uch oy muddatda oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va innovatsion faoliyatini baholash tizimini joriy qilsin.
10. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Vazirlik tomonidan har kalendar yil yakuni bo‘yicha ilmiy tashkilotlarning hamda har o‘quv yili yakuni bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va innovatsion faoliyati baholanadi;
Vazirlik baholash natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalari
va ilmiy tashkilotlar rahbarlari, shu jumladan, rektor (direktor) hamda ularning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektoriga (direktor o‘rinbosariga) nisbatan rag‘batlantirish yoki intizomiy jazolarni qo‘llash haqida tizimida oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlari bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralarga taqdimnoma kiritadi;
oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar rahbarlarining (rektor, direktor) ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor va direktor o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining taqdimnomasiga muvofiq tizimida oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlari bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralar rahbarining buyrug‘iga asosan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
11. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi va Vazirlik bilan birgalikda 2021 yil 1 mayga qadar nufuzli xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan ilmiy-innovatsion sohada ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin va amalga oshirilishini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
13. Vazirlik bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 14. Mazkur farmon ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu.Abduraxmonov belgilansin.
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A.Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022 yil 1 yanvarga qadar axborot berilsin.
http://fayllar.org