c1b50c4d7ef2b81e5d4db6ab0727de14 O`SIMLIKLARNI BIOLOGIK HIMOYA QILISH
Sutemizuvchilar—Л/(ятта/ш
Hasharotlar va kemiruvchilar bilan ko`plab turdagi hayvonlar oziqlanadi. Lekin ulardan bir qismi ma'Ium hududlarda kam sondagi populatsiyalari bilan bir vaqtning o`zida o`tloqzor va yaylovda bir-muncha zarar keltiradi.
Bularga Mustelidae oilasi va yirtqichlar turkumidan bo`Igan Car-nivora — zararii hasharotxo`r va kemiruvchilar bilan oziqlanuvchi latcha (Mustela nivalis), oq suvsar (M.erminea), qora sassiqko`zan (Putorius putorius), bo`rsiq (Meles meles), o`rmon savsari (Martes martes) va boshqalar misol bo`Iadi. Latcha turi yil bo`yi sichqonsimon kemiruvchilar (sariq, kulrang va suv sichqoni) bilan, yoz davrida esa qirsildoq qo`ng`izlar bilan oziqlanadi.
Tabiatda ko`plab miqdorda zararkunandalar bilan oziqlanishi tufayli lotcha bir kecha-kunduzda kamida 5—6 ta kemiruvchilami yo`q qiladi. Qora sassiqko`zan esa bir kecha-kunduzda 10—12 ta sichqon va dala sichqonini qirib bitiradi. Bo`rsiqlaming oziqlanish ratsioni, o`z navbatida, sichqon, sariq va kulrang kalamushlar, har xil turdagi hasharotlarini o`z ichiga oladi.
NAZORAT SAVOLLARI
Hasharot va kemiruvchi hayvonlar bilan oziqlanuvchi qushlardan qaysilarini bilasiz?
Donli ekinlarga zarar keltiruvchi qushlarning turlarini bayon eting.
o`zingiz yashab turgan hududdagi qanday qushlarni bilasiz?
129
7-bob. BEGONA o`TLARGA QARSHI BIOLOGIK USULDA KURASH
7.1. Begona o`tlarning zarari
Ekinlar orasida o`sadigan va ulaming rivojlanishiga, hosiliga salbiy ta'sir etuvchi yowoyi o`simliklarga begona o 'tlar deyiladi. Bu guruhdagi o`simliklar ekinlar orasida o`sib, ulaming hosilini va mahsulot sifatini pasaytiradi. Odatda, begona o`tlar oziqlanishiga qarab tekinxo`r (parazit) va tekinxo`r bo`Imagan guruhlarga bo`Iib o`rganiladi. Tekinxo`r begona o`tlar poyadan oziqlanuvchi, ildizdan oziqlanuvchi va chala tekinxo`r begona o`tlarga bo`Iinadi.
Begona o`tlar, o`z navbatida, ko`plab kasalliklarning rivojlani-shiga, zararkunandalarning to`planishiga shart-sharoit yaratib beradi. Bundan tashqari, hosil yig`ib olishda, texnika vositalaridan foydala-nishda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.
Ko`plab begona o`tlar (sutlama, qiyoq, sanchiqo`t va boshq.) zang kasaUigini qo`zg`atuvchi oraliq xo`jayin hisoblanadi. Begona o`tlarga qarshi kimyoviy usulda kurash ishlari olib boriladi. Lekin hamma joyda ham gerbitsidlardan foydalanishning iloji yo`q. Buning uchun eng bezarar bo`Igan biologik kurash usulidan to`Iiq foydalanish mumkin.
Opunitsiy avlodiga mansub kaktus (Opuntia stricta Haw) o`simligi Avstraliyaga AQSH va Meksikadan keltirib o`stirilganda, ular yaylovlarda ko`pi yillik o`tlar bo`Iib qoldi. Aslida AQSH va Meksikada bu kaktus o`zida ko`plab suv yig`ishi tufayli chorva mollarini suv bilan ta'minlash uchun ekiladi.
Lantana o`simligi ham Avstraliya yaylovlarida begona o`t sifatida zarar keltiradi, lekin banan ekinlari tuproq ko`chishining oldini oladi. Begona o`tlarga qarshi biologik kurash usuli dastlab Gavayi orolida fermerlar tomonidan qo`IIanilgan. Tasodifan kelib qolgan cherves Irthezia insignis Douglas tikani lantani kuchli zararlay boshlagan. Keyinchalik bu tur o`simlikka bog`Iiq bo`Igan 23 ta turdagi hasharotlar keltirilgan, ulardan sakkiztasi iqlimlashtirilgan.
130
Yevrosiyodan Avstraliyaga qizilpocha, dalachoy (choy o`t) {Hyrericum perforatum) turi keltirilgan bo`Iib, asosan, hayvonlarga zahariiligi bilan boshqa o`tlardan farq qiladi.
7.2. Begona o`tlarga qarshi kurashda tabiiy dushmanlardan foydalanish
Ichki areal usulida tarqatishda hasharotlaming oltita turkumiga kiruvchi tekinxo`r yoki yirtqichlardan foydalanilmoqda.
Gerbifag sifatida tengqanotlilar turkumiga mansub koksidlar yoki qanotlilardan; kenja turkumi vakillari yarimqanotlilardan— rombsimonlar; qattiqqanotlilardan—barxo`riar, mo`ylovlilar, uzun-burunlar, soxta filcha, zlatkalar; tangaqanotlilardan bargo`rovchilar, tunlam va parvonalar; ikkiqanotlilaridan—g`urrayasar, mina hosil qiluvchi pashsha va olaqanotlar; pardaqanotlilardan—yo`g`onoyoqlilar vakillaridan foydalaniladi. Bu hasharotlar, o`z navbatida, o`simlik a'zoIari bilan qisman bo`Isa-da oziqlanadi. Begona o`tlarga nisbatan yetarii samaraga ega.
Kanalar — какга, oq achchiqmiya va yirik mevali achchiqmiya kabi begona o`tlarga qarshi gerbifag sifatida to`rt oyoqli g`urrayasar erifidkanalarning ikkita turidan Qozog`istonda foydalaniladi.
urrayasar kana (Aceria chondrillae) — Avstraliyadan kelti-rilgan bo`Iib, xondrilalarning gullari va o`sish muddati qisqarishiga va bir vaqtning o`zida kuchli zararii xususiyatga ega bo`Igan begona o`tlaming zang kasalligi sporalari tarqalishiga sabab bo`Iadi. AQSHning Texas shtatidan o`rgimchakkana turi (Tetranychus deserioxum Banks) tasodifan Avstraliyaga keltirilgan bo`Iib, bu hasharot begona o`t miq-dorining kamayishiga katta ta'sir ko`rsatgan.