Usmanova maxina anarboyevna “Geografiya darslarida ekskursiyani tashkil etish pedagogik muammo sifatida”


Tadqiqotda qo`llanilgan uslublarning qiqacha tavsifi



Yüklə 82,67 Kb.
səhifə4/24
tarix07.01.2024
ölçüsü82,67 Kb.
#208702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
USMANOVA MAXINA

Tadqiqotda qo`llanilgan uslublarning qiqacha tavsifi. Hududiy tahlil, kartografik, geografik taqqoslash, statistik tahlil, darslik va adabiyotlar hamda fond materiallari bilan ishlash kabi tadqiqot usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati geografiya darslarida ekskursiyalarni tashkil etish metodikasi takomillashtirilganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalari tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy geografiya fanlar tizimida, shuningdek 5-sinf “Tabiiy geografiyaning boshlang‘ich kursi”da olib boriladigan ekskursiyalarni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi tarkibi kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishining umumiy hajmi - 67 sahifadan iborat.
I BOB. UMUMTA’LIM MAKTABLARI GEOGRAFIYA DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISHNING MAZMUN-MOHIYATI
1.1. Geografiya ta’limida sinfdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari
Umumta’lim maktablardagi o‘quv ishlari dasturlari asosida va cheklangan, belgilangan vaqt doirasida olib borilganligi uchun o‘quvchilarning barcha qiziqish va ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga mavjud emas. Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-son qarorida “ta’lim tizimida tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish” [3] masalalariga e’tibor qaratilganligi ta’lim sifatining oshishiga xizmat qiladi.
Respublikamizda umumta’lim maktablarida geografiya fanlarini o‘qitishda sinfdan tashqari ishlar juda muhim ta’limiy – tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shuning uchun ham sinfdan tashqari ishlar geografiya fani o‘quv jaryonining ajralmas qismi
hisoblanadi. Sinfdan tashqari ishlarga geografiya to‘garagi, sinfdan tashqari o‘qishlar, geografik konferinsiyalar, geografik kechalar, geografik xaritalar, geografik seksiyalar, geografik jamiyatlar, o‘lkashunoslik muzeyi, geografik klublar kiradi.
Geografiya fanlarini o‘qitishda sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirshda, mustaqil ishlash ko‘nikmalarni shakllantirishda, o‘quvchilarni tabiatga va o‘z Vataniga muhabbat ruhida tarbiyalashda, o‘quvchilarni o‘z
Vatanining yutuqlaridan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega, shuning uchun sinfdan tashqari ishlarning maqsadi va vazifalari aniq ishlab chiqilishi ularning samarasi o‘z navbatida juda yuqori darajada bo‘ladi.
Umumta’lim maktablari geografiya darslarida sinfdan tashqari ishlarning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: o‘quvchilarni tabiatni tushunish va tabiatni sevishga o‘rgatish; o‘z yashab turgan joyi haqida geografik bilimlarini chuqurlashtirish; o‘quvchilarni tabiiy muhit haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish; o‘quvchilarda geografiya faniga qiziqish uyg‘otish; o‘quvchilarni geografik tadqiqot usullari bilan tanishtirish va boshqalar.
Ma’lumki, o‘quvchilarni tabiatni tushunish va tabiatni sevishga o‘rgatish geografik to‘garaklarda, geografik kechalar, geografik haftalar va boshqa sinfdan tashqari ishlarda olib boriladi. Unda o‘quvchilar o‘qituvchini topshirig‘iga binoan tabiat haqida turli ilmiy ommabop va badiiy adabiyotlar bilan tanishadi. Mazkur adabiyotlar bilan tanishish va berilgan topshiriqlarni bajarish davomida ularda tabiatning asosiy tabiatning tarkibiy qismlari va tabiatni qo‘riqlash haqidagi bilimlar shakllanadi.
Tabiatni sevish bo‘yicha berilgan topshiriqlarda respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar,
buyurtmalar, yo‘qolib ketgan va yo‘qolish arafasida turgan hamda himoya ostiga olingan o‘simlik va hayvonot dunyosi, noyob tabiat yodgorliklari haqida ma’lumotlarni o‘rganish muhim o‘rin tutadi [5].
Umumta’lim maktablari geografiya fanlarini o‘qitishda o‘quvchilar o‘zi yashab turgan joy haqida bilimlarni chuqurlashtirish sinfdan tashqari ishlarni bajarishda o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. Buning uchun o‘qituvchi geografiya fanlari bo‘yicha quyidagi
yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar to‘plashni o‘quvchilarga еtkazishi lozim:
  • joyning tabiiy geografik sharoiti haqidagi tushunchalar, ya’ni geografik joylanishi, geologik tuzilishi (geomorfologiyasi), foydali qazilmalari (er osti va usti), rel’efi (tekislik, tog‘), iqlimiy xususiyatlari (harorat, yog‘in, bosim, oqimlar, issiqlik), ichki suvlari (daryo, ko‘l, muzliklar), tuprog‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi;
  • joyning iqtisodiy geografik sharoiti haqidagi tushunchalar: iqtisodiy geografik o‘rni (davlatlar, mintaqalar orasida joylashuvi) tabiiy resurslari (er osti va usti boyliklari) aholisi (erkak, ayollar) xo‘jaligi (sanoati, qishloq xo‘jaligi), transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari;
  • rekreatsion va turistik (tabiiy, iqtisodiy, tarixiy va b.) ob’ektlari va h.k.

  • Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilarga geografiya darslarida alohida – alohida topshiriqlar berishi imkoniyati mavjud. Joyning tuprog‘i, o‘simligi va hayvonot dunyosi haqida ma’lumotlar bo‘lmasa o‘quvchilar o‘quv sayohatlari davomida yig‘ilgan ma’lumotlardan foydalanadi. Mazkur maqsadni bajarish davomida o‘quvchilar o‘zi yashayotgan joy haqida bilimlarni yanada chuqurlashtiradi [12].
    Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini tabiiy muhit haqidagi tasavvurlarini rivojlantirishda asosiy e’tibor o‘quvchilarni tabiat
    haqida, o‘z yashash joyining geografik sharoitini o‘rganish jarayonida tabiiy muhit haqida tasavvurlari yanada kengayadi va rivojlanadi. Tabiatning asosiy tarkibiy qismlarini (litosfera, gidrosfera, atmosfera, biosfera) o‘rganish davomida o‘quvchilarni tabiiy muhit haqida tasavvurlari kengayib boradi.
    Umumta’lim maktablari o‘quvchilarda geografiya faniga qiziqish uyg‘otish maktablarda tashkil qilinadigan geografiya
    to‘garaklarida, geografik kechalarda va boshqa sinfdan tashqari ishlarda geograf sayyoh va olimlar, yirik geografik kashfiyotlar, materiklarning kashf qilish tarixi, xalq xo‘jaligining rivojlanishida geografiyaning o‘rni haqida ma’lumotlarni o‘rganish davomida o‘quvchilarda geografiya faniga bo‘lgan qiziqishni ortirib boriladi.
    Ma’lumki geografiya fani o‘qituvchilarini turli ilmiy-amaliy geografik tadqiqot usullari bilan tanishtirish muhim ahamiyatga
    ega bo‘lib, mazkur ishlar ham asosan geografiya to‘garagida olib borilishi lozim. Unda to‘garak a’zolari turli xil ilmiy-amaliy geografik tadqiqotlar haqida ma’lumotlar to‘playdi va ular asosida ma’ruzalar tayyorlaydi.


Yüklə 82,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin