c1b50c4d7ef2b81e5d4db6ab0727de14 O`SIMLIKLARNI BIOLOGIK HIMOYA QILISH
Oila. Afidiidlar —Aphidiidae Afidiidlaming vakillari tekinxo`rlik qilib yashaydi. Bular shira-larning yetuk zotlari va lichinkalarini zararlaydi. Наг bir tekinxo`r bittadan tuxum qo`yadi. Tuxumining o`lchami xo`jayin hasharotiga
37 qo`yilgandan so`ng 634 marta ortadi. Birinchi yoshdagi lichinkalar yaydoqchilar kabi bo`Iadi. Katta yoshdagi lichinkalar esa chuval-changsimon ko`rinishda. umbakka aylanishdan oldin yoki g`umbak davrida mumiyolangan shiralarda qishlab chiqadi.
Afidiidlar hammaxo`r tekinxo`r bo`Iib, yashil olma shirasi bilan oziqlanadi. Pushtdoriigi yuqori, bir dona urg`ochisi 130—500 tagacha tuxum qo`yadi. Birinchi bo`g`inning davom etishi 17—22 kun, trioksis 27 kun, efedrusniki esa 20—25 kunga teng. Urg`ochilari 18 kun, erkagi 15 kun yashaydi. Bir yilda 4 ta, janubiy mintaqalarda 6—8 bo`g`in berib ko`payadi. Lichinkalar rivojlanishining oxirida xo`jayin hasharot mumiyolanib qoladi.
Afldius (Aphidius ervi Hal.) — respublikamizda ko`plab turdagi afidiidlar (11 ta) uchraydi. Bular mayda hasharotlarbo`lib, tanasining uzunligi 4—5 mm, ikki juft qanotlari, yaqqol ko`rinadigan mo`ylovlari bor, qorni poyasimon ko`rinishda. Tuxumlari mayda rangsiz tiniq bo`lib, o`rta qismi qorayibroq va atrofi oqaribroq turadi. Lichinkalari tiniq oq rangda, 13 ta kichik bo`g`imlari bor.
umbakning shakli hasharotning ulg`aygan holatiga o`xshab ketadi. Tanasi sarg`ish-oq rangli. Bu tur no`xat va ba'zi bir bit turia-riga nisbatan samaradoriigi yuqori. Afidiusning tuxumi va lichinkalari bitlarning tanasi ichida rivojlanadi, g`umbagi esa uning qurigan tana qismida rivojlanishni tamomlaydi.
Urg`ochilari qo`shilib bo`lgandan so`ng tuxumini har xil yoshdagi shiralarning tanasi ustiga qo`yadi. Tuxumining rivojlanishi 4—5 kun, lichinkalariniki 8—10 va g`umbaginiki esa 9—10 kun. Laboratoriya sharoitida 12—14 bo`g`in berib ko`payadi.
Praon (Praon volucre L.) — bu hasharot bog`larda shiralarni yo`qotishda samarali entomofaglardan biri hisoblanadi. Yetuk urg`ochilarining boshi dumaloq-sharsimon shaklda, mo`ylovlari 19— 21 bo`g`imlibo`Iib, tanasidagi kalta qanotlari yupqa, yaltiroq. Erkagi urg`ochisiga juda o`xshash bo`Iib, faqat mo`ylovi 22—23 bo`g`imli bo`ladi. Praon lichinkasi barchasi afidiidlar kabi o`rtacha rivojlanish davrini bosib o`tadi. Ular shaftoli, o`rik, bodom va chipor shaftoli shiralarini yeydi. umbaklanishdan oldin mumiyolangan shiralarda, to`kilgan barglar orasida, danakli meva barglarida qishlaydi.
Praonning butun rivojlanish davri — tuxumdan to yetuk zoti davrigacha 9—21 kun davomida bitlar ichida o`tadi. Bitta urg`ochi
38 praon o`rtacha hisobda 240 ta tuxum qo`yadi. Toshkent viloyati sha-roitida o`simlikning butun vegetatsiyasi davomida praon 10—14 avlod beradi.