Usim-biol p65



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə50/70
tarix20.06.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#133186
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70
c1b50c4d7ef2b81e5d4db6ab0727de14 O`SIMLIKLARNI BIOLOGIK HIMOYA QILISH

Bakterial kasalliklar — bakterial olamining faqat oz qismi o`simliklarda kasallik qo`zg`atish xususiyatiga ega. Bunday bakteriyalar fitopatogen bakteriyalar, ular qo`zg`atadigan kasalliklar bakterioz-lar deb ataladi. Barcha fitopatogen bakteriyalar tayoqchasimon shaklda bo`Iib, Corynebacterium, Pseudomonas, Xantomonas, Pecfobacterium va Bacillus turkumiga kiradi va harakatlanishda yordam beradigan xivchinlarining joylashishiga, sun'iy oziq muhitdagi koloniyasining rangi, biokimyoviy faolligi hamda boshqa belgilariga ko`ra bir-biridan farq qiladi.
Bakteriyalarning o`simliklarga ta'siri ko`p omillarga, xususan, bakteriyadagi fermentlarga bog`Iiq. Bakteriyalar o`simliklarga ustitsa, zarariangan tomir va nektardonlar orqali kiradi. Lekin, ko`pincha, o`simliklaming shikastlangan joyidan kiradi.
Bakteriyalarning mikroskopda ko`rinishi, Zarariangan o`simliklar to`qimasidan bakteriyalami topish uchun bakteriyali dog`Iangan bodring bargining bir bo`Iak to`qimasi kesib olinadi va buyum oynasidagi bir tomchi suvga qo`yiladi. Tekshirilayotgan vaqtda harakatchan bakteriyalar massasi—to`plami yaxshi ko`rinadi.
Hasharotlar va o`simliklar kasalligi. Yer yuzida tarqalgan turii xil hasharotlar rivojlanish davrida har xil mikroorganizmlar bilan (zamburug`Ii, vimsli, bakteriyali va nematodalar) kasallanadi.
103
Zamburug` kasalligi guruhlari juda keng tarqalgan bo`Iib, bular-dan hasharotlaming ommaviy ravishda nobud bo`Iishida fikomitsetlar sinfiga mansub entomoftorali zamburug`Iar katta rol o`ynaydi. Bularga entomoftora, tarixium va empuza oilasiga mansub zamburug`Iar kiradi.
Hasharotlarda (pardaqanotlilar, qo`ng`izlar va boshqa turdagi hasharotlar) eng ko`p tarqalgan zamburug` kasalligi (oq, ko`k, binafsha va qizil) muskardina deb ataluvchi yoki geositlar tartibining asosiy vakili hisoblanadigan muskardinali kasalliklar meva beruvchi giflar hosil qilmaydigan, takomillashmagan zamburug`Iar guruhining tipikvakili hisoblanadi.
Entomoftorioz — tashqi belgilari: nobud bo`Iishidan oldin hasharotlarning ichki qismi yumshoqlashadi, asta-sekin hajmi kichrayadi va mumiyolanib qoladi. Qo`I bilan oson maydalash mumkin. Hasharotning ustki qismida konidiyalar o`sib chiqa boshlaydi.
Mikroskopik ko`rinishi: hasharotning yog` tanasi qismida, gemolimfada va muskullarida katta (40—100 mkm) har xil shakldagi hujayralarni ko`rish mumkin. Mitseliyning diametri to`siqdan ajralmagan holda II mikrongacha yetadi.
Toza kulturani ajratib olishda zamburug`Iar har xil oziqlarda o`stiriladi. Bundan tashqari, o`rnion, meva-sabzavotvag`o`zaekinlariga zarar keltiruvchi hasharotlarda empuza (Empusa grylli Nowak., Entomophtora sphaerosperma Fres., E. uirescens Thax.), kuzgi tunlam, shiralar, simqurti, karam kapalagi, chigirtkalar, lavlagi uzunburun qo`ng`izlarida kasallik chaqiradi.
Muskardioz — bir necha turiari ma'Ium bo`Iib, ular qizil, oq, ko`k, pushti muskardioz nomi bilan ataladi.
Kasallikning tashqi ko`rinishi: zarariangan hasharotning tanasida xira dog` paydo bo`Ia boshlaydi va tana asta-sekin mumiyolashib boradi hamda mitseliylar konidiyalar bilan har xil rangda o`sib chiqadi.
Mikroskopik ko`rinishi: gemolimfada yoki yog`Ii tanadan ingichka shoxlanuvchi mitseliylar, cho`ziqlashgan yumaloq (gifali tana) holda bo`Iadi. Preparatda g`uborli mitseliylari va konidiyalaming har xil shakllari ko`rinadi. Kartoshkali oziqalarda, susla agarda va boshqa oziqlarda yaxshi o`sadi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin