Ushbu test topshiriqlari kitobi Sizga qoralama sifatida berilgan, javoblaringizni javoblar varaqasiga yozing


Ushbu test topshiriqlari kitobi Sizga qoralama sifatida berilgan



Yüklə 366,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/20
tarix07.09.2023
ölçüsü366,74 Kb.
#141879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
ona tili

Ushbu test topshiriqlari kitobi Sizga qoralama sifatida berilgan, 
 javoblaringizni JAVOBLAR VARAQASIGA yozing. 
Tog‘ay Murod o‘z ona tilini benihoya yaxshi biladi. Bilgandayam butun 
ranglari bilan, ohanglari bilan biladi. Shu bois sof o‘zbekcha bitadi. Tog‘ay Murod 
o‘zbek tilini kuylatdi. O‘zbek tilining jami jilvalarini oftobga solib ko‘rsatdi: «Аyo 
Tarlon, sen mening akamsan. Uka desa degulik mendayin ukang bor, aka desa 
degulik sendayin akam bor, nima g‘amim bor? Аyo Tarlon, sen mening 
birodarimsan, qiyomatlik birodarim...» 
Ushbu 
satrlarni 
o‘qib bo‘lgach, 
xayolga tolasiz. Hozirgina mungli bir qo‘shiq tinglagandek bo‘lasiz. 
Sharqning buyuk dostonlari “Layli va Majnun”, «Farhod va Shirin»lar, 
«Tohir va Zuhro»lar necha yuz yillardan beri yashab keladi. Ularda bir-biriga 
yetisholmay, muhabbat yo‘lida jon bergan baxtsiz oshiq-maʼshuqlar tasvirlanadi. 
Tog‘ay Murod ham doston yozdi. Otini «Oydinda yurgan odamlar» qo‘ydi. Qissa 
nomini o‘qishingiz bilanoq sizni allaqanday sirli-sehrli oydin kecha bag‘riga oladi. 
Ichingizga ajib bir nur o‘rmalab kiradi. Dil-dilingizni yoritib yuboradi. Qissada 
Qoplon bilan Oymomo farzand ilinjida tunni tongga, kunni oyga, oyni yilga ulab 
yashaydi. Qoplon xotinini “Momosi” desa, Oymomo erini “Bobosi” deb chaqiradi. 
Ular yo‘q bolaning bobosi, yo‘q bolaning momosi bo‘lib, yillarni yillarga ulaydi. 
Bir-biriga mo‘ltirab yashaydi. Ular uchramagan doktor, ular ko‘rinmagan tabib 
qolmaydi, ammo na doktordan, na tabibdan naf ko‘radi. Tog‘ay Murod chol-
kampir hayotini g‘oyat nozik, g‘oyat shoirona tasvirlaydi. Chol-kampirning o‘zaro 
mehr-muhabbatini qo‘shiqdek kuylab beradi. Tog‘ay Murod bir-birini “Bobosi”, 
“Momosi” deya atab umr o‘tkazayotgan bir juft pokiza insonni oydindagi oy 
nuriga o‘rab tasvirlaydi. Oqibatda ushbu juftning o‘zi ham, so‘zi ham, turish-
turmushi ham oyning kumush nurlariga yo‘g‘rilib ketadi. Tog‘ay Murodning 
kuyib-yonib, o‘rtanib bitgan, baʼzan faryod urib bitgan «Oydinda yurgan odamlar» 
qissasini «Muhabbat qo‘shig‘i» deb atagim keldi. Nazarimda, Tog‘ay Murod qissa 
bitmaydi, bor ovozi bilan qo‘shiq aytadi. Bu qo‘shiqda avj pardalar bor, nolishlar 
bor, savt bor. 

Yüklə 366,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin