I. Kirish
1.1. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan
davlat talablari va “ILK QADAM” davlat o»quv dasturining ahamiyati
va dolzabligi.
«O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi
to'g'risida”gi nizomi va «Maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbar va
mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan Davlat talablari qabul
qilindi.
Davlat talablari O'zbekiston Respublikasi
hududida mulkchilik
shakli va idoraviy tasarrufidan qat'iy nazar, quyidagi ta’lim
tashkilotlarida qo'llaniladi:
- davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari;
- nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari;
- maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo'lgan «Mehribonlik»
uylari.
- maktabgacha ta'lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o'rta
maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta'lim
turlari bo'yicha pedagogik kadrlar malakasini oshirish va qayta
tayyorlashni amalga oshirish tashkilotlarida xodim va rahbarlar Davlat
talablariga rioya qilishlari lozim.
Davlat talablarining asosiy vazifalari;
- maktabgacha yoshdagi
bolalarning rivojlanishi, ta'lim- tarbiyasi
mazmuni vasifatiga qo'yiladigan talablarni belgilash;
- milliy, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar
asosida bo- lalarga
ta'lim-tarbiyaberish, rivojlantirishning samarali shakl- lari va usullarini
joriy etish;
- ta'lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy ax- borot-
kommunikatsiyatexnologiyalarini joriy etish;
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim,
fan va
ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash.
Maktabgacha ta'lim tashkilotining davlat o'quv dasturi
«O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni
rivojlantirish borasidagi Davlat talablari»ga
muvofiq ishlab chiqilgan
me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta’lim tashkilotining
maqsad va vazifalari, o'quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari,
maktabgacha yoshdagi bolalarni ta'limning
keyingi bosqichiga
o'tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. O'zbekiston
Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan barcha maktabgacha ta'lim
tashkilotlari uchun (davlat, nodavlat, maxsus va boshqalar) ushbu dastur
asosiy manba bo'lib xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasi hududida
joylashgan quyidagi ta’lim tashkilotlarida:davlat maktabgacha ta’lim
tashkilotlari;maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko'rsatuvchi
nodavlat
tashkilotlari, maktabgacha guruhlarga ega bo'lgan «Mehribonlik» bolalar
uylari, maktabgacha va boshlang'ich ta'limni nazorat qiluvchi boshqaruv
organlarida ushbu davlat o'quv dasturini qo'llash majburiydir.