Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi



Yüklə 23,86 Kb.
səhifə3/6
tarix16.10.2023
ölçüsü23,86 Kb.
#156110
1   2   3   4   5   6
Og’zaki nutq turlari
1.Siyosiy-ijtimoiy nutq:
1. Siyosiy-ijtimoiy va siyosiy iqtisodiy mavzudagi nutq.
2. Sessiya, konferenciyadagi nutq.
3. Siyosiy sharh.
4. Harbiy vatanparvarlik nutqi.
5. Miting nutqi.
6. Rasmiy-diplomatik nutq.
7. Ilmiy-ommabop nutq.
2. Akademik nutq:
1. O'quv yurtlari ma'ruzalari.
2. Ilmiy nutq (ma'ruzalar).
3. Ilmiy sharh.
4. Ilmiy axborot.
3. Sud nutqi:
1. Qoralovchi (prokuror) nutqi.
2. Jamoatchi-qoralovchi nutqi.
3. Oqlovchi (advokat) nutqi.
4. Jamoatchi oqlovchi nutqi.
5. O'z-o'zini himoya qilish nutqi.
4. Ijtimoiy-maishiy nutq:
1. Madhiya (yubiley yoki maqtov nutqi).
2. Ta'ziya (motam nutqi).
3. Tabrik nutqi (tost).
5. Diniy nutq:
1. Hutba.
2. Va'z.
Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlar
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko‘rinishi nutq uslubi hisoblanadi. So‘zlar ma’lun nutq uslubiga xoslanish – xoslanmaslik belgisiga ko‘ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlarga bo‘linadi. Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo‘llanadigan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlar uslubiy xoslanmagan yoki betaraf so‘zlar deyiladi. Tovush, urg‘u, bo‘g‘in, undalma, morfema, omonim, sinonim, uslubiyat kabi qator so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlardir. Chunki bu so‘zlar asosan tilshunoslik fani doirasida qo‘llaniladi. Osmon, xalq, bayram, o‘quvchi, dars, tushlik, salomatlik, odam kabi so‘zlar barcha nutq uslublari doirasida birdek qo‘llanish imkoniga egaligi sababli uslubiy betaraf so‘zlar qatoriga kiradi. Ya’ni, so’zlashuv uslubida ham, kitobiy uslubda ham ishlatiladigan so’zlar uslubiy bеtaraf so’zlar hisoblanadi: suv, tog’, bola, xat.


Matn yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Matnni o‘qing. Matndan nutq odobiga doir atamalarni ko‘chirib yozing.
2. Matndagi fikrlarga o‘z munosabatingizni bildirib mazmunini so‘zlab bering.
3. Kasbiy faoliyatda nutq madaniyatining ahamiyati haqida gapirib bering.

Yüklə 23,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin