Usim-biol p65


Oila. Sirfidlar (Vizillovchilar yoki gulpashshalar)



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə20/70
tarix20.06.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#133186
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70
c1b50c4d7ef2b81e5d4db6ab0727de14 O`SIMLIKLARNI BIOLOGIK HIMOYA QILISH

Oila. Sirfidlar (Vizillovchilar yoki gulpashshalar) Syrphidae
Ikkiqanotlilar turkumiga mansub pashshalar oilasi. Ulaming tanasi o`rtacha kattalikda yoki yirikroq, ko`pincha, sariqrangda, tuksiz bo`Iadi. Ba'zi bir avlodlarning lichinkalari yirtqich bo`lib, bitlar tarqalgan maydonlarda tripslar, koksidlar bilan oziqlanib rivojlanadi. Kuzda paydo bo`Igan pupariylar daraxt kallaklarida, o`simlik qoldiqlari ostida qishlaydi. Ulardanmart oyidayetuk hasharot—pashshalaruchib chiqadi. Yil davomida 2—4 va undan ortiq avlod beradi. Lichinkasi ovqat tanlamaydi, bir kunda 200 tagacha yoki rivojlanish davrida 1000 tagacha shirani yeydi. Lichinkaning rivojlanish davri tugagandan so`ng pupariyga aylanadi. Pashshalar gul asali, chang va gul shirasi bilan oziqlanadi. Bu hasharotlaming tabiiy populatsiyasining sonini bir tekisda ushlab turish uchun ulaming tabiiy yashash joyini muhofaza qilish кегак bo`Iadi.
Avlod. Sirfid (Syrphus Fabr.) — bu avlodga mansub sirfid pashshalar S. vitripennis Mg. bahor oylarida ucha boshlaydi. Ommaviy uchish vaqti mart oxiri — aprel boshlarigacha davom etadi. Bog`larda, g`o`za, karam maydonlarida ko`plab tarqalgan. Yetuklik davrining davomiyligi 15—27 kun. Mart oxiri va aprelning boshlaridajuftlashadi.
Tuxumi biroz cho`ziq, oq tusda, uzunligi ularning turlariga bog`Iiq holda 0,6—1,2 mm, yo`g`onligi 0,25—0,5 mm, tuxumdan chiqqan lichinkalar bitlar bilan oziqlana boshlaydi. Lichinkalar-ning rivojlanish davomiyligi 6—14 kun bo`Iib, ular tinimsiz oziq-lanadi. Siriid pashshasining birinchi yoshlari 5—9, ikkinchi 20—40 va uchinchi yoshlari 80—100 tagacha bitlar bilan oziqlanadi. Bu tur yirtqich 10 ga yaqin turdagi bitlar bilan oziqlanadi.
o`zbekiston sharoitida Jizzax viloyati paxta dalalarida 8 turi, shulardan /. scutellaris Ғ. 72 foiz va P. compeditus Macg. 20 foizgacha uchraydi. Karam dalalarida esa Paragus quadrifasciatus, Mg. Scaeva albomaculata, S. vitrirennis, S. interrumpens kabi turlari uchraydi.
42
Paragus (P. tibialis Fll.) — paragus (Paragus Latr.) avlodiga mansub bo`Iib, respublikamizda eng ko`p uchraydigan yirtqich pashshalardan biri. Mart oyida qishdan chiqqan pashshalar qo`shimcha oziqlanadi va juftlashadi. Asosan, olcha, olma, oko`ri, shaftolilarda uchraydi. Yetuk zotlarining rivojlanishi 16 kun, tuxumi ovalsimon oqish, ustki qismi tukchalar bilan qoplangan. lyun oyining o`rtalarigacha tuxum qo`yadi. Avgustda esa ularning tuxum qo`yish faoliyati susayadi. Tuxumlardan kechasi 70 foiz, ertalab soat sakkizgacha 30 foiz lichinkalar chiqadi.
Paraguslar o`zlari uchraydigan daraxt yoki ekinlarda g`um-bakka aylanadi. Bir yilda 9 avlod berib ko`payadi. Bundan tashqari, P. compeditus. Nas. turi ham o`zbekiston sharoitida ko`plab uchraydi. Ular dastlab begona o`tlarda, so`ng olma, shaftoli, oshqovoqda uchraydi. Ikkala tur ham lichinkali davrda qishlab chiqadi. Tuxumdan to yetuk zotgacha bo`lgan rivojlanish davri 11—16 kun.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin