Oila. Stafilinidlar — Staphulinidae Ko`pchilik tur qo`ng`izlarda ustqanotlari qorincha oxiriga yetib bormaydi va uchini qoplamaydi. Lichinkalari chuvalchangsimon. Lichinkalar va voyaga yetgan qo`ng`izlar yirtqichlik bilan kun kechiradi. o`zidan kichik hasharotlar va kanalarga hujum qiladi. Yetuk zoti va lichinkalari turii chirindi, go`ng oralig`i va toshlar ostida uchraydi. Ba'zi bir turiaridan (aleoxara) zararii hasharotlarga qarshi biologik kurashda, ayrimlaridan esa (masalan, Ocypus olens) zararii chig`a-noqlarga qarshi kurashda foydalaniladi. Ko`pchilik yetuk qo`ng`izlar bahorgi va yozgi karam pashshalarining tuxumi va lichinkalari bilan oziqlanadi. Lichinkalari esa tashqi tekinxo`r hisoblanadi. Shuningdek, oligota {Oligotaoviformis Cas.) qo`ng`izi, qizilmeva vaboshqa tetraxin kanalari turi o`rgimchakkanani yeb bitiradi.
Ikki yo`lli aleoxara (Aleochara bilineata Gyll) — ularning A. bilineata turidan karam kuyasi va boshqa turdagi o`simlikxo`riarga qarshi mavsumiy kolonizatsiya usulidan foydalanishga urinib ko`rilmoqda. Yetuk qo`ng`izlar pashshalaming tuxumi va ulaming kichik yoshdagilari bilan oziqlanadi. Lichinkasi 2,5—4 mm, asosan, g`umbakda tekinxo`riik qiladi. Urg`ochilari jinsiy yetilmagan holda tug`iladi. Tuxumlari karam, piyoz, sabzi, lavlagi kapalaklarining tuxumi va ulaming lichinkalari bilan oziqlanganda yetiladi. Lichinkasi gipermetamorfoz tarzida rivojIanadi.Qo`ng`izlari o`z hayoti faoliyati davrida 2000 dan ortiq zararkunandani yeb bitiradi. Dastlabki tuxum qo`yishi vaqtida gektariga 20—30 ming donagacha individlami tarqatish yo`li bilan karamni bahorgi karam pashshasidan himoya qilish mumkin.
Aleoxaralaming urg`ochisi serpusht bo`Iib, o`rtacha 800—900 tagacha tuxum qo`yadi. Bitta avlodining davomiyligi harorat 10°C da
22 143-175 kun, 15°C da 63-72 va 25°C da 22-27 kunni tashkil etadi. Aleoxarani ommaviy ko`paytirish usuli ishlab chiqilgan. Bu yirtqich karam pashshasida ko`paytiriladi.
Oila. Xonqizi qo`ng`izi yoki Koksinellidlar— Coccinellidae Ko`pchilik turlari voyaga yetgan hasharotlar, ba'zan fitofaglar bilan oziqlanadi. Turli xil o`simlik bitlari, koksidlar, barg kemi-ruvchilar va kanalarning tabiatdagi nufuzini tartibga keltirishda katta ahamiyatga ega. Xonqizining bir nechta turi foyda keltiradi. Xususan, yetti nuqtali, besh nuqtali va ikki nuqtali turiari shular jumlasidandir. Xonqizi o`zbekiston sharoitida 4—5 bo`g`in berib rivojlanadi. Ular biologik usulda kurashda muvaffaqiyatli qo`Uanilmoqda.
5-msm. Yetti nuqtali xonqizi:
fl—qo`ng`izi; 6—tuxumi; fif—lichinka.
23
Yetti nuqtali tugmacha qo`ng`iz (Coccinella septempunctata L.) — koksinellidlar avlodiga mansub bo`Iib, o`rtacha yirik (5—6 mm), tanasi bo`rtgan, ustqanotlari qizil, yettita qora nuqtali bo`Iib, zararkunan-dalamiyo`qotishda katta ahamiyatga ega (5-rasm). Tugmacha qo`ng`izda nasUar soni oziq miqdoriga bog`Iiq. Urg`ochi qo`ng`iz o`rtacha 200—400 tagacha tuxum qo`yadi, lekin ba'zi paytlarda oziqa muhitiga bog`liq holda tuxumlar soni 1500 taga ham yetishi mumkin. Tuxumini o`simlik shiralari to`plangan joyga to`p-to`p qilib qo`yadi. Ularning lichinkalari o`simliklarda ochiq holda hayot kechiradi. Odatda, lichinkalar qoramtir-sariq yoki qizg`ish rangda bo`Iib, ulaming tanasida har xil o`simtalar ham bo`Iishi mumkin. Bular o`simlik shiralari, kanalar, qurtlar, qalqondoriar, tangaqanotlilarning tuxumi va kichik
yoshdagi qurtlari hamda fitonomus lichinkalari bilan oziqlanadi va g`umbakka aylanadi. Qo`ng`izlar, asosan, tog`Iarda katta to`plamlar hosil qilib yashaydi, lekin vohada yakka holda ham hayot kechiradi.
0'zgaruvchan tugmacha qo`ng`iz, Adoniya (A. variegata Goere.) — Yevropa, Shimoliy Amerika, Rossiyaning Yevropa qismida va Маг-kaziy Osiyo mamlakatlarida tarqalgan. Qanotining ustki qismi qizil, o`lchami 3—5,5 mm.
Yetuk zotlari tog`Iarda qishlab qoladi. Asosan, aprel oyida harorat 10—12°C bo`lganda qishki uyqudan uyg`onadi. Qo`ng`izlar 10—14 kun oziqlangandan so`ng tuxum qo`ya boshlaydi. o`zgaruvchan tugmacha qo`ng`iz yetti nuqtali xonqizi kabi hayot kechiradi. Tunlamlar tuxumi va ko`sak qurtining 1—2 yoshlarini yo`qotishda katta ahamiyatga ega.
Lichinkalari va qo`ng`izi o`simlik bitlari, kanalar, Kolorado qo`ng`izining tuxumi, bedapoyalarda esa fitonomus lichinkalari bilan oziqlanadi. Mavsumda 1—2 avlodberadi. Asosan, g`o`zavabedabitla-rining yirtqichi hisoblanadi. Laboratoriyasharoitidabirkecha-kunduzda 5 tagacha fitonomus lichinkasini yeb bitirgan.
Sariq peshanali qo`ng`iz (Scymnus frontalis Ғ.) — tanasi birmuncha uzun, sal bo`rtgan, dag`al nuqtali zich qora tuklar bilan tanasining ustki qismi, old ko`kragining epiplevrasi esa qizil dog`lar bilan qoplangan. Tanasi 3—3,5 sm uzunlikda, qishlov joylarida bu qo`ng`izlar 5—10 tadan iborat kichik to`plar tashkil qiladi. Qo`ng`iz noyabming oxiri — dekabr boshlarida qishlovga ketadi. Erta bahorda ertapishar shaftoli, o`rik, tog`olchaning gullash paytiga chiqish davri to`g`ri keladi. Qo`shimcha oziqlangandan so`ng tuxum qo`yish davri boshlanadi. Tabiiy sharoitdabitta urg`ochi qo`ng`iz 135—230 tagacha tuxum qo`yadi. Qo`ng`izning to`liq rivojlanishi davri 18—23 kun davom etadi va bir mavsumda 4 avlod beradi. Bu avlod qo`ng`izlari qishlab chiqadi. Laboratoriya sharoitida ko`paytirish mumkin. Lichinkalari ham shiralar bilan oziqlanadi.
Bir kecha-kunduzda bitta qo`ng`iz 15—25 tagacha o`simlik shirasini yeb bitiradi. Lichinkalari esa yoshiga qarab, 5—50 tagacha shirani yeydi. Yashash davomida 75 ta shirani yeb bitiradi.
Bu tur boshqa turdagi shira bilan ham oziqlanadi. Samaradoriigi koksinellidlardan keyin ikkinchi o`rinda turadi. Asosan, yanvar-fevral oylarida laboratoriya sharoitida harorat 18—20°C da, 60—65 foiz namlikda rivojlanadi va bir necha avlod beradi. Ulami yetishtirish
24 uchun xrizantema o`simligidan foydalaniladi. Наг bir yashikda 8— 10 tup o`simlik joylashtirilib, 2—3 ssimnus qo`ng`izi qo`yiladi. Наг bir yashikda 25—30 kunda 1500 ssimnus imagosini yetishtirish mumldn. Наг bir tup daraxtga 8—10 ssimnusni tarqatish кегак bo`ladi.
Rodoliya (Rodoliae cardinalis Hovius.) — Avstraliyadan kelti-rilgan, AQSHda introduksiyalantirilgan. So`ng karantin hisoblangan hammaxo`r zararkunanda Gruziyada Avstraliya tamovcho`p qurtiga {Zcerua purchasi) qarshi muvaffaqiyatli iqlimlashtirilgan (6-rasm).
Yetuk qo`ng`izining tana uzunligi 3—5 mm, rangi qizil. o`rta yoshdagi lichinkalari kulrang, o`ljasining lichinkasi va tuxumi bilan oziqlanadi. Katta yoshdagilari zararkunandalarning hamma fazalari bilan, qo`ng`izlari esa faqat inseriyaning lichinkasi bilan oziqlanadi. Lichinkalari oziqlanib bo`lgandan so`ng novdalarda yoki barglaming orqa tomonida g`umbaklanadi. Bir bo`g`inning rivojlanishi 25— 40 kun davom etadi. Bitta urg`ochisi 300—800 dona tuxum qo`yadi. 4 avlod beradi. Ulami ko`paytirishda iseriyalami zararlash va oranjereya o`simligidan foydalaniladi.
Kriptolemus (Cryptolaemus montrouzieri Muls.) — ko`pchilik mamlakatlarda iqlimlashtirilgan bo`lib, mum g`ubor cherves va bosh-chalarning kushandasi hisoblanadi (7-rasm). Voyaga yetgan qo`ng`izi qora rangda, bosh qismi, qanotining ustki qirrasi va qorni qizg`ish. Tanauzunligi 3—4 mm. Tuxumibiroz cho`zinchoq, tekis, limonsimon-sariq (1 mm). Tuxumdan chiqqan lichinkalar sarg`ish-ko`kish rangda, lichinkalari juda ham ochko`z bo`Iib, bir kunda 4—7 mingtagacha tuxum yoki 200—300 tagacha lichinkalami, 40—60 dona urg`ochi
6-rasm. Rodoliya.
7-rasm. Kriptolemus.
25
cherveslami yo`qotish mumkin. Kriptolemus Kavkazorti sharoitida qishlamaydi. Shuning uchun ular biolaboratoriyada ko`paytiriladi va choy, sitrus o`simliklarining zararkunandalariga qarshi qo`Uaniladi. Bir dona urg`ochisi 1100 tagacha tuxum qo`yadi va 3—7 oy yashaydi. Subtropik tumanlarda 3—4 avlod beradi. Biolaboratoriyada mum g`ubor cherveslarda, ekilgan kartoshka yoki qovoqda ko`paytiriladi. Shuningdek, don kuyasi tuxumida va sun'iy oziqali muhitlarda ko`paytirish usuli ham ishlab chiqilgan.
Nuqtali stetonis (Stethorus punctillum Ws.) — mayda qo`ng`izi birmuncha mayda (1,2—1,5 mm) bo`lib, qora rangdagi qanotining ustki qismi mayda nuqtalar bilan qoplangan. Tuxumlari cho`zinchoq, oq yoki kulrang, lichinkasi uzunligi 1—3 mm, boshi mayda qoramtir tukchalar bilan qoplangan. umbagi och yoki to`q jigarrangda.
Bu yirtqich o`rgimchakkananing faol kushandasi sanaladi. Bahorda havo harorati 14°C bo`lganda qo`ng`izlar chiqa boshlaydi. Qo`shimcha oziqlangandan so`ng 10—15 kun o`tgach, tuxum qo`yishga kirishadi. Har bir urg`ochi qo`ng`iz 100—150 ta tuxum qo`yadi. Bu yirtqich lichinkasi o`z hayoti davomida 800—1100 ta kanani yeydi. Ulg`aygan stetoruslar o`rgimchakkana tuxumlari ЬЦап oziqlanadi. Bu hasharotni laboratoriya sharoitida ommaviy ko`paytirish mumkin. Yirtqichning tabiiy populatsiyalarini saqlab qolish uchun qulay sharoit yaratish zarur.
NAZORAT SAVOLLARI
Xonqizi va oltinko`z Uchinkalarining bir-biridan farqini ayting.
Rodoliyavakriptolemuslar qayerlarda uchraydi?
Kriptolemus qanday o`simliklarning zararkunandalariga qarshi qo`Uaniladi?