MAVZU 2: Biologik ekskursiyalarni tashkil etish va o`tkazish.
Reja:
Ekskursiyalarning ta’lim-tarbiya jarayonida tutgan o‘rni.
Biologik ekskursiyalarning maqsad va vazifalari.
Biologik ekskursiyalarni o‘tkazish metodikasi.
O‘qituvchining ekskursiyaga tayyorgarligi.
Biologiyadan ekskursiyaga tayyorgarlik ko`rish, o`tkazish usullari va ekskursiya materiallarini ishlash va undan foydalanish
Biologik ekskursiyalar – sinf yoki muayyan o‘quvchilar guruhi bilan o‘quv dasturiga muvofiq, o‘qituvchi tomonidan maktabdan tashqarida tabiiy muxit yoki sun’iy yaratilgan sharoitda ob’ektlarning yashash muhiti va unga bog‘liq holda o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladigan o‘quv-tarbiya jarayonining muhim shakli sanaladi.