Ustuvor soha va tarmoqlarni ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalar asosida rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish


chorvachilikni rivojlantirish sohasida



Yüklə 13,92 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü13,92 Kb.
#201808
1   2   3   4   5
Ustuvor soha va tarmoqlarni ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalar -fayllar.org

chorvachilikni rivojlantirish sohasida genetika usullarini qo‘llash orqali chorva zotlarining genofondini ko‘paytirish va go‘sht mahsuldorligini oshirish, yem-ozuqa bazasini kengaytirish bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
qishloq xo‘jaligi sohasida qayta ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan qishloq xo‘jaligi texnikasining innovatsion konstruksiyalarini hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning yangi texnologiyalarini yaratish.
3. Quyidagilar:
Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-2022 yillardagi ustuvor faoliyat yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda – chora-tadbirlar dasturi) 1-ilovaga muvofiq;
Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-2022 yillardagi faoliyati natijadorligini baholash ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, chora-tadbirlar dasturi doirasida:
Innovatsion rivojlanish vazirligi – loyihalar (ishlanmalar)ni tashabbus qilish (yaratish) va amalga oshirishda ko‘maklashadi, innovatsion texnologiyalar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi hamda belgilangan tadbirlarning o‘z muddatida va sifatli bajarilishi ustidan tizimli monitoring olib boradi;
ilmiy tashkilotlar hamda tegishli vazirlik va idoralar – har bir loyiha (ishlanma)ni amalga oshirish (yaratish) uchun chuqur ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshiradi hamda ularning tegishli tarmoqlarga joriy etilishini ta’minlaydi.
Vazirlik chora-tadbirlar dasturida belgilangan loyihalar (ishlanmalar)ni moliyalashtirishga venchur jamg‘armalari va xususiy sektor vakillarini keng jalb qilsin.
4. Hududlarda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida Vazirlik tizimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda – hududiy boshqarmalar) tashkil etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki:
Vazirlikka yuklatilgan asosiy vazifalar va funksiyalarning hududlardagi ijrosi hududiy boshqarmalar tomonidan amalga oshiriladi;
hududiy boshqarmalar tomonidan shakllantirilgan ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi va ularning amalga oshirilishini monitoring qilish hududiy boshqarmalar zimmasiga yuklatiladi;
hududlardagi ilm-fan va innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi Innovatsion faoliyat va texnologiyalar transferi markazlari faoliyati hududiy boshqarmalar tomonidan muvofiqlashtiriladi.
5. Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi unga Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamg‘armasini va Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini qo‘shib olish yo‘li bilan 
Yüklə 13,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin