18 So’z Boshi Ushbu qo’llanma aslida tibbiy yordam ko’rsatish joylaridan uzoqda,
ya’ni atrofida shifokor bo’lmagan yoki ularga murojaat qilish qiyin bo’lgan
joyda istiqomat qiluvchi odamlar uchun mo’ljallangandir. Biroq, tibbiyot
xodimiga yaqin bo’lgan joyda ham, odamlar bu kitob yordamida o’z sa-
lomatliklarini saqlash tashabbusini o’z qo’llariga olishlari mumkin. Ushbu
kitob, o’z salomatligiga befarq bo’lmagan odamlar uchun yaratilgandir. U
quyidagilarga asoslangan holda yozilgan:
1. Salomatlikni saqlash, nafaqat har bir insonning huquqi, balki javobgarligidir. 2. Har bir sog’liqni saqlash dasturining yoki faoliyatining aso- siy maqsadi, odamlarni o’z sog’liqlarini saqlash to’g’risida- gi ma’lumotga ega bo’lishiga qaratilishi kerak. 3. Sodda va tushunarli ma’lumot bilan ta’minlangan oddiy odamlar ham ko’pgina oddiy kasalliklar bilan bog’liq bo’lgan muammolarni o’zlari hal qilib, o’sha kasalliklarni o’z uylarida o’zlari davolashlari yoki oldini olishlari mumkin. 4. Salomatlikni saqlashga oid bilim yoki ma’lumot sir bo’lmasligi kerak, aksincha u hammabop bo’lishi shart. 5. Salomatlikni saqlash, nafaqat sog’liqni saqlash sohasida- gi mutaxassislar qila oladigan ish, balki har bir insonning qo’lidan keladigan ishdir. 6. Tibbiyot xodimining asosiy maqsadi, tibbiy yordam ko’rsatish emas, aksincha, odamlarga o’z salomatliklarini saqlashga yordam berib ularni bu ishda qo’llab quvvatlashdir. Ma’lumki, sog’liqni saqlash to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishning
bir qismi, o’z bilimlari chegarasini bilishlikdir. Shuning uchun, bu kitobdagi
ko’rsatmalar nafaqat nima qilish haqida, balki qachon yordam olishga ham taaluqlidir. Kitob tibbiyot xodimidan maslahat olinishi zarur bo’lgan
joylarni alohida ko’rsatib o’tadi. Lekin, tibbiyot xodimlari doim ham yon
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013