XULOSA........................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR......................................
58
60
KIRISH Bitiruv malakaviy ishi mavzusining asoslanishi va dolzarbligi. Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya ishlarini yanada mukammallashtirish borasida bir qancha islohatlar olib borilmoqda. Bu borada hukumatimiz tomonidan o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar yuqori. Shunday ekan o‘quvchi-yoshlarimizga berilayotgan ta’lim tarbiya masalariga alohida e’tibor bilan qarashimiz lozim. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoev bu masalaga to‘xtalib, shunday ta’kidlaganlar: “Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda1".
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini belgilab beruvchi muhim me’yoriy hujjatlarda alohida qayd etilganidek,
ta’lim jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish ijtimoiy maqsad – komil inson va malakali kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashda yuqori natijalarga erishishni kafolatlaydi. Mazkur g‘oyaga tayangan holda mustaqillikdan keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasida ham umumta’lim maktablarida o‘qitish nazariyasi va unda ilgari surilgan g‘oyalarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlar yuzaga keldi, keng ko‘lamli pedagogik tadqiqotlar olib borilmoqda.
1 Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqi.30.06.2017
Yuqoridagi qayd etilgan fikrlardan kelib, bugungi kun umumiy o‘rta maktablarning ta’lim tizimiga qo‘yilayotgan talablar mazmunini anglagan holda ushbu mavzu o‘z dolzarbligi bilan alohida o‘rin tutadi. Respublikamiz umumta’lim maktablarida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish, o‘quvchilarning fan bo‘yicha qiziqishlarini oshirish masalalari barcha fan o‘qituvchilari, xususan, geografiya fani o‘qituvchilari oldida turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PF-5712 - sonli farmonida “...ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish maqsadida yangi, shu jumladan muqobil yondashuvlarni o‘rganishga va ilmiy asoslashga yo‘naltirilgan amaliy xarakterdagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish” [1] masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Yuqoridagi prezident farmonidan kelib chiqqan holda respublikamiz umumta’lim maktablarida geografiya fanini o‘qitishning
ilmiy darajasini ko‘tarishda ta’lim metodlari va vositalari bilan birgalikda sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati yuqori ekanligini ko‘rish mumkin. Umumta’lim maktablari ilg‘or o‘qituvchilar tajribalari shu narsani ko‘rsatmoqdaki, fanga turli kasblarga bo‘lgan qiziqish ko‘pchilik hollarda sinfdan tashqari ishlarni qanchalik samarali tashkil etishi bilan bog‘liq. Geografiya bo‘yicha darsdan tashqari ishlar nihoyatda hilma-xil bo‘lib, ulardan ekskursiyalarni tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi.