Tadqiqot ob’ekti: Umumta’lim maktablari 5-sinf “Tabiiy geografiyaning boshlang‘ich kursi” tanlangan.
Tadqiqot predmeti: Umumta’lim maktablari 5-sinf “Tabiiy geografiyaning boshlang‘ich kursi”da olib boriladigan ekskursiyalar tahlilini amalga oshirish hamda geografik bilimlarni rivojlantirish hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadi: Umumta’lim maktablari geografiya darslarida geografik ekskursiyalarni tashkil etish, uning tahlilini amalga oshirish va natijalarini o‘rganishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
- Umumta’lim maktablari geografiya darslari va darsdan tashqari vaqtlarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishni o‘rganish va tahlil qilish;
- Umumta’lim maktablari geografik ekskursiyalarini tashkil etishning metod va usullari, ularning turlarini tasniflash;
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- Umumta’lim maktablarida geografiya darsliklaridagi mavzularga mos geografik ekskursiyalarni tashkil etish metodikasi takomillashtirildi;
- Umumta’lim maktablari 5-sinflarida olib boriladigan geografik ekskursiyalar tahlil qilindi hamda hududlarning tabiiy sharoitlariga mos ravishda uni tashkil etish metodikasiga oid tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Geografik ta’lim mazmunini takomillashtirish, geografiya darslarida
pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, didaktik materiallar, texnika vositalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, darsdan tashqari ishlarni olib borish masalalari vatanimiz olimlari T.Abdullayeva, O.Mo‘minov, M.Nabixonov, P.Musayev, M.Asomov, R.Qurbonniyozov, M.Yunusova, Q.Baxromov, X.Nikadamboyeva, F.T.Rajabov, F.Xamroyeva, M.Qo‘ldasheva, A.Janzakov, F.Saydamatov, O.Abdimurotov va boshqalarning tadqiqot ishlarida o‘rganilgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari olimlari S.P.Arjanov, N.N.Baranskiy, A.V.Darinskiy, V.A.SHenev, D.P.Finarov, N.N.Petrova, S.A.Suxinin, V.P.Maksakovskiy kabilarning ishlarida geografiya fanini o‘qitish metodikasining turli aspektlari ilmiy-pedagogik jihatdan tadqiq etilgan.
Dostları ilə paylaş: |