Usmanova maxina anarboyevna “Geografiya darslarida ekskursiyani tashkil etish pedagogik muammo sifatida”



Yüklə 82,67 Kb.
səhifə7/24
tarix07.01.2024
ölçüsü82,67 Kb.
#208702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
USMANOVA MAXINA

Ilmiy bilish yo‘nalishi. Ilmiy bilish yo‘nalishiga geografiya to‘garagi, geografiya jamiyatlari, klublar va muzey faollari yig‘ilishlari kiradi. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarni ilmiy bilish faoliyatida geografik konferensiyalar katta ahamiyatga ega. Geografik konferensiyalarda o‘quvchilarning ekspeditsiya va ekskursiya hamda sinfdan tashqari ishlarda olib borilgan ishlari yakunlanadi. Bunday konferensiyalarda o‘quvchilarni ilk manbalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakilllantirish muhim o‘rin tutadi. Bunda nazariyani amaliyot bilan bog‘lash birinchi o‘rinda turadi. Konferensiyada sinfdan tashqari ishlarda fanlararo aloqalar amalga oshiriladi.
O‘quvchilarning ilmiy bilish faoliyatini “Geografik xaritalar” yordamida ham muvafaqqiyatli olib borilishi mumkin. Bunda hafta davomida maktabda olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarning barchasi geografiya faniga bag‘ishlanadi. Bunday
haftaliklarning mavzusini geografiya o‘qituvchisi tanlaydi, mavzusi geografiyaning, ekologiyaning va o‘lkashunoslikning turli muammolariga bag‘ishlanishi lozim.

II-BOB. UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA GEOGRAFIK EKSKURSIYALARNI TASHKIL ETISH
METODIKASI
2.1. Umumta’lim maktablarda geografik ekskursiyalarni tashkil etishning metod va usullari
Geografik ekskursiya - o‘quvchi - yoshlar jamoa bo‘lib biror - bir geografik ob’ekt yoki diqqatga sazovor joylar buylab ma’naviy - ma’rifiy maqsadni ko‘zlab o‘tkaziladigan sayohat (tadbir) turidir. Geografik ekskursiya – umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya ishlarining bir turi bo‘lib, o‘rganilayotgan ob’ektni uning to‘rgan joyida bevosita ko‘rib, idrok etish asosida o‘tkaziladi.
Geografik ekskursiya quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
  • ob’ektni bevosita ko‘z bilan kurish sharoiti yaratiladi;
  • muassasa hududidan chiqib ketish talab qilinadi;
  • o‘rganilayotgan buyum yoki ob’ektlarni uning to‘rgan joyida o‘rganish talab qilinadi.

  • Umumta’lim maktablarida geografiya fanidan ekskursiyalarni o‘tkazish o‘qituvchining dars berishi bilan birga olib boriladi. Chunki ekskursiya o‘quvchilarda geografik tushunchalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchi
    o‘z o‘lkasini o‘rganishda tabiat komponentlarining o‘zaro aloqadorlik masalasini to‘la o‘rganadi, o‘lkashunoslik materiallarini o‘rganish davomida o‘zining bu boradagi bilimlarini mustahkamlab boradi.
    Geografik ekskursiyalar mazmunan quyidagi turlarga bo‘linadi:
  • Ko‘rsatib borishni maqsad kilib boriladigan (o‘quv) ekskursiya. Bunda ob’ekt o‘quvchilarga tushuntiriladi. Masalan,

ohak koniga, g‘isht zavodiga, tabiat qo‘yniga ekskursiya va hokazo.
  • Tasviriy ekskursiya. Geografik ekskursiyaga borilgan joydagi ob’ekt tasvirlanadi. Masalan: daryolar, ko‘llar, botqoqliklar va hokazo.
  • Tekshirish yoki tadqiqot ekskursiyasi. Bunda tekshirish bilan bog‘liq masalalarni o‘quvchilar kuchlari еtguncha mustaqil ravishda bajaradilar. Masalan, ekologik muammolar, ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi, tannarx masalalari.

  • O‘quv ekskursiyalariga o‘quvchilarning tayyorgarligi darsda amalga oshirilishi lozim, o‘quvchilar ekskursiyaga ilmiy,
    amaliy va tashkiliy jihatdan tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Ilmiy jihatdan tayyorgarlik geografik tushunchalarni takrorlashdan iborat bo‘lib, ushbu bilimlar ekskursiyada takrorlanishi lozim. Chunki, bu bilimlarsiz dala sharoiti yoki korxonalarda yangi bilimlarni o‘zlashtirish murakkablik keltiradi.
    Ekskursiya uyushtirish mavzuni o‘rganishdan oldin ham, mavzuni o‘tib bo‘lgandan keyin ham uyushtirilishi mumkin. Agar ekskursiya mavzuni o‘rganishdan oldin amalga oshirilsa, uning asosiy maqsadi ilmiy tushunchalarni shakllantirish uchun zarur bo‘ladigan tasavvurlarni hosil qilishdan iborat buladi. Mavzu o‘rganib bo‘lgandan keyingi ekskursiyalarning maqsadi esa o‘quvchilarda egallagan bilimlarni yanada oydinlashtirish, mustahkamlash hamda zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ammo, tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ta’lim muassasalarida ko‘proq aralash shakldagi ekskursiyalar qo‘llaniladi. Bunday ekskursiyalarda takrorlash, mustahkamlash, tadqiqot ishlarini o‘tkazish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish zarur hollarda yangi bilimlarga ega bo‘ladilar.
    Ekskursiyalarni uyushtirish bir necha bosqichdan iborat buladi. Bular:
  • tayyorgarlik
  • ekskursiyani uyushtirish;
  • ekskursiyani yakunlash;
  • yig‘ilgan materiallarni qayta ishlash;
  • yig‘ilgan materiallardan darslarda foydalanish.

  • Ekskursiyaga tayyorgarlik bosqichida o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi tayyorgarligi asosiy o‘rin egallaydi.
    O‘qituvchi tayyorgarlik jarayonida ekskursiyaga boriladigan ob’ekt uchun zarur bo‘ladigan adabiyotlar, xaritalar va boshqa materiallarni tayyorlaydi.
    O‘qituvchi, avvalo, ekskursiya ob’ektini xarita va adabiyotlar hamda mahalliy aholi yordamida atroflicha o‘rganadi. Keyinchalik ekskursiya marshrut (yunalishi) belgilanadi. Tayyorgarlik jarayonida ekskursiyada qanday masalalarni o‘rganish zarurligiga e’tibor qaratiladi. Ekskursiyaga boriladigan marshrutni avvalo, o‘zi o‘rganib, o‘quvchilarning nimalarni ko‘rishi, nimalarni yozishi, chizishi, qaysi ob’ektni rasmga tushirishi, qanday amaliy ishlarni bajarishi kerakligini aniqlab oladi.
    O‘qituvchi ekskursiya ob’ektini ko‘rib bo‘lganidan keyin uni uyushtirish rejasini tuzib chiqadi. Ekskursiya ishlab chiqarish korxonasiga mo‘ljallangan bo‘lsa, avvalo, uning texnologik jarayonini ko‘zdan kechirishi, korxona mutaxassislari, ishchilar bilan uchrashishi lozim. Eng muhimi, korxona ma’muriyati bilan ekskursiyani uyushtirish vaqtini aniqlab qo‘yishi
    kerak. Ekskursiya o‘tkazuvchi o‘quvchilar diqqatini nimalarga qaratish kerakligi hamda ekskursiyaning maqsadi, vazifalari, marshruti, rejasi, ekskursiya joylariga borish to‘g‘risida mutaxassisni ogoxdantirdi. O‘quvchilarga mustakil ravishda korxonaning kiskacha tarixi bilan tanishish vazifalarini mustakil aniqlash toishiriladi.
    Ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiya uyushtirilganda o‘quvchilarni albatta xavfsizlik texnikasi masalalari bilan
    oldindan tanishtirilishi maqsadga muvofiq. Bunday korxonalarga ekskursiya uyushtirish uchun qancha o‘quvchini olib borish ham oldindan belgilab olinishi kerak.


Yüklə 82,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin