"Ustoz", dedi bir kun tulki tulkiga, Nechun biz nishonmiz doim kulgiga? O'rmonda bo'ri ham, hatto janob sher



Yüklə 14,45 Kb.
tarix24.07.2023
ölçüsü14,45 Kb.
#137312
тулки ҳақида шеър


TULKI FALSAFASI (A.ORIPOV)



"Ustoz", dedi bir kun tulki tulkiga,
Nechun biz nishonmiz doim kulgiga?
O'rmonda bo'ri ham, hatto janob sher,
Bir-birin turtishib "tulkisan-a"- der.
Boshqalar ustidan kulmaslar nechun,
Bu hol qorong'udir biz yoshlar uchun?
"Uka" dedi shunda tulkiga tulki,
Bunday hodisotning sababi shulki
Kasbini eplolmay qolsa aksari,
Tulkilik qiladi hayvonlar bari.
Ko 'pincha ilojsiz qolgan fursatda,
Tulkilik qiladi sher ham albatta.
Lekin bizning ishni eplolmas ular,
Shu sabab o'rmonda masxara bo'lar.
Sen-chi bunday holdan aslo o'kinma,
Boshqalar singari chetga bekinma.
Tulkisan, bunday chog' tilkilik qilgin,
"Tulki" deb kulsalar, qo'shilib kulgin.
Yüklə 14,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin