3
Ushbu test topshiriqlari kitobi Sizga qoralama sifatida berilgan,
javoblaringizni JAVOBLAR VARAQASIGA yozing.
1-qism
Quyidagi matnni oʻqing va-savollarga javob bering.
Tog‘ay
Murod adabiyotga tutab emas, yonib kirdi. Tog‘ay Murod qissalari
sof milliy o‘zbek qissalari. Tog‘ay Murod qissalarida tasvirlangan odamlarga
boshqa xalq libosini kiydirsangiz ham, o‘zbekligi bilinib turadi.
Ularning xulq-
atvori ham boshqa xalqqa aslo o‘xshamaydi. Shu vaqtgacha qiyofasi noaniq, biri-
biridan farq qilmaydigan, shapka kiydirsang rus, qorako‘l papaq kiydirsang,
ozarbayjon, telpak kiydirsang, qozoq, yoqasiga kashta tikilgan ko‘ylak kiydirsang,
ukrain bo‘lib ketaveradigan
taxminiy odamlar
qissalarimizning
asosiy
qahramonlari bo‘lib keldi. Bu o‘z xalqining milliy urf-odatlarini, his-tuyg‘ularini
bilmaslikdan bo‘ldi, so‘qirko‘ngillik, so‘qirko‘zlikdan bo‘ldi. Biz Аbdulla
Qodiriyni, salkam yetmish yildirki, boshimizga ko‘tarib kelamiz.
Bunga sabab
Qodiriy milliy qahramonlar yaratdi. Otabek ham, Yusufbek hoji ham, Oftob oyim
ham, Solih mahdum ham aslo takrorlanmas obrazlardir. Bu kishilar to‘g‘risida
Qodiriy taʼkidlamasa ham, o‘zbekligini bilamiz. Turgenev, Gogol, Tolstoy rus
xalqini butun bor bo‘yi bilan tasvirlagan buyuk ijodkorlardir. Nexlyudovga do‘ppi
kiydirsang, Kareninaga paranji yopintirsang, o‘zbek bo‘lib qolmaydi.
Tolstoy
ularni qon-qoni bilan, o‘y-xayollari bilan, gap-so‘zlari bilan rus qilib yaratdi.
Bunday asarlar yaratish uchun adib rassomdek ranglarni bir-biridan farq
qiladigan, bastakordek tovushlarni aniq eshitadigan bo‘lishi kerak. Tog‘ay Murod
ana shunday rassom adibdir, ana shunday bastakor adibdir. Mana, u «Ot kishnagan
oqshom»da otni qanday tasvirlaydi: “Birodarlar, o‘zi, Bo‘z ot qanday bo‘ladi?
Surpday oppoq bo‘ladi. Bordi-yu ajdodida bo‘lsa, to‘qqizga to‘lganda Tarlon
bo‘ladi. To‘qqiz yoshida Bo‘zning badanida xolday-xolday
qora donalar paydo
bo‘ladi. Shundan boshlab u Bo‘z emas, Tarlon ot bo‘ladi. Tarlon — xol-xol ot!
Tarlon — otlar sarasi. Birodarlar, To‘riq otning yuzdan biri yaxshi bo‘ladi. Tarlon
otning yuzdan biri yomon bo‘ladi! Birodarlar, ot tanimasang, Tarlon ol!..”
Talantli adib qalamidan to‘kilgan ushbu satrlarni o‘qirkanman, xayolimdan
bir gap o‘tdi. «Dom»da yashab umrini o‘tkazgan shaharliklarni o‘yladim. Inson
bolasining uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qilgan
bu jonivorni faqat sirkda,
kinoda ko‘rgan shaharlik ukalarimizga adibning bu so‘zlari qanchalik taʼsir
qilishini bilaman. Shahar bolalarining tabiatdan, jonivorlardan qanchalik
uzoqlashib qolganliklariga achinib ketaman. Tog‘ay Murod otni shu qadar mehr
bilan taʼriflaydiki, “adib qo‘shiq aytayotibdi” deb o‘ylaysiz. Аdib ko‘ngli kitobxon
ko‘ngliga ko‘chib o‘tadi. Ot minib adirlarda yelday uchgingiz,
ot yollarini
silagingiz keladi. «Birodarlar, mashina deganlari temir! Joni yo‘q! Joni yo‘q temir
odamga el bo‘lmaydi! Temirning yuragi yo‘q-da! Ot odamga el bo‘ladi! Boisi
otning joni bor, yuragi bor-da!»
Tog‘ay Murodning Tarloni Tolstoyning Xolstomeri, Aytmatovning Gulsarisi
qatoriga kelib qo‘shildi. Bu gapimga baʼzi bir tanqidchilar jindek g‘ashlik qilar.
Na iloj, oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q, deydilar...