Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) etib qayta tashkil etilsin.
Belgilansinki:
Jamg‘arma mazkur bandning birinchi xatboshisidagi tashkilotlarning barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar Jamg‘arma tomonidan moliyalashtiriladi.
6. Barcha vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yirik tashkilotlarda amaldagi rahbar o‘rinbosarlaridan biriga innovatsiyalarni joriy etish (Chief Innovation Officer) vazifasi yuklatilsin. Innovatsiyalarni joriy etish vazifasi yuklatilgan rahbar o‘rinbosarlarining tegishli yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish Vazirlikka yuklatilsin hamda ularning bazaviy lavozim maoshiga har oyda 30 foiz miqdorida ustama to‘lansin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik (I.Yu.Abduraxmonov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari bilan birgalikda bir oy muddatda 3-ilovada ko‘rsatilgan tumanlarni innovatsion hududlarga aylantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. Namangan viloyati Chust tumani hokimligi boshqaruv apparatida hokimlikning umumiy shtat birliklari cheklangan soni doirasida tuman hokimining innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi (keyingi o‘rinlarda – hokim o‘rinbosari) joriy etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki:
hokim o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining tavsiyanomasi asosida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Chust tumanida yangi hududiy innovatsion infratuzilmalar yaratish va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida “Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidentlarini eksterritorial tamoyil asosida Chust tumani hududida joylashtirishga ruxsat etiladi.
9. Vazirlik tomonidan ilmiy tashkilotlar reytingi yuritilayotganligi hamda ularning ilmiy va innovatsion faoliyatini baholash tizimi joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Vazirlik hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda