Tadqiqot
: bolaning tajribasini boyitib, unga o'z echimini topish
imkonini beradi.
3.
Mavzuning faoliyati
: bolaning atrofdagi dunyoni bilishini
ta'minlaydi va uning qiziqishlarini qondiradi.
4.
Aloqa faoliyati
: Bolaga kattalar bilan hissiy munosabatlarga ega
bo'lishiga ko'maklashish, unga ko'maklashish va baho berish.
Shunday qilib, bolalarni ijtimoiy rivojlantirish uchun shart-sharoit
yaratishda nafaqat ijtimoiy tajribani bilim va ko'nikmalar shaklida
o'tkazish, balki ichki potentsialni oshkor etishga ko'maklashish ham zarur.
III. Xulosa.
Xulosa o’rnida O'zbekiston Respublikasining ”Ta'lim to'g'risida”gi
Qonuni. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-
dekabrdagi РК-2707-son” 2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori,
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929- son
«O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
to'g'risida”gi nizomi va «Maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbar va
mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan Davlat talablari qabul
qilindi.
Davlat talablari O'zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik
shakli va idoraviy tasarrufidan qat'iy nazar, quyidagi ta’lim
tashkilotlarida qo'llaniladi:
- davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari;
- nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari;
- maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo'lgan «Mehribonlik»
uylari.
- maktabgacha ta'lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o'rta
maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta'lim
turlari bo'yicha pedagogik kadrlar malakasini oshirish va qayta
tayyorlashni amalga oshirish tashkilotlarida xodim va rahbarlar Davlat
talablariga rioya qilishlari lozim.
Davlat talablarining asosiy vazifalari;
- maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta'lim- tarbiyasi
mazmuni vasifatiga qo'yiladigan talablarni belgilash;
- milliy, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar asosida bo- lalarga
ta'lim-tarbiyaberish, rivojlantirishning samarali shakl- lari va usullarini
joriy etish;
- ta'lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy ax- borot-
kommunikatsiyatexnologiyalarini joriy etish;
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va
ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash.
Davlat talablarining tamoyillari:
- bolaning noyobligi;
- «Men» konsepsiyasi va shaxsiy ta'limini yaratishda bolaning faol
roli;
- bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;
- bola ta'limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
- bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli,
har bir bolaga moslashuvchan bo'lib, individual varia- tivlik asosida
yondashuv.
Maktabgacha ta'lim tashkilotining davlat o'quv dasturi
«O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni
rivojlantirish borasidagi Davlat talablari»ga muvofiq ishlab chiqilgan
me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta’lim tashkilotining
maqsad va vazifalari, o'quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari,
maktabgacha yoshdagi bolalarni ta'limning keyingi bosqichiga
o'tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. O'zbekiston
Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan barcha maktabgacha ta'lim
tashkilotlari uchun (davlat, nodavlat, maxsus va boshqalar) ushbu dastur
asosiy manba bo'lib xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasi hududida
joylashgan quyidagi ta’lim tashkilotlarida:davlat maktabgacha ta’lim
tashkilotlari;maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko'rsatuvchi nodavlat
tashkilotlari, maktabgacha guruhlarga ega bo'lgan «Mehribonlik» bolalar
uylari, maktabgacha va boshlang'ich ta'limni nazorat qiluvchi boshqaruv
organlarida ushbu davlat o'quv dasturini qo'llash majburiydir.
|