teng yoki undan katta bo'lsa shart bajariladi va maktab() funksiyasi chaqiriladi. Bu holat true (to'g'ri) deyiladi. Agar yosh 7 dan kichik bo'lsa, maktab() tashlab o'tiladi. Yani false (noto'g'ri) holat yuzaga keladi. Biz shart qismini mantiqiy operator-larga asoslanganligini ko'rib chiqqan edik. Aslida esa shartdagi ifodaning ko'rinishi muhim emas – agar ifodani nolga keltirish mumkin bo'lsa false bo'ladi, noldan farqli javob bo'lsa, musbatmi, manfiymi, true holat paydo bo'ladi va shart bajariladi. Bunga qo'shimcha qilib o'tish kerakki, C++ da mahsus bool tipi mavjud. Bu tipdagi o'zgaruvchilarning yordamida bul (mantiqiy) arifmetikasini amalgam oshirish mumkin. bool o'zgaruvchilar faqat true yoki false qiymatlarini olishlari mumkin.
if/else STRUKTURASI if ni qo'llaganimizda ifoda faqat shart haqiqat bo'lgandagina bajariladi, aks holda tashlanib o'tiladi. if/else yordamida esa shart bajarilmaganda (false natija chiqqanda) else orqali boshqa bir yo'ldan borishni belgilash mumkin. Misolimizni takomillashtirsak. Bola 7 yosh yoki undan katta bo'lsa maktabga, 7 dan kichkina bo'lsa bog'chaga borsin.
if (yosh >= 7)
maktab(); //nuqta-vergul majburiydir
else
bogcha();
Yuqorida if ga tegishli bo'lgan blok bitta ifodadan (maktab()) iborat. Shu sababli nuqta-vergul qo'yilishi shart. Buni aytib o'tishimizning sababi, masal Pascalda hech narsa qo'yilmasligi shart. C++ da bitta ifosa turgan joyga ifodalar guruhini {} qavslarda olingan holda qo'ysa
bo'ladi. Masalan:
if (yosh >= 7){
cout << "Maktabga!\n";
maktab();
}
else{
cout << "Bog'chaga!\n";
bogcha();
}
Aslida har doim {} qavslarni qo'yish yahshi odat hisoblanadi; keyinchalik bir ifoda turgan joyga qo'shimcha qilinganda qavslardan biri unutilib qolmaydi.
Strukrurali dasturlashning yana bir harakterli joyi shundaki tabulyatsiya, bo'sh joy va yangi satrlar ko'p qo'llaniladi. Bu programmani o'qishni osonlashtirish uchun qilinadi. C++ uchun bo'sh joyning hech ahamiyati yo'q, lekin dasturni tahrir qilayatgan odamga buyruqlar guruhini, bloklarni tabulyatsiya yordamida ajratib bersak, unga katta yordam bo'ladi. Yuqoridagini quyidagicha ham yozish mumkin:
if(yosh>=7){cout<<"Maktabga!\n";maktab()}else{cout<<"Bog'chaga!\n";bogcha()};
Biroq buni o'qish ancha murakkab ishdir.
C++ da if/else strukturasiga o'hshash ?: shart operatori (conditional operator) ham bordir. Bu C++ ning bittagina uchta argument oluvchi operatori. Uch operand va shart operatori shart ifodasini beradi. Birinchi operand orqali
shartimizni beramiz. Ikkinchi argument shart true (haqiqat) bo'lib chiqqandagi butun shart ifodasining javob qiymatidir. Uchinchi operand shartimiz bajarilmay (false) qolgandagi butun shart ifodasining qiymatidir. Masalan:
bool bayroq;
int yosh = 10;
bayroq = ( yosh >= 7 ? true : false );
Agar yosh 7 ga teng yoki katta bo'lsa, bool tipidagi o'zgaruvchimiz true qiymatini oladi, aks taqdirda false bo'ladi. Shart operatori qavslar ichida bo'lishi zarur, chunki uning kuchi katta emas. Javob qiymatlar bajariladigan funksiyalar ham bo'lishi mumkin:
yosh >= 7 ? maktab() : bogcha();
if/else strukturalarini bir-birining ichida yozishimiz mumkin. Bunda ular bir-biriga ulanib ketadi. Misol uchun tezlikning kattaligiga qarab jarimani belgilab beruvchi blokni yozaylik.
if (tezlik > 120)
cout << "Jarima 100 so'm";
else if (tezlik > 100)
cout << "Jarima 70 so'm";
else if (tezlik > 85)
cout << "Jarima 30 so'm";
else
cout << "Tezlik normada";
Agar tezlik 120 dan katta bo'lsa birinchi if/else strukturasining haqiqat sharti bajariladi. Va bu holda albatta tezlik o'zgaruvchimizning qiymati ikkinchi va uchinchi if/else imizni ham qoniqtiradi. Lekin solishtirish ulargacha bormaydi, chunki ular birinchi if/else ning else qismida, yani noto'g'ri javob qismida joylashgandir. Solishtirish birinchi if/else da tugashi (aynan shu misolda)tanlash amalini tezlashtiradi. Yani bir-biriga bog'liq if/else lar alohida if struktura-lari blokidan tezroq bajarilishi mumkin, chunki birinchi holda if/else blokidan vaqtliroq chiqish imkoni bor.Shu sababli ich-ichiga kirgan if/else lar guruhida true bo'lish imkoni ko'proq bo'lgan shartlarni oldinroq tekshirish kerak.
switch STRUKTURASI if-else-if yordami bilan bir necha shartni test qilishimiz mumkin. Lekin bunday yozuv nisbatan o'qishga qiyin va ko'rinishi qo'pol bo'ladi. Agar shart ifoda butun son tipida bo'lsa yoki bu tipga keltirilishi mumkin bo'lsa, biz switch (tanlash) ifodalarini ishlata olamiz.
switch strukturasi bir necha case etiketlaridan (label) va majburiy bo'lmagan default etiketidan iboratdir. Etiket bu bir nomdir. U dasturnig bir nuqtasidaga qo'yiladi. Programmaning boshqa yeridan ushbu etiketga o'tishni bajarish mumkin. O'tish yoki sakrash goto bilan amalga oshiriladi, switch blokida ham qo'llaniladi.
5 lik sistemadagi bahoni so'zlik bahoga o'tqizadigan blokni yozaylik.
int baho;
baho = 4;
switch (baho) {
case 5: cout << "A'lo";
break;
case 4: cout << "Yahshi";
break;
case 3: cout << "Qoniqarli";
break;
case 2:
case 1: cout << "A'lo";
break;
default: cout << "Baho hato kiritildi!";
break;
}
switch ga kirgan o'zgaruvchi (yuqorigi misolda baho) har bir case etiketlarining qiymatlari bilan solishtirilib chiqiladi. Solishtirish yuqoridan pastga bajariladi. Shartdagi qiymat etiketdagi qiymat bilan teng bo'lib chiqqanda ushbu case ga tegishli ifoda yoki ifodalar bloki bajariladi. So'ng break (buzmoq, tugatmoq) sakrash buyrug'i bilan switch ning tanasidan chiqiladi. Agar break qo'yilmasa, keyingi etiketlar qiymatlari bilan
solishtirish bajarilmasdan ularga tegishli ifodalar ijro ko'raveradi. Bu albatta biz istamaydigan narsa. default etiketi majburiy emas. Lekin shart chegaradan tashqarida bo'lgan qiymatda ega bo'lgan hollarni diagnostika qilish
uchun kerak bo'ladi.
case va etiket orasida bo'sh joy qoldirish shartdir. Chunki, masalan, case 4: ni case4: deb yozish oddiy etiketni vujudga keltiradi, bunda sharti test qilinayotgan ifoda 4 bilan solishtirilmay o'tiladi.
while TAKRORLASH STRUKTURASI Takrorlash strukturasi bir ifoda yoki blokni ma'lum bir shart to'g'ri (true) bo'lishi davomida qaytarish imkonini beradi. Qaytarilayatgan ifoda shartga ta'sir ko'rsati-shishi kerak. Ma'lum bir vaqt o'tkandan keyin shart false ga o'zgartilishi kerak. Bo'lmasam while (davomida) tugatilmaydi. while faqat o'zidan keyin kelgan ifodaga ta'sir qiladi. Agar biz bir guruh amallarni qaytarmoqchi bo'lsak, ushbu blokni {} qavslar ichiga olishimiz kerak. Shart takrorlanuvchi blokning boshida tekshirilgani sababli, agar shart noto'g'ri bo'lib chiqsa, blokni hech ijro ko'rmasligi ham mumkin.
10 ning faktorialini hisoblovchi dastur blokini keltiraylik.
int factorial = 1;
int son = 1;
while (son < 11) {
factorial = factorial * son;
son = son + 1;
}
Bu yerda javobimiz factorial o'zgaruvchimizda saqlanmoqda. son o'zgaruvchimiz har takrorlanishda birga orttirilmoqda. son 11 ga yetganida while dagi shart
false bo'ladi va takrorlanish tugatiladi. Yani son ning 11 qiymati javobga ta'sir ko'rsatmaydi. Biz qo'llagan son o'zgaruvchimiz sanovchi (counter)vazifasini bajaradi. Bu kabi o'zgaruvchilar vazifasiga ko'ra 1 yoki 0 ga
tenglashtiriladi. Buni biz initsializatsiya deymiz. Initsializatsiya qilinmagan o'zgaruvchilar qiymatlari hotiradagi oldinroq ishlagan programmalar qoldiqlariga teng bo'ladi. Bu esa hatoga olib keladi. Shu sababli
sanovchilarga boshlangish qiymat berib o'tilishi kerak.
do/while TAKRORLASH STRUKTURASI do/while ifodasi while strukturasiga o'hshashdir. Bitta farqi shundaki while da shart boshiga tekshiriladi. do/while da esa takrorlanish tanasi eng kamida bir marta ijro ko'radi va shart strukturaning so'ngida test qilinadi. Shart true bo'lsa blok yana takrorlanadi. Shart false bo'lsa do/while ifodasidan chiqiladi. Agar do/while ichida qaytarilishi kerak bo'lgan ifoda bir dona bo'lsa {} qavslarning keragi yo'qdir. Quyidagicha bo'ladi:
do
ifoda;
while (shart);
Lekin {} qavslarning yo'qligi dasturchini adashtirishi mumkin. Chunki qavssiz do/while oddiy while ning boshlanishiga o'hshaydi. Buni oldini olish uchun {}
qavslarni har doim qo'yishni tavsiya etamiz.
int k = 1;
do {
k = k * 5;
} while ( !(k>1000) );
Bu blokda 1000 dan kichik yoki teng bo'lgan eng katta 5 ga karrali son topilmoqda. while shartini ozroq o'zgarti-rib berdik, ! (not - inkor) operatorining ishlashini misolda ko'rsatish uchun. Agar oddiy qilib yozadigan
bo'lsak, while shartining ko'rinishi bunday bo'lardi: while (k<=1000); Cheksiz takrorlanishni oldini olish uchun shart ifodasining ko'rinishiga katta e'tibor berish kerak. Bir nuqtaga kelib shart true dan false qiymatiga o'tishi shart.
QIYMAT BERISH OPERATORLARI Bu qismda keyingi bo'limlarda kerak bo'ladigan tushuncha-larni berib o'tamiz.C++ da hisoblashni va undan keyin javobni o'zgaruvchiga beruvchi bir necha operator mavjuddir. Misol uchun:
k = k * 4; ni
k *= 4;
deb yozsak bo'aladi.
Bunda *= operatorining chap argumenti o'ng argumentga qo'shiladi va javob chap argumentda saqlanadi. Biz har bir operatorni ushbu qisqartirilgan ko'rinishda
yoza olamiz (+=, -=, /=, *= %=). Ikkala qism birga yoziladi. Qisqartirilgan operatorlar tezroq yoziladi, tezroq kompilyatsiya qilinadi va ba'zi bir hollarda tezroq ishlaydigan mashina kodi tuziladi.
1 ga OSHIRISH VA KAMAYTIRISH OPERATORLARI (INCREMENT and DECREMENT) C++ da bir argument oluvchi inkrenet (++) va dekrement (--) operatorlari mavjuddir. Bular ikki ko'rinishda ishlatilinadi, biri o'zgaruvchidan oldin
(++f - preinkrement, --d - predekrement), boshqasi o'zgaruvchidan keyin (s++ - postinkrement, s-- - postdekrement) ishlatilgan holi. Bularning bir-biridan farqini aytin o'taylik. Postinkrementda o'zgaruvchining qiymati ushbu o'zgaruvchi qatnashgan ifodada shlatilinadi va undan keyin qiymati birga oshiriladi. Preinkrementda esa o'zgaruvchining qiymati birga oshiriladi, va bu yangi qiymat ifodada qo'llaniladi. Predekrement va postdekrement ham aynan shunday ishlaydi lekin qiymat birga kamaytiriladi. Bu operatorlar faqatgina o'zgaruvchining qiymatini birga oshirish/kamaytirish uchun ham ishlatilinishi mumkin, yani boshqa ifoda ichida qo'llanilmasdan. Bu holda pre
va post formalarining farqi yo'q.
Masalan:
++r;
r++;
Yuqoridagilarning funksional jihattan hech qanday farqi yo'q, chunki bu ikki operator faqat r ning qiymatini oshirish uchun qo'llanilmoqda. Bu operatorlarni oddiy holda yozsak:
r = r + 1;
d = d - 1;
Lekin bizning inkrement/dekrement operatorlarimiz oddiygina qilib o'zgaruvchiga bir qo'shish/ayirishdan ko'ra tezroq ishlaydi. Yuqoridagi operatorlarni qo'llagan holda bir dastur yozaylik.
//Postinkremet, preinkrement va qisqartirilgan teglashtirish operatrlari
# include int main()
{
int k = 5, l = 3, m = 8;
cout << k++ << endl; //ekranga 5 yozildi, k = 6 bo'ldi.
l += 4; // l = 7 bo'ldi.
cout << --m << endl; // m = 7 bo'ldi va ekranga 7 chiqdi.
m = k + (++l); // m = 6 + 8 = 14;
return (0);
}
Dasturdagi o'zgaruvchilar e'lon qilindi va boshqangich qiymatlarni olishdi.
cout << k++ << endl; ifodasida ekranga oldin k ning boshlangich qiymati chiqarildi, keyin esa uning qiymati 1 da oshirildi. l += 4; da l ning qiymatiga 4 soni qo'shildi va yangi qiymat l da saqlandi. cout << --m << endl; ifodasida m ning qiymati oldin predekrement qilindi,va undan so'ng ekranga chiqarildi. m = k + (++l); da oldin l ning qiymati birga ishirildi va l ning yangi qiymati k ga qo'shildi. m esa bu yangi qiymatni oldi. Oshirish va kamaytirish operatorlari va ularning argumentlari orasida bo'shliq qoldirilmasligi kerak. Bu operatorlar sodda ko'rinishdagi o'zgaruvchi-larga nisbatan qo'llanilishi mumkin halos. Masalan:
++(f * 5);
ko'rinish noto'g'ridir.
MANTIQIY OPERATORLAR Bosqaruv strukturalarida shart qismi bor dedik. Shu paytgacha ishlatgan shartlarimiz ancha sodda edi. Agar bir necha shartni tekshirmoqchi bo'lganimizda ayri-ayri shart qismlarini yozardik. Lekin C++ da bir necha sodda shartni birlashtirib, bitta murakkab shart ifodasini tuzishga yordam beradigan mantiqiy operatorlar mavjuddir. Bilar mantiqiy VA - && (AND), mantiqiy YOKI - || (OR) va mantiqiy INKOR - ! (NOT). Bular bilan misol keltiraylik. Faraz qilaylik, bir amalni bajarishdan oldin, ikkala shartimiz (ikkitadan ko'p ham bo'lishi mumkin) true (haqiqat) bo'lsin.
if (i < 10 && l >= 20){...}
Bu yerda {} qavslardagi ifodalar bloki faqat i 10 dan kichkina va l 20 dan katta yoki teng bo'lgandagina ijro ko'radi.
AND ning (&&) jadvali:
ifoda1 ifoda2 ifoda1 && ifoda2
false (0) false (0) false (0)
true (1) false (0) false (0)
false (0) true (1) false (0)
true (1) true (1) true (1)
Bu yerda true ni yeriga 1, false ni qiymati o'rniga 0 ni qo'llashimiz mumkin.
Boshqa misol:
while (g<10 || f<4){
...
}
Bizda ikki o'zgaruvchi bor (g va f). Birnchisi 10 dan kichkina yoki ikkinchisi 4 dan kichkina bo'lganda while ning tanasi takrorlanaveradi. Yani shart bajarilishi uchun eng kamida bitta true bo'lishi kerak, AND da (&&) esa hamma oddiy shartklar true bo'lishi kerak.
OR ning (||) jadvali:
ifoda1 ifoda2 ifoda1 || ifoda2
false (0) false (0) false (0)
true (1) false (0) true (1)
false (0) true (1) true (1)
true (1) true (1) true (1)
&& va || operatorlari ikkita argument olishadi. Bulardan farqli o'laroq, ! (mantiqiy inkor) operatori bitta argumet oladi, va bu argumentidan oldin qo'yiladi. Inkor operatori ifodaning mantiqiy qiymatini teskarisiga
o'zgartiradi. Yani false ni true deb beradi, true ni esa false deydi.
Misol uchun:
if ( !(counter == finish) )
cout << student_bahosi << endl;
Agar counter o'zgaruvchimiz finish ga teng bo'lsa, true bo'ladi,bu true qiymat esa ! yordamida false ga aylanadi. false qiymatni olgan if esa ifodasini bajarmaydi. Demak ifoda bajarilishi uchun bizga counter finish ga teng bo'lmagan holati kerak. Bu yerda ! ga tegishli ifoda () qavslar ichida bo'lishi kerak. Chunki mantiqiy operator-lar tenglilik operatorlaridan kuchliroqdir. Ko'p hollarda ! operatori o'rniga mos keladigan mantiqiy tenglilik yoki solishtirish operatorlarini ishlatsa bo'ladi, masalan
yuqoridagi misol quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
if (counter != finish)
cout << student_bahosi << endl;
NOT ning jadvali:
ifoda !(ifoda)
false (0) true (1)
true (1) false (0)
10>