Sinf. Ochiqjag`lilar yoki haqiqiy hasharotlar — Insecta-Ectognata. Turkum. Tripslar yoki hoshiyaqanotlilar —Thysanoptera Tripslar juda mayda (0,5—2 mm) hasharot bo`Iib, tanasi yassi-lashgan va cho`ziq ko`rinishda. Og`iz apparati so`ruvchi tipda tu-zilgan. Qanotlari ingichka va uzun tukchalardan hosil bo`Igan ho-shiyali, panjalari yopishqoq.
15 Tripslarning oldingi ko`krak qismi yaxshi rivojlangan. Oyoq pan-jasi 1—2 bo`g`imli, yopishqoq, pufak bilan tugaydi. Pufakoyoqlilar nomi ham shundan olingan. Ko`pchilik tripslar o`simlikxo`r yoki ba'zi bir turiari yirtqichbo`Iib, bitlar, kanalar va boshqa tripslar bilan oziqlanadi va qishloq xo`jaligiga katta foyda keltiradi. Shular-dan tuxum qo`yuvchi kenja turkumiga mansub ikkita elotripidlar va tripidlar oilasi foydali hisoblanadi. Gipermorfoz tipda bo`Iib, li-chinkasi 4—5 yoshni o`taydi.
Oila. Elotripidlar— Aeolothripidae Bu oila boshqa oilalarga qaraganda qanotlaridagi tomiriar yaxshi saqlanib qolgan, mo`ylovlari 9 bo`g`inli, urg`ochilarining tuxum qo`ygich-lari yuqoriga qayrilgan, oldingi qanoti keng, oxirgi qismi dumaloq. Bu oilada chipor trips (A.fasciatus L.) o`zining ochko`zHgi bilan ajralib turadi. U o`simlik bitlari, trips va o`rgimchakkanalar bilan oziqlanadi.
Avlod. Elotripidlar — Aeolothrips Н. — A.fasciatus L. chipor elotrips, A.intermedius — Bagn. oraliq elotrips. Наг ikkala tur ham yirtqich bo`lib, respublikamiz viloyatlarining paxtachilik xo`jalik-larida ko`plab tarqalgan.
Asosan, o`simlik bitlari, trips, tangaqanotlilarning tuxumi, tu-gunak uzunburun qo`ng`izlar va boshqa turdagi qo`ng`izlar tuxumi bilan oziqlanadi. Mavsumda 2—3 bo`g`in berib rivojlanadi.
Oila. Tripidlar— Thripidae Oldingi qanotlari ingichka, qanotlarida uzunasiga ketgan, to-mirlar yaxshi rivojlangan. Mo`ylovlari 7—8 bo`g`inli, ba'zan 6 yoki 9 bo`g`inli, urg`ochilarida tuxum qo`ygichi pastga qarab egilgan. Bularda o`rgimchakkanalar bilan oziqlanuvchi — Scolothips acariphagus Jakh. turi va meva kanalari bilan oziqlanuvchi S. sexmaculatus Perg. asosiy vakili hisoblanadi.
Kanaxo`r trips (Scolothrips acariphagus Jakh.)— uning ulg`aygan urg`ochilari och sariq, bosh va old ko`krak qismi yapaloq ko`ri-nishda, qanotlari qorin qismining oxirigacha yetib boradi. Lichinkasi ikki yoshni o`taydi, ular tullab bo`lgandan so`ng pronimfa va nimfa davrini boshdan kechiradi. Ulaming rangi o`zgarib turadi, dastlab sutsimon-oq, so`ngra sariq-pushti rangda bo`Iadi.
Tripsning tuxumi qayrilgan shaklda, rangi oq, uzunligi 275— 250 mk, kengligi 125—150 mk. ni tashkil qiladi. Bu tur paxtachilik
16 bilan shug`ullanadigan mintaqalarda uchraydi. Urg`ochilari o`rgim-chakkana qishlaydigan joylarda, begona o`tlarda, o`simlik qoldiqlari ostida qishlaydi. Bitta urg`ochisi 40 tagacha tuxum qo`yadi. Tuxumlarini o`simlik to`qimasining yuzasiga qo`yadi va shu yerda rivojlanadi.
Urg`ochi kanabir kecha-kunduzda 30 o`rgimchakkanani, lichin-kalari esa 20 tagacha bitlami yo`qotadi. Mavsumda 8—10 tagacha avlod beradi. o`zbekiston sharoitida 32 ta madaniy va yowoyi ekinlarga zarar keltiruvchi o`rgimchakkana, tripslar bilan oziqlanadi. Kanaxo`r tripsni laboratoriya sharoitida urchitish mumkin. Buning uchun o`rgimchakkana uchun oziqbop o`simliklar o`stirish lozim. Loviya, g`o`za ekinlari o`rgimchakkana uchun oziq o`simliklari bo`Iadi.