qishda bargini to’kadigan shapaloq bargli daraxtlar o’sadigan
o’rmonlar: buk, eman, zarang, juka, grab va boshqa daraxtlar o’sadi.
Krater
Krater
Crater
(yunoncha krater – katta tovoq)–yer yuzasida yoki dengiz ostida
uchraydigan tovoqsimon yoki voronkasimon chuqurliklar.
Kriologiya
Kriologiya
Cryology
(latincha kruos– sovuq, muz va logos – bilim) umumiy muzshunoslik,
muz haqidagi fan.
Kriosfera
Kriosfera
Cryosphere
(latincha kruos– sovuq, muz va speyra – kura) Yer yuzasining
atmosfera, gidrosfera va litosfera o’zaro tutashib turgan hamda muzlar bo’lgan va muz hosil bo’ladigan sovuq qobigi.
Ko’l
Ozero
Lake
Quruqlikdagi chuqurliklarni to’ldirgan suv havzalari. Ko’llar hosil
bo’lishiga ko’ra tektonik (Issiqko’l, Baykal va b.), vulkan ko’llari (vulkan kraterlarida – og’zida), muzlik ko’llari (muzlik o’yib hosil qilgan chuqurliklarda, morenalar to’sib qo’ygan vodiylarda), karst ko’llari, liman ko’llari, o’zan ko’llari, sun’iy ko’llar (suv omborlari) bo’ladi.
Lava
Lava
Lava
(latincha labes – ko’chki)–vulkanlar og’zidan yoki еr po’stidagi
yoriqlardan еr yuzasiga oqib chiqib, gazlarning bir qismini yo’qotgan magma.